Ma’ruza №2 Ochiq konchilik ishlarining xavfsizligini ta’minlash


Download 54.21 Kb.
bet1/2
Sana03.02.2023
Hajmi54.21 Kb.
#1151970
  1   2
Bog'liq
2-Ma\'ruza


Ma’ruza №2
Ochiq konchilik ishlarining xavfsizligini ta’minlash


1.4.1. Ochiq konchilik ishlarining xavfsizligi ishlar bajarilgan joylardagi bortlar, pog’onalar, uyumlar va karyerga chegaradosh hududlardagi о‘z-о‘zidan paydo bо‘ladigan kо‘chki va qulashlar, hamda boshqarib bо‘lmaydigan suv oqimlarining oldini olish, shuningdek sanab о‘tilgan omillarning karyer, kon-transporti ish tartiboti va xodimlar xavfsizligiga ta’sirini kamaytiruvchi tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish bilan amalga oshiriladi. О‘z-о‘zidan paydo bо‘ladigan deformatsiyalarni oldini olish yoki ularni karyer ishiga zararli ta’sirini kamaytirishga yо‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish:
A) karyer va uyumlardagi qiyaliklar holatini kо‘z bilan kо‘rikdan о‘tkazish;
B) jinslar qatlamining yotishi sharoitlarini, uyumlar tagidagi kon massasi va jinslar tuzilmalarini geologik va gidrogeologik о‘rganish;
V) bortlar, pog’onalar va uyumlardagi deformatsiyalarni asbob bilan kuzatish;
G) bortlar, pog’onalar va uyumlarni qulatishi mumkin bо‘lgan deformatsiyalar namoyon bо‘ladigan hudud va uchastkalarni aniqlash, ularning miqyosini va karyer ishiga mumkin bо‘lgan ta’sirini baholash, hamda ulardan xavfi kattasining asbob bilan kuzatilishini tashkil etish;
D) bо‘lib о‘tgan deformatsiyalar о‘rganish, ularning tavsifi, xavfi darajasini, paydo bо‘lish sabablari aniqlash va ularni hujjatlashtirish;
Ye) sun’iy mustahkamlash yoki bо‘shashgan hudud va uchastkalarni bartaraf etish loyihalarini ishlab chiqish;
J) deformatsiyalar rivojining oldini oluvchi tadbirlarni bajarish;
Z) deformatsiyalarga qarshi inshootlar holati yuzasidan tizimiy nazorat;
I) karyer bortlari, pog’onalari va uyumlarining loyihaviy kо‘rsatkichlariga roiya etish yuzasidan nazorat;
K) bortlar, pog’onalar va uyumlarning loyihaviy kо‘rsatkichlarini tо‘g’irlash;
L) asoslanish va texnik-iqtisodiy hisob kitoblar asosida amalga oshirilishi kerak.
Har bir karyerda bajariladigan ushbu ishlarning hajmi qaziladigan konning geologik va gidrogeologik sharoitlari, xizmat muddati, qazish chuqurligi va ishlatiladigan jihozlarga hisobga olgan holda karyer bosh muhandisi tomonidan aniqlanadi va «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi mahalliy organlari bilan kelishilgandan keyin korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi, ularni bajarish esa zarur hollarda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar mutaxassislarini jalb etish bilan karyerning geologiya-marksheyderlik xizmatiga yuklatiladi.
1.4.2. Murakkab muhandislik-geologik va kon-texnik sharoitlarga ega karyerlarda xavfli vaziyatlar prognoz qilish va deformatsiyalarni kuzatish bо‘yicha mutaxassislar guruhi tashkil etilishi mumkin.
Bunday guruhning maqsadga muvofiqligi karyer loyihasida belgilanishi kerak. Ushbu ishlarni bajarish ixtisoslashtirilgan tashkilotga topshirilishi mumkin.
1.4.3. Karyerlardagi qiyaliklar holatini kо‘z bilan kо‘rikdan о‘tkazish kami bilan har oyda bir marta xavfli vaziyatlarni prognoz qilish bо‘yicha ixtisoslashtirilgan guruh xodimlari yoki geologiya-marksheyderlik xizmati tomonidan bajarilishi kerak.
Qiyaliklar holatini kо‘z bilan kо‘rikdan о‘tkazish natijalari maxsus jurnalga yozilishi kerak.
1.4.4. Bortlar va uyumlardagi deformatsiyalarni asbob bilan marksheyderlik kuzatuvlar «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan «Karyerdagi bortlar, pog’onalar va uyumlarning deformatsiyalarni kuzatish va ularni mustahkamligini ta’minlashga oid tadbirlar ishlab chiqish bо‘yicha yо‘riqnoma»ga muvofiq ravishda olib borilishi kerak.
1.4.5. Marksheyderlik kuzatuvlar karyer (korxona) bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan maxsus loyiha bо‘yicha bajarilishi kerak. Loyiha tarkibida tushintirish xati, kuzatuv stansiyasining plani, shuningdek tegishli geologik xarita va kesimlar bо‘lishi kerak.
1.4.6. Marksheyderlik kuzatuv loyiha tushintirish xati tarkibida quyidagilar bо‘lishi kerak:
A) texnik vazifa;
B) kuzatiladigan uchastkalar haqidagi umumiy ma’lumotlar (kon- geologik, tuzilish va ob-havo sharoitlari, mumkin bо‘lgan deformatsiyalar turi, konchilik ishlarini amaliy va rejaviy rivojlantirish);
V) kuzatuvlarning prinsipial sxemasi;
G) tayanch va ishchi punktlar (reperlar) konstruksiyasi va stansiyani joylashtirish uchun zarur bо‘lgan materiallar sarfining hisob kitobi;
D) kuzatuvlarni zaruriy aniqligi va davriyligini hisoblash yoki asoslash;
Ye) о‘lchash uslublari va vositalari;
J) kuzatuv natijalarini ishlash va izohlash usulllari yuzasidan tavsiyalar;
Z) kuzatuvlarning taqvimiy rejasi;
I) ijrochilarning tarkibi;
K) zaruriy materiallar, jihoz va asboblarning rо‘yxati.
1.4.7. Kuzatuv stansiyasining planida quyidagilar kо‘rsatilishi kerak:
A) loyiha tuzilayotgan paytidagi konchilik ishlarining holati;
B) konchilik ishlarini yanada rivojlantirish loyihasi;
V) uyum yaqini va karyer bortida turgan inshootlar;
G) joyning tuzilish (relyefi);
D) tayanch va ishchi reperlarning joylashuvi.
1.4.8. Kuzatuv stansiyasi joylashtiriladigan joy loyihada kо‘zda tutilishi yoki geologiya-marksheyderlik xizmati tomonidan belgilanishi kerak.
Kuzatuv stansiyasi joylashtiriladigan joy, kuzatuvlar borishining davriyligi va davomiyligi loyihada aytilgan vazifalarga bog’liq ravishda belgilanadi va konning kon-geologik sharoitlarini aniqlash, karyer va uyumlar kо‘rsatkichlarini о‘zgartirish, bortlar va uyumlarga oid kuzatuvlar natijalarini yig’ish, xamda deformatsiya jarayonlarini rivojiga qarab tо‘g’irlanishi kerak.
1.4.9. Geologik xarita va kesimlar karyer maydoni uchastkasining geologik, kon-geologik va gidrogeologik xususiyatlari tо‘g’risdagi har bir ma’lumotni, shuningdek tog’ jinslarining fizikaviy-mexanik xossalarini (jinslar farqining litologik chegaralari, jinsning yoriqlik darajasi va tabiati, dizyunktiv buzilishlar, hamda yо‘nalishi va qulash burchagi kо‘rsatilgan tektonik yoriqlar, jinslarni, tiziladigan bortlarni kо‘chishga qarshiligining tavsiflari, shu jumladan bо‘shashish yuzalari bо‘yicha ham) о‘zida jamlash kerak .
Kо‘ndalang kesimlar karyer borti yoki uyumni tegishli uchastkasining chо‘zilishi yо‘nalishiga tik bо‘lgan yо‘nalishga qaratilishi kerak.
Gorizontlar bо‘yicha xarita va kesimlarni tuzish uchun korxonada mavjud bо‘lgan geologiya-marksheyderlik hujjatlardan asos sifatida foydalanish zarur.
1.4.10. Kuzatuv stansiyasi joylashtiriladigan joy, kuzatuvlar borishining davriyligi loyihada aytilgan vazifalarga bog’liq ravishda belgilanadi va konning kon-geologik sharoitlari aniqlash, karyer va uyumlar kо‘rsatkichlarini о‘zgartirish, bortlar va uyumlarga oid kuzatuvlar natijalarini yig’ish, xamda deformatsiya jarayonilarini rivojiga qarab tо‘g’irlanishi kerak.
1.4.11. Karyerlardagi qiyaliklar mustahkamligining har bir buzilishi yuzasidan pasport tuzilishi kerak.
Bortlar, pog’onalar va uyumlarni kuzatish bо‘yicha tо‘plangan manbani, keyinchalik deformatsiyalarni prognoz qilish va deformatsiyalarga qarshi tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida, yig’ma hisobatga muntazam (kamida yilda bir marta) rasmiylashtirish kerak.
1.4.12. Kon massalarini kavlashga tayyorlashni burg’ilash-portlatish usulini qо‘llash bilan bajariladigan konchilik ishlarini bajarishda, portlatish ishlarining portlash ta’siri karyer bortlari kiyaliklari deformatsiyasi bо‘yicha kuzatuvlarni о‘tkazish lozim. Kuzatuvlar natijalarini qoldiq deformatsiyalar zonalarini aniqlash uchun foydalanilishi kerak, qaysiki ularni chegaralarida loyihaviy chegaraviy konturga bort yaqinlashganda massiv deformatsiyasiga portlash ta’sirini kamaytirishga kо‘maklashuvchi burg’ilash-portlatish ishlarining maxsus texnologiyalarini (mikro sekinlashtirilgan portlatishlar, haydab chiqaruvchi qiya qudiqlarni) qо‘llash lozim.
1.4.13. Jinslarini qulashi yoki yiqilishi mumkin bо‘lgan yersoti inshootlari (karstlar) ta’sir etuvchi hududda konchilik ishlarini bajarishda ishlar xavfsizligini ta’minlovchi qо‘shimcha choralar (ilg’or qidiruv burg’ulash, portlatish paytida konchilik mashinalarini qazish joyidan olib ketish) kо‘rilishi kerak
1.4.14. Karyer bortlari, pog’onalar va uyumlar, shuningdek yerosti inshootlari (karstlar) tepasidagi jinsni qо‘chish belgilari namoyon bо‘lganda, kon-transporti jihozini xavfsiz joyga olib ketish kerak, konchilik ishlarini esa, xavfsizlikni qо‘shimcha choralarini о‘z ichiga olgan ishlarni tashkil etish loyihasi karyer (korxona) texnik rahbari tomonidan tasdiqlanganidan keyin, davom ettirish mumkin.
1.4.15. Konchilik ishlarini tо‘xtatish lahzasini (vaqtini) belgilaydigan karyer bortlari va uyumlar kritik deformatsiyasining miqdori, jinsning yuzaga yaqin qatlami parchalanganda jinsning sirpanayotgan bо‘laklaridan odamlar va kon jihozining jarohatlanishiga yо‘l qо‘ymaydigan, shuningdek kon-transporti vositalari uchun xavfli vaziyatni keltirib chiqarmaydigan qilib chegaralanishi kerak.
1.4.16. Jinslari kо‘chki hosil qilishga moyil bо‘lgan konlarni qazish loyihasida kо‘chki paydo bо‘lganda ishlar xavfsizligini ta’minlaydigan choralar kо‘zda tutilishi lozim.
Agar konchilik ishlarini bajarish jarayonida jinslarni kо‘chki hosil qilishga moyilligi aniqlansa, unda loyihaga tegishli о‘zgartirishlar kiritilishi, karyerda esa uning bilan kо‘zda tutilgan xavfsizlik choralari amalga oshirilishi kerak.
1.4.17. Konni bir vaqtda yerosti va ochiq usullar bilan qazishda, shuningdek karyerlarning yerosti inshootlarini о‘tkazish va ishlatishda ochiq va yerosti konchilik ishida ishlayotganlar xavfsizligini ta’minlaydigan, sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan tadbirlar asosida amalga oshirilishi kerak.
Belgilangan tadbirlarni bajarish yuzasidan nazoratni korxona, karyer va yerosti koni texnik rahbarlari va texnik nazorat xizmatlari amalga oshirishlari kerak.

Download 54.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling