Ma’ruza №2 Sifatni boshqarish tizimlari


O‘ZBEKISTONDA STANDARTLASHTIRISHNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI


Download 48.29 Kb.
bet2/5
Sana21.04.2023
Hajmi48.29 Kb.
#1373278
1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза 2 L

1. O‘ZBEKISTONDA STANDARTLASHTIRISHNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI




Qadimgi mutafakkirlarning ta’kidlashiga ko‘ra olamning yaratilishi asosida 7 (etti) raqami yotadi, bu raqam Ollohning olamni yaratish jarayonidagi mehnat haftasidan olingan bo‘lsa kerak. Bundan:

Dunyoning etti mo‘jizasi;


Haftada etti juma;
Etti o‘lchab, bir kes;
Etti go‘zal.


Quyidagilar ham shundan kelib chiqqan bo‘lsa ajab emas:

Ilmiy, amaliyga bo‘lindi tib avval,


Bo‘ldi uch narsadan ilmiy mukammal.
U narsaning biri etti tabiatdir,
Andin so‘ngra kelgan olti zaruratdir
Abu Ali Ibn Sino – SHe’rlari va tibbiy dostoni ( 57-bet)

Tabiatdan etti quvvatdir hisobda,


Nav, shaklda ular turli ixtilofda.
(SHu doston, 64-bet)

Ma’lum o‘lsa agar senga etti iqlim,


Barcha mijoz uzra sensan katta olim.
(SHu doston, 61-bet)

Sinovdan o‘tkazdi uni etti yil,


Baridan pokiza chiqar mutassil.
Abulqosim Firdavsiy «SHohnoma» (103-bet)

Siyovush tanladi etti kishini,


Kurashga arzirlik topib ishini.
(«SHohnoma» (12-bet)
Etti standart elementdan iborat bo‘lgan etti raqami, mohirona, ustalik bilan tuzib joylashtirilganda, insonning ko‘plab son-sanoqsiz buyuk ijodi namunalarini yaratadi.
Standartlashtirish elementlari O‘zbekiston hududida me’morchilik durdonalarini yaratishda keng qo‘llanilgan. Standart g‘ishtdan foydalanish bilan bir qatorda bir necha xil standart o‘lchamdagi va rangdagi moviy, sirlangan va guldor plitalar, mahsus bloklar, havorang va yashil koshinlar qo‘llanilgan.
O‘zbekistonlik xalq ustalarining mohir qo‘llarida bir necha asr avval standart elementlarga jon ato etilganligi va insoniyat shu kungacha ular tomonidan bunyod etilgan betakror go‘zallik yodgorliklarini (Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva, SHahrisabz, Qo‘qon, Termiz, Marg‘ilon va boshqa shaharlarda) ko‘rib hayratlanadilar.
SHundan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda standartlash-tirish va standartlardan foydalangan holda mahsulotlar sifatiga e’tibor qaratish odati juda qadim zamonlarga (ming yilliklarga) borib taqaladi deb hisoblash mumkin.
1923 yilni O‘zbekistonda standartlashtirish bo‘yicha ishlarning rasman boshlanishi deb hisoblash mumkin, shu yili Toshkentda – O‘lchov va tarozilarning Turkiston markaziy byurosi, shuningdek quyidagi joylarda byuroning tekshirish palatkalari tashkil etildi:



  • Toshkent shahrida (Toshkent shahri, uezdlar, Sirdaryo viloyatiga xizmat ko‘rsatadigan);

  • Samarqand shahrida (Samarqand va Amudaryo viloyatlariga xizmat ko‘rsatadigan);

  • Qo‘qon shahrida (Farg‘ona viloyatiga xizmat ko‘rsatadigan);

  • Poltoratsk shahrida – Ashxobodning ilgarigi nomi (Turkmaniston viloyatiga xizmat ko‘rsatadigan);

  • Olmaota shahrida (Jettisu viloyatiga xizmat ko‘rsatadigan).



Bu tekshiruv palatkalari keyinchalik Toshkent shahrida standartlashtirish va metrologiya davlat xizmati – davlat nazorat laboratoriyalarini (DNL) tashkil etish uchun baza sifatida xizmat qildi.
1926 yilda O‘zbekiston SSR Ishchi–Dehqon Inspeksiyasi Xalq Komissariati huzurida Standartlashtirish byurosi tashkil etildi.
1930 yilda Xalq Komissarlari Kengashi (XKK) O‘zbekiston SSR XKK huzuridagi Standartlashtirish Komitetini tashkil etdi. Komitet huzurida Mahsulot sifati bo‘yicha davlat eskpertiza byurosi faoliyat olib borgan.
1931 yilda Toshkent shahridagi – O‘lchov va tarozilarning Turkiston markaziy byurosi tugatildi va uning vazifalari O‘zbekiston SSR XKK huzuridagi Standartlashtirish komitetiga berildi.
1933 yilda O‘zbekiston SSR XKK huzuridagi Standartlashtirish Komiteti o‘rniga Butunittifoq Standart-lashtirish komiteti (BSK) ning O‘zbekiston SSR bo‘yicha O‘lchov va tarozilar markaziy boshqarmasi (O‘TMB) vakili lavozimi kiritildi.
1939 yilda O‘zbekiston SSR bo‘yicha O‘TMB vakili O‘zbekiston SSR XKK huzuridagi O‘lchov va o‘lchov priborlari ishlari bo‘yicha Vakolatli Komitet Boshqarmasi sifatida qayta tashkil etildi.
1955 yilda O‘lchov va o‘lchov priborlari ishlari bo‘yicha Vakolatli Komitet Boshqarmasi O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashi huzuridagi Standartlar, o‘lchov va o‘lchash priborlari Vakolatli Komiteti Boshqarmasiga aylantirildi.
1964 yilda Toshkent Davdat nazorat laboratoriyalari (DNL) bazasida standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha respublika metodik markazi – O‘zbekiston Respublikasi standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati labora-toriyasi tashkil etildi.
Qoraqalpog‘istonning poytaxti, barcha viloyat markazlarida va Qo‘qon hamda CHirchiq shaharlarida davlat nazorat laboratoriyalari, keyinroq – standartlashtirish va metrologiya markazlari (STM) tashkil etildi.
1973 yilda O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashi huzuridagi Standartlar, o‘lchov va o‘lchash priborlari Vakolatli Komiteti SSSR Davstandartning O‘zbekiston Respublika boshqarmasi (O‘zdavstandart) ga qayta tashkil etildi.
1992 yilda O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan sobiq SSSR Davstandarti (O‘zdavstandart) tashkilotlari salohiyatini birlashtirish asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash davlat markazi (O‘zdavstandart) tashkil etildi va u SSSR Davstandartning O‘zbekistondagi huquqiy vorisi etib belgilandi.
Xalqaro standartlarni keng qo‘llanish asosida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlash va qo‘shma sohalarni takomillashtirish, mahsulot sifatini ta’minlash va raqobatbardoshligini oshirish maqsadlarida 2002 yilda O‘zR Vazirlar Mahkamasining «Mahsulot va xizmatlarni standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi va ushbu Qarorga muvofiq O‘zdavstandart O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligi («O‘zstandart» agentligi) ga aylantirildi.

Download 48.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling