Ma’ruza №2 ko’p qatlamli yarimo’tkazgich asboblar (2-qism) Tiristor tuzilishi va ishlash prinsipi
Download 22.81 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simistor tuzilishi va ishlash prinsipi Simistor
- Boshqariluvchi to‘g‘rilagichlar
Ma’ruza № 2 KO’P QATLAMLI YARIMO’TKAZGICH ASBOBLAR (2-qism) Tiristor tuzilishi va ishlash prinsipi Tiristor dinistorga o‘xshash tuzilmaga ega bo‘lib, baza sohalaridan biri boshqaruvchi bo‘ladi. Agar bazalardan biriga boshqaruvchi tok berilsa, mos tranzistorning uzatish koyeffitsiyenti ortadi va tiristor ulanadi. Boshqaruvchi elektrod (BE) joylashgan sohasiga mos ravishda tiristorlar katod bilan va anod bilan boshqaruvchilarga ajratiladi. BE larning joylashishi va tiristorlaming shartli belgilanishi 2.1-rasmda keltirilgan. 2.1-rasm. Katod (a) va anod (b) orqali boshqariluvchi tiristor tuzilmasi va shartli belgilanishi. BE ga signal berilganda yopiluvchi tiristorlar ham mavjud. Bunday tiristor-larning BE toki tiristor uzilayotganda asosiy kommutatsiyalanayotgan tokka qiy-mat jihatdan yaqinlashgani uchun chegaralangan hollarda qo‘llaniladi. Tiristorning ulanish sxemasi va VAXsi 2.2-rasmda keltirilgan. Tiristorning dinistordan farqi shundaki, ulanish kuchlanishi BE zanjiridagi tokni o‘zgartirib rostlanadi. Shunday qilib, tiristor ulanish kuchlanishi boshqariladigan dinistorga ekvivalent. 2.2-rasm. Tiristorning ulanish sxemasi (a) va VAXi (b). Tiristor ulangandan so‘ng BE boshqansh xususiyatini yo‘qotadi, natijada u yordamida tiristorni o‘chirib bo‘lmaydi. Tiristorning o’chirish sxemalari dinistorni-kidek. Dinistor va tiristorlaming asosiy statik parametrlari quyidagilardan iborat: - ruxsat etilgan teskari kuchlanish UTES; - berilgan to‘g‘ri tokda ochiq holatdagi asbobdagi kuchlanish pasayishi UTO’G’; - ruxsat etilgan to‘g‘ri tok IYU. Dinistor va tiristorlar asosan o‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklarni qayta ulovchi sxemalarda elektron kalit sifatida qo‘llaniladi. Simistor tuzilishi va ishlash prinsipi Simistor – simmetrik tiristor bo‘lib, o‘zgaruvchan tokni kommutatsiya-lashga xizmat qiladi. U reversiv to‘g‘rilagichlar yoki o‘zgaruvchan tok sozlagich-lari yaratish uchun ishlatilishi mumkin. Simmetrik tiristor tuzilmasi 2.3,a-rasmda, uning shartli belgilanishi esa 2.3, b-rasmda keltirilgan. Simistor tuzilmasi turli o‘tkazuvchanlikka ega beshta yarimo‘tkazgich qatlamdan tashkil topgan bo‘lib tiristomikiga nisbatan murakkabroq tuzilishga ega. Simistor VAXi 2.4-rasmda keltirilgan. 2.3-rasm. Simmetrik tiristor tuzilmasi (a) va uning shartli grafik belgilanishi (b). Simistor VAXidan uning BE ga boshqaruvchi musbat impuls berilganda asbob ixtiyoriy yo‘nalishda ulanishi ko‘rinib turibdi. Boshqaruvchi impulsga qo‘yiladigan talablar, simistoming asosiy xarakteris-tikalari va uni belgilanish tizimi tiristornikidek. Simistorni umumiy BE li qarama-qarshi parallel ulangan ikkita tiristor bilan almashtirsh mumkin. 2.4-rasm. Simistor VAXi Boshqariluvchi to‘g‘rilagichlar Tiristorlarda ulanish momentini boshqarish imkoniyati bo‘lgani sababli ular boshqariluvchi to‘g‘rilagichlar sxemalarida ishlatiladi. Bitta tiristorli boshqaruvchi to‘g‘rilagichning eng sodda sxemasi 2.5, a-rasmda keltirilgan. Tiristor ulanishi uchun ikkita shart bajarilishi zarur: tiristor anodidagi kuchla-nish musbat bo‘lishi zarur (lekin UT0’G’.ULAN kuchlanishidan katta bo‘lmasligi kerak) va BEga ochuvchi tokka mos musbat kuchlanish berilgan bo‘lishi shart. Birinchi shart elektr tarmoqning musbat yarim davrida tarmoq kuchlanishi UKIR (2.5, b-rasm) uchun bajariladi, ikkinchi shart bajarilishi uchun tiristorning BEiga ochuvchi impuls UOCH (2.5, c-rasm) beriladi. Tiristor ochilgandan so‘ng BE o‘zi-ning boshqarish xususiyatini yo'qotadi, shuning uchun anoddagi oniy kuchlanish nolga teng bo‘lganda uning o‘chishi sodir bo‘ladi. Rezistiv yuklama RYU dagi filtrlanmagan kuchlanish impulslari shakli UYU 2.5, d-rasmda keltirilgan. Tiristorning ulanish momentini tarmoq kuchlanishining musbat yarim davri davomida, ya’ni 0<α<π oralig‘ida sozlash mumkinligi ko‘rinib turibdi. Bu yerda α – UKIR=0 momentga nisbatan boshqaruvchi impulsning siljish burchagi, u ulanish burchagi deb ataladi. Shunday qilib, tiristorning ulangan holati davomiyligi: ifoda bilan aniqlanadi, bu yerda: T – kirish kuchlanishi UKIR ning tebranish davri. Yuklamadagi o ‘rtacha kuchlanish: ga teng bo‘ladi. 2.5-rasm. Sozlanuvchi to’g’rilagich sxemasi (a) va uning kirishdagi (b), tiristorning boshqaruvchi elektrodidagi (c) hamda chiqishdagi (d) kuchlanishlar diagrammasi. Bunda agar tiristor α=0 da ulansa, yuklamadagi o’rtacha to‘g‘rilangan kuchlanish UYU.O’RT maksimal qiymatga ega bo‘ladi, agar α=π bo‘lsa, UYU.O’RT kuchlanish nolga teng bo'ladi. Tiristorni bunday boshqarish fazaimpuls usuli deb ataladi. Download 22.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling