Ma’ruza. 2-otm pedagogika tarixi va pedagogik mahorat
Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati
Download 2 Mb.
|
MA’ruza. 2-otm pedagogika tarixi va pedagogik mahorat
Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati
Kaykovusning o’zi ta’kidlaganidek, butun bir asar oxirgi bobda ta’rif berilgan javonmardlar tarbiyasiga bag’ishlangan. Kaykovus «... barcha fikr va tushunchalarim sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, har hunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirq to’rt bobda bayon etdim», deyish bilan har bir yoshning aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog’langan holda kamolga yetkazish yo’llari va usullarini bayon etgan. Kitobda javonmardlar egallashi zarur bo’lgan quyidagi yo’nalishlarda ta’lim-tarbiya berish nazariyasi ko’zda tutilgan: 1. Bilim olish haqida. 2. Hunar va turli kasb egalari haqida. 3.Turmush va xulq-odob qoidalari haqida. 4. Jismoniy yetuklik haqida. Chunki har bir javonmard uchun tan, jon, havas va maoni, ya’ni ham sipohiylik, ham ma’rifat, ham donishmandlikka ega bo’lish zarur bo’lib, bu xislatlar ana shu yuqoridagi to’rt yo’nalishda zikr etilgan. Kaykovus Pifagor aytgan quyidagi o’n xislatni har bir kishi o’zida tarkib toptirishini ta’kidlaydi. Bular: o’zidan zo’r kishi bilan urishmaslik; hasadchi kishi bilan birga jamoat o’rtasida o’tirmaslik: riyokor, ikki yuzlamachi kishi bilan do’st bo’lmaslik: yolg’onchi kishi bilan muomala qilmaslik: baxil bilan suhbatda bo’lmaslik; g’ayr, dushman kishi bilan sharob ichmaslik; xotinlar bilan bir erda o’tirmaslik; kishilarga sir aytmaslik; biror kishi aybingni aytsa, shu aybni yo’qotishga harakat qilish; biror kishini ortiqcha maqtash yoki ortiqcha yomonlamaslik; muxtoj bo’lgan odamni gina, qahr bilan qo’rqitmaslik; gunohkorning gunohini avf etish; kichiklarga mehribon bo’lish; bir ishni ikki kishiga buyurmaslik kabi hayotiy tavsiyalarni keltiradiki, inson o’z hayotida har bir daqiqada bunday hatti harakatlarga duch keladi.
Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivojiga ta’siri. So’fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri. Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo’shgan hissasi. Mirzo Ulug’bekning pedagogik g’oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari. 5.Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari. 6.Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari. 7.Abdurahmon Jomiyning pedagogik qarashlari. 8.Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari,“Axloqiy Jaloliy” asarining pedagogik fikrlar rivojidagi o’rni. 9.Buxоrо amirligi, Qo’qоn vа Xivа xоnliklаridа ta’lim-tarbiya. 10.Maktab va madrasalarda ta’lim mazmuni. 11.Qizlаr mаktаbi va unda ta’lim mazmuni. 12.Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim” asari – husnixatga doir dastlabki qo’llanma sifatida. 13.Muhаmmаd Sоdiq Qоshg’аriyning “Оdоb аs-sоlihin” аsаri – yuksаk mа’nаviy-аxlоqiy sifаtlаrni yorituvchi mаnbа. 14.ХIХ asrning 2-yarmida Turkistonda maktablar tizimi. 15.Chor Rossiyasining ta’lim siyosati. 16.Turkistonda rus maktablarining ochilishi. Yerlik aholi uchun rus-tuzem maktablarining tashkil etilishi. 17.Turkistonda jadidchilik harakati. Yangi usul maktablarining ochilishi. 18. Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriylarning yangi usul maktablarini tashkil etishdagi ma'rifatparvarlik xizmatlari. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling