Ma’ruza №2 Sifatni boshqarish tizimlari


SIFATNI BOSHQARISHNING SAKKIZ TAMOYILI


Download 48.29 Kb.
bet3/5
Sana21.04.2023
Hajmi48.29 Kb.
#1373278
1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза 2 L

2. SIFATNI BOSHQARISHNING

SAKKIZ TAMOYILI




Tashkilot ishining ko‘rsatkichlarini oshirish-ning asosi hisoblanadigan sifatni boshqarishning bu sakkizta tamoyili ISO 9000:2000 xalqaro standartiga asos qilib olingan:


1) Iste’molchiga moslashib ishlash. Tashkilot o‘zining buyurtmachilariga bog‘liq va shuning uchun ham buyurtmachining kundalik va kelgusidagi ehtiyojlarini tushunishi, ularning talablarini bajarishi va bajarganda ham buyurtmachi kutgandan ham a’lo darajada bajarishga harakat qilishi zarur.


2) Rahbariyatning rahnomoligi. Rahbarlar tashkilot faoliyatining yo‘nalishlari va maqsadlari birligini belgilab beradilar. Ular shunday muhit yaratadilarki, unda odamlar tashkilot oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun to‘la jalb etiladilar.

Ularning vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:



  • tashkilot uchun sifat siyosati va sifat sohasidagi maqsadlarni belgilash;

  • tegishli jarayonlar joriy etilishi va ularning buyurtmachi talablarini bajarish imkoniyatini berishini ta’minlash;

  • sifat menejmentining samarali tizimi belgilanishi, joriy etilishi va bu maqsadlarga erishish uchun ishlatilishini ta’minlash;

  • zarur resurslarning mavjud bo‘lishini ta’minlash;

  • erishilgan natijalarni belgilangan maqsadlar bilan taqqoslash;

  • sifat siyosati va sifat sohasidagi maqsadlar bo‘yicha qarorlar qabul qilish;

  • sifatni yaxshilash uchun amalga oshiriladigan hatti -harakatlar bo‘yicha qarorlar qabul qilish.



3) Odamlarni jalb qilish. Barcha darajadagi xizmatchilar – bu tashkilotning mohiyati demak va ularni to‘la jalb eta olish ularning qobiliyatlaridan tashkilot manfaatlari yo‘lida foydalanish imkonini beradi.


4) Jarayonli yondashuv. Tegishli resurslar va faoliyat – jarayon sifatida boshqarilganda kutilayotgan natijaga ancha samarali erishiladi. Jarayonli yondashuv tashkilotning o‘z faoliyati va o‘zaro aloqalarini belgilash va tushunish qobiliyatiga ko‘maklashadi.
Bu tashkilotga ushbu jarayonlarni aniqlash, boshqarish va nazorat qilish imkoniyatini beradi.

Download 48.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling