Mа’ruzа №2. Trаnsfоrmаtоrlаrning хаlq хo’jаligidаgi rоli. Bir fаzаli vа uch fаzаli trаnsfоrmаtоrlаrning tuzilishi vа ishlаsh tаrzi


Download 1.55 Mb.
bet1/8
Sana13.04.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1355633
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mа’ruzа №2. Документ Microsoft Word


Mа’ruzа №2. Trаnsfоrmаtоrlаrning хаlq хo’jаligidаgi rоli. Bir fаzаli vа uch fаzаli trаnsfоrmаtоrlаrning tuzilishi vа ishlаsh tаrzi

R E J A
1.Trаnsfоrmаtоrlаrning xаlq xujаligidаgi rоli.


2.Bir vа uch fаzаli trаnsfоrmаtоrlаrning tuzilishi.
3.Trаnsfоrmаtоrlаrning ishlаsh prinsipi.
1. Trаnsfоrmаtоrlаrning xаlq xujаligidаgi rоli;
Elektr stansiyalaridan iste’molchilarga elektr energiyani uzatishdagi energiya isroflari liniya simlaridan o‘tadigan tok kuchiga bog‘liq bo‘ladi. Elektr stansiyalaridagi sinxron generatorlar kuchlanishining kattaliklari (U ≤ 24 kV) uzoq masofada joylashgan iste’molchilarga elektr energiyani tejamli uzatish uchun ancha kamlik qiladi. Elektr energiyaning ma’lum quvvati (S UI)ni iste’molchiga uzatishda transformator yordamida kuchlanish U qanchaga oshirilsa, tok kuchi I shuncha marta kamayadi.
Bunda: 1) liniya uchun ko‘ndalang kesim yuzasi nisbatan kichik bo‘lgan sim tanlanib, elektr uzatish liniyasini qurishda rangli metallar tejaladi;
2) liniyadagi quvvat isroflari (P'3I2 rl) kamayishi tufayli iste’molchilarga yetkazib beriladigan aktiv quvvat oshadi.
Ayrim issiqlik elektr stansiya (IES)larida o‘rnatilgan kuch transformatorlari uzatilayotgan elektr energiyaning kuchlanishini 20 kV dan 500 kV ga, ya’ni 25 marta oshirib beradi. Natijada, liniya simlaridagi energiya isroflari transformatorsiz uzatilganiga nisbatan 252 = 625 marta kamayadi, ya’ni katta iqtisodiy samaraga erishiladi.
Har qaysi elektr stansiyasida kuchlanishni oshiruvchi katta quvvatli transformatorlar o‘rnatilgan bo‘ladi (T.1-rasm). Elektr uzatish liniyasi uzoq masofali va uzatilayotgan quvvat qancha katta bo‘lsa, texnik-iqtisodiy jihatdan asoslangan kuchlanish shuncha yuqori bo‘ladi. Masalan, 103 MW quvvatni 1000 km masofaga uzatish uchun deyarli 500 kV kuchlanish zarur bo‘ladi.
O‘zgaruvchan tok iste’molchilarining ko‘pchiligi 220, 380 va 660 V kuchlanishlarda, nasos stansiyalarda o‘rnatilgan suv nasoslarini yuritadigan sinxron elektr motorlari 10 kV; metallurgiyada qo‘llaniladigan katta quvvatli faza rotorli asinxron elektr motorlari 6 kV, shu sohada ishlatiladigan yirik sinxron elektr motorlari esa 6 va 10 kV kuchlanishlarda; elektrlashtirilgan temir yo‘l transportida qo‘llaniladigan elektr motorlari 3,3 kV kuchlanishda ishlaydi. Shuning uchun elektr uzatish liniyasining yuqori kuchlanishi markaziy va mintaqaviy podstansiyalarda hamda elektr energiya iste’molchilariga yaqin joyda o‘rnatilgan kuch transformatorlari orqali ular uchun zarur bo‘lgan kuchlanish qiymatiga qadar pasaytiriladi. Shu xususda 1.1-rasmda, konstruksiyasi kuchlanish qiymati 35 kV, quvvati esa 10006300 kVA ga mos keladigan pasaytiruvchi kuch transformatori qo‘rsatilgan.
Elektr stansiyasidan iste’molchilarga elektr energiyani uzatish jarayoni. Kuchlanish klassi 35 kV quvvati 10006300 kVA konstruktsiyasiga mos keladigan pasaytiruvchi kuch transformatori,yani besh-olti bosqichda asosan ikki chulg‘amli katta quvvatli transformatorlar vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun kuch transformatorlarining soni hamda ularning quvvati elektr energiyani uzatish masofasiga qarab elektr stansiyalaridagi elektr generatorlarining soni va o‘rnatilgan quvvatiga nisbatan taxminan olti marta ko‘p bo‘ladi.
1 – bak; 2 – moy uchun ventil; 3 – zaminlash uchun qistirma; 4 – ter-mosifonli filtr; 5 – radiator; 6 – kuchlanishni rostlash qayta ulagichi; 7 – kengaytirgich; 8 – moy ko‘rsatkich; 9 – havo quritgich; 10 – chiqaruvchi (saqlovchi) truba; 11 – gaz rele; 12 – YuK chulg‘am uchun o‘tish izolyatori; 13 – qayta ulagich dastagi; 14 – PK chulg‘amga oid o‘tish izolyatori; 15 – transformatorni ko‘tarish uchun ilgich; 16 – PK chulg‘amni o‘tish izolyatori bilan bog‘lovchi o‘tkazgich; 17 – magnit o‘tkazgich; 18 – YuK chulg‘amni o‘tish izolyatori bilan bog‘lovchi o‘tkazgich; 19 – yuqorgi va pastki yarmo balkalari; 20 – YuK chulg‘am rostlash tarmog‘ining simlari; 21 – YuK chulg‘am; 22 – aravachag‘ildiragi
O‘zbekiston Respublikasida kuch transformatorlari hamda maxsus trans- formatorlarning ayrimlari asosan Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan Chirchiq transformatorsozlik zavodida, «ELUS (Elektr uskunalari)» va «Osiyoelektroenergiya» ilmiy-ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilmoqda. Toshkent shahrida kuch transformatorlarini ta’mirlaydigan korxonalardan «Energota’mir» ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-ishlab chiqarish va «Rotor» ta’mirlash korxonalari ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling