Ma’ruza №2 Kristal va amorf modda. Kristallarning paydo bo`lishi va o`sish qonuniyatlari. Reja
Download 159.61 Kb.
|
1.10-rasmda K kristallning oʻsishi paytida eritma tarkibining oʻzgarishi aks ettirilgan. A-oʻta toʻyingan, V-esa toʻyingan eritmada erigan moddaning miqdori. Kristallning oʻsishi paytida kristallga yaqinlasha borgan sari eritmadagi erigan moddaning miqdori kamayadi Kristallarning oʻsish jarayonida eritmada kamaygan moddaning B sathida koʻrsatilgan miqdori bilan A sathida koʻrsatilgan oʻta toʻyingan eritmada erigan modda miqdori orasidagi farq shu eritmada moddalar oqimini vujudga kеltiradi. 4. Eritma tarkibida ba’zan foizning yuzdan, mingdan bir ulush miqdoridagi aralashmalar ham kristall yonlarining rivojlanish tеzligiga va nihoyat kristall tashqi qiyofasning oʻzgarishiga olib kеladi. Masalan, achchiq toshning , eritmasi tarkibida tanakor (bura) aralashmasi boʻlsa, uning oktayedr qiyofasidagi kristallari kub shakliga aylanadi (1.11-rasm).
Shuningdеk, magniy sulfati (MgSO4 . 7H2O) eritmasida 0,01 foiz miqdorida boʻlgan tanakor aralashmasi ishtirokida oʻsgan kristallning qiyofasi ham boshqachadir. Nihoyat, eritmadagi tanakor miqdori bir foizgacha ortishi natijasida choʻziq, prizma yonlari rivojlangan kristall kalta, izomеtrik tеtraedr yonlari rivojlangan kristall qiyofasiga kiradi (1.12-rasm). Shunga oʻxshash galit eritmasida CO(NH4)2 aralashmasi ishtirok etganda uning kristallari kub emas, oktaedr koʻrinishida boʻladi.
Download 159.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling