Kirish elementlarini chiqish elementlariga o‘zgartirish uchun boshqaruvchi mexanizmlar (resurslar) dan foydalaniladigan faoliyatning istalgan turi yoki faoliyat turlarining majmui jarayon deb ataladi. Kirish elementlari, boshqaruv (protsedura) va (yoki) chiqish elementlari moddiy va nomoddiy bo‘lishi mumkin. Bir jarayonning chiqish elementlari ikkinchisi uchun kirish elementlari bo‘lishi mumkin.
5) Boshqaruvga tizimiy yondashuv – tashkilotning yaxshi natijalarga erishishi va samaradorligiga ko‘maklashadigan belgilangan maqsadlar yo‘lidagi o‘zaro bog‘liq jarayonlar tizimini identifikatsiyalash, tushunish va boshqarish.
6) Doimiy yaxshilab borish. Doimiy yaxshilab borish tashkilotning o‘zgarmas maqsadi hisoblanadi. Doimiy yaxshilash mahsulotlarning xossalari va tavsiflarini oshirish yoki ishlab chiqarish va etkazib berish uchun foydalaniladigan jarayon-larning samaradorligi va unumdorligini oshirish uchun qilinadigan harakatlarga taalluqlidir.
YAxshilash jarayonining sikli o‘z ichiga quyidagi-larni olishi mumkin:
YAxshilashlar doimiy bo‘ladi va taqdim etilgan yakuniy echimlar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilmaydi. Natijalar, zaruriyat tug‘ilganida, yaxshilash uchun imkoniyatlarni belgilash maqsadida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Auditlar, buyurtmachi bilan teskari aloqa va sifat menejmenti tizimini qayta ko‘rib chiqish ham yaxshilash uchun imkoniyatlarni aniqlashi mumkin.
7) Faktlarga asoslangan qarorlar qabul qilishga yondashuv.
Qarorlar samaradorligi ma’lumotlar va axborotlarni mantiqiy va intuitiv tahlil qilishga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |