1.12-rasm
5. Kristall oʻsayotgan muhit harorati oʻzgarishi natijasida ham oʻz qiyofasini oʻzgartiradi. Masalan, epsomit MgSO4 . 7H2O kristallari yuqori haroratda choʻziq prizma-tik, nisbatan past haroratda kalta izomеtrikga yaqin qiyofada oʻsadi (1.13-rasm).
Kristallarning tashqi qiyofasi oʻzgarishiga sabab boʻladigan juda koʻp asoslarni koʻrsatish mumkin. Lеkin har bir modda kristall qiyofasiga ta’sir etuvchi, oʻsha modda uchun xos boʻlgan asos-vosita amalda sinab koʻrib bilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |