Ma’ruza №2 Sifatni boshqarish tizimlari


Download 48.29 Kb.
bet1/5
Sana21.04.2023
Hajmi48.29 Kb.
#1373278
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза 2 L



MA’RUZA №2
Sifatni boshqarish tizimlari. Respublikamizda ishlab chiqarishni rivojlantirish istiqbollari va sifat tizimlarini undagi ahamiyati, sifat tizimini paydo bo‘lishi tarixi


Amerikalikdan biror-bir ish nima uchun yurishmayapti yoki qaysidir firma nima uchun tanazzulga uchradi, deb so‘ralsa, u buning uchta sababini aytib beradi:



    • birinchi – yomon boshqaruv,

    • ikkinchi – yomon boshqaruv,

    • uchinchi – yomon boshqaruv.




    • Insonning standartlashtirish ob’ekti hisoblana-digan faoliyat sohasi juda keng:

    • fan va texnika;

    • ishlab chiqarish-texnika maqsadlari uchun mahsulot va xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish;

    • xizmatlar - tibbiy, ta’lim, maishiy, turistik, transport va h.k.

Hamma erda ham istalgan sohadagi faoliyat sifatiga talablar me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi, bunda faqat mavjud emas, balki kelgusidagi vazifalarni ham hal qilish, ya’ni faqat belgilanganini emas, balki kelajakdagi ehtiyojlarni ham qondirish ko‘zda tutiladi.


Insoniyat ko‘p asrlardan beri sifatning tabiatini tushunishga harakat qilib keladi.
Sifatning falsafiy va ilmiy-texnik ta’rifi o‘z tarixiga ega.
Qadimiy grek faylasufi Aristotel (eramizdan avvalgi 384–322), «sifat aynan shu predmetni boshqa predmetlardan ajratib turadigan muayyan xususiyatlar majmuidan iborat» deb hisoblagan.
Ingliz faylasufi Djon Lokk (Locke) (1632 - 1704) «predmetga ob’ektiv ravishda xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar, masalan, o‘lcham, shakl, massa va hokazo sifatni tashkil etadi» deb o‘ylagan.
Nemis faylasufi Gegel (Hegel) Georg Vilgelm Fridrix (1770 - 1831) «sifat – shunday bir narsaki, u o‘z sifati tufayli bir narsadir va o‘z sifatini yo‘qotsa bir narsa bo‘lmay qoladi» deb ta’kidlagan.
AQSH da sifat nazorati to‘g‘risidagi eng dastlabki ma’lumotlar 1924 yilga to‘g‘ri keladi. O‘sha vaqtda «Bell telefon» kompaniyasining laboratoriyasidan amerikalik olim Valter SHyuxart birinchi marta sanoat mahsulotining sifatini tahlil qilish uchun statistik nazorat kartasini qo‘lladi.
Lekin sifatning falsafiy ta’rifi sifatning ilmiy-texnik ta’rifiga ehtiyojni qondira olmas edi. 1968 yilda bir guruh olimlar ushbu muammo bo‘yicha yuzlab ishlarni tahlil qilib chiqdilar va natijada o‘z atama va tushunchalarini taklif etdilar, ular GOST 15467-70 mahsulot sifati sohasidagi atamalarga asos bo‘ldi. Bu standartda quyidagi ta’rif keltiriladi: «Sifat – mahsulot xossalarining majmui bo‘lib, uning qanday maqsadlar uchun mo‘ljallanganligiga muvofiq ravishda muayyan ehtiyojlarni qondirishga yaroqliligini ta’minlaydi».
Amerikalik sifat muammolari bo‘yicha mutaxassis Armand Feygenbaum o‘zining «Mahsulot sifatini nazorat qilish» («Kontrol kachestva produksii» (1986 y.) kitobida ishlab chiqarish va iste’mol qilishning zamonaviy sharoitlarida «sifat» tushunchasi bilan bog‘liq masalalar doirasini ko‘rsatib beradi va: «Ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimenti doimiy tarzda kengayib borayotgan bir sharoitda iste’molchining, u hoh uy bekasi, hoh sanoat korporatsiyasi, universal do‘konlar tarmog‘i yoki mudofaa vazirligi bo‘lsin, buyumni sotib olishi maqsadga muvofiqligini belgilovchi asosiy omil mahsulotning sifati hisoblanadi» deb qayd etadi. Jiddiy ishlab chiqilgan va samarali ishlaydigan mahsulot sifatini boshqarishning kompleks tizimlari firmaning rentabelligi va anchagina foyda olishini ta’minlaydi. Sifatni boshqarish tizimini joriy etish natijasida korxona (korporatsiya)lar mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytiradi, mehnat unumdorligi oshishiga erishadi, sifatni yaxshilash xarajatlarini ancha kamaytiradi va o‘z raqobatbardoshligini oshiradi.
Va nihoyat, bizning mamlakatimizda 1998 yilda O‘zbekistonning RST Uz 8402:1998 davlat standartida «Sifat» atamasi qabul qilindi, unda shunday deyiladi: «Sifat – ob’ektning belgilangan va kutilayotgan ehtiyojlarni qondirish qobiliyatiga taalluqli tavsiflarning majmui».
SHuni qayd etish zarurki, tashkilotda ishlayotgan deyarli har bir xodimning faoliyati, u qaysi bo‘linmada ishlashi va qanday darajada bo‘lishidan qat’i nazar, u yoki bu darajada korxona (firma) yaratadigan mehnat mahsuloti sifatiga va uning raqobatbardoshligiga ta’sir qiladi. Bu ishlab chiqarishni boshqarishga uning raqobatbardoshligini va u ishlab chiqaradigan mahsulotning raqobatbardoshligini, demakki sifatni boshqarish sifatida zamonaviy qarashni belgilaydi.
Bunday yondashuv sifatni boshqarish zamonaviy tizimining ilg‘or konsepsiyasi – sifatni umumiy boshqarish konsepsiyasi asosini tashkil etadi.
O‘zbekistonda, jahonning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lganidek, 9000 seriyadagi ISO standartlari milliy standart sifatida qabul qilindi. Ular sanoat va iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi tashkilotlarning sifatni boshqarish tizimiga qaratilgan umumiy talablardan iborat. Bu standartlar bozor iqtisodiyotiga o‘tgan mamlakatlarning sifatni boshqarish tizimini yaratish sohasidagi mavjud tajribasini umumlashtirish yo‘li bilan ishlab chiqilgan va istalgan tashkilotlar uchun mo‘ljallangandir. Lekin, standartlarda reglamentlangan talablar mavhum xo‘jalik mexanizmlariga taalluqli bo‘lib, umumiy ko‘rinishdagi axborotlardan iborat, uni tushunish uchun tegishli bilimlar va bozor sharoitlaridagi ish tajribasi yoki sifat tizimi bo‘yicha mutaxassislarning yordami zarur bo‘ladi.

Download 48.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling