Ma'ruza №21. Triggerlar asosida yig’ilgan xisoblagichlar va ularning sxemalari


Download 54.99 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi54.99 Kb.
#1551659
1   2   3   4   5
Bog'liq
6- Ma\'ruza

Ketma-ketli hisoblagichlar. Soddalik uchun statik boshqaruvli uchta triggyerdan tashkil topgan jamlovchi hisoblagich ishini koʻrib chiqamiz. Bunday hisoblagichning o'tishlar jadvali 4.6-jadvalda, uning funksional sxemasi esa 4.15-rasmda keltirilgan. Odatda,, triggerlar, demak hisoblagichlar ham, qo'shimcha hisoblagich chiqishlarida oldin-dan belgilangan sonni oʻrnatuvchi S-oʻrnatish kirishiga yoki hisobla-gichni dastlabki holatiga qaytaruvchi signal beruvchi R-olib tashlash kirishlariga ega.
4.6-jadval
J
amlovchihi soblagichning holatlar jadvali
Sanoq boshlanishidan oldin barcha triggerlar chiqishlarida nol daraja (Q3 =Q2= Q1=0) boʻlgan dastlabki holatga keltiriladi. Buning uchun hisoblagich sxemasida R kirishlari oʻrnatilgan bo'lib, ular «0» ni oʻrnatish umumiy shinasiga ega. Bu shinaga olib tashlash impulsi beriladi. Ma’lumotlarni ketma-ket uzatuvchi hisoblagichlarda sanoq impuls-lari triggerning birinchi razryad kirishiga beriladi. Bu C-kirish. Keyingi keluvchi har bir razryad uchun qayta ulanish signallari avvalgi razryad-ning invers chiqishidan uzatiladi, ya’ni hisoblagich razryadlari ketma-ket qayta ulanadi. Triggerning invers chiqishlari ishlatilmaydi, S-oʻrnatish kirishlarida esa mantiqiy 0 potensiali mavjud boʻladi.



21.1-rasm. Ketma-ket uzatiluvchi ikki pogʻonali T-triggerli uch razryadli jamlovchi hisoblagich sxemasi.
6.1-jadval
Ayiruvchi hisoblagichning holatlar jadvali



Bu yerda m - sanoq boshidan berilayotgan kirish impulsi raqami.


Hisoblagich ishini 6.6-jadvalga asosan tahlil qilamiz. Koʻp razryadli ikkilik sonning kichik razryadiga mos keluvchi Q1 oʻz holatini har sanoq impulsi kelishi bilan o'zgartiradi; Q2 – har ikkinchi impuls kelishi bilan, Q3 – esa har toʻrtinchi impuls kelishi bilan. Uch razryadli hisob-lagich impulslarining maksimal soni 7 ga teng. Sakkizinchi impuls kel-ganda hisoblagich 0 ga oʻtadi va hisobni yangidan boshlaydi. Agar hi-soblagich chiqishilarida Q3 =1, Q2=0, Q1=1 kombinatsiya yoki 101 ikkilik uchrazryadli son mavjud bo'lsa, bu hisoblagichga beshinchi im-puls kelganini anglatadi.
Statik boshqaruvli triggerlarda C chiqishning T0 aktiv mantiqiy darajasi boʻlib mantiqiy bir signali hisoblanadi. Shuning uchun bu signal berilishi davomida trigger S kirishdagi halaqitlarni (shovqinlarni) bema-lol qabul qilishi mumkin. Yolgʻon ishga tushib ketishni bartaraf etish uchun C kirishda signal mavjud bo'lgan vaqt mobaynida S-ma’lumot kirishida signal mantiqiy 0ga teng miqdorda oʻzgarishsiz qolishi kerak. Amalda bu talab raqamli qurilmaning murakkablashib ketishiga olib keladi.
Dinamik boshqaruvli triggerlar yuqorida aytib oʻtilgan kamchi-likdan holi. Ketma-ket uzatishli dinamik D-triggerlarda bajarilgan uchrazryadli jamlovchi hisoblagich sxemasi 6.2-rasmda keltirilgan.


Download 54.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling