Ma’ruza 27. Elektron pochta xizmati Reja


Internetda elektron pochta


Download 1.8 Mb.
bet2/10
Sana26.10.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1724117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8. Маъруза elektron pochta xizmati

Internetda elektron pochta
Ma'lumki, Internet elektron pochta xizmatini ko'rsatadi. Internet yordamida siz o'zingizga elektron adres ochishigiz mumkin. Bunday imkoniyatni Internetdagi web–saytlar, www.hotmail.com, www.yahoo.com, www.mail.ru, www.rambler.ru, www.yandex.ru kabi web-saytlar, O'zbekistonda esa www.eseram.com, www.uzpak.uz va boshqa web–saytlar beradi. Bu saxifalarga kirib (Internet orqali) anketa savollariga javob berib, o'zingizga elektron pochta adresini ochishingiz mumkin. Ayniqsa bunday elektron adres ochish provayderdan elektron adres ochish imkoniyati yo'q foydalanuvchilar uchun qulay.
e–mail elektron adres quyidagi shaklga ega:
, , .
Masalan: keei@uzpak.uz
keei – adres egasi, tashkilot nomi (KMII instituti);
uzpak – internet–provayder nomi;
uz – davlat nomi (Uzbekiston);
@ - elektron adresni belgilovchi maxsus (kuchukcha) belgisi.
Elektron pochta yuborganda siz xuddi xatni yuborganday, uning kimga, qaerga va kimdanligini yozishingiz lozim. Xatni bir necha adreslarga yuborishingiz xam mumkin. Elektron xatni yuborganingizdan so'ng u umumiy elektron pochta qutisiga tushadi, so'ng xat ko'rsatilgan manzil pochta qutisiga etkaziladi va undan xat egasi xatni oladi, ya'ni xar bir foydalanuvchining o'z pochta qutisi buladi. Umumiy pochta qutisidan xat shaxsiy pochta qutilariga muntazam ravishda jo'natilib turiladi.
Keling, Internet web–saxifasida bepul pochta adresini ochish algoritmi bilan tanishaylik.
Masalan www.mail.ru web–saxifasida elektron adres ochish ketma ketligi bilan tanishamiz.
Brauzerlardan birini ishga tushirib (ko'pincha Internet Explorer (IE) brauzeri yuklanadi) Internetga qo'shilamiz. Bu Xost kompyuterdan yoki lokal tarmoqdagi kompyuterdan foydalanib amalga oshiriladi
Brauzerdagi boshlanqich saxifa yuklangandan so'ng uni almashtiramiz, ya'ni IE oynasidagi web–saxifa nomi o'rniga www.mail.ru yozuvini klaviaturadan kiritamiz, mail.ru web–saxifasi ochiladi
Web–saxifadan pochta xizmati ro'yxatiga kirish (Registratsiya v pochte) gipermurojaatni tanlaymiz (sichqoncha orkali gipermurojaatni bosamiz). Kompyuter ekraniga elektron pochta xizmati xaqida, pochtaning imkoniyatlari xaqida, foydalanuvchining ma'sulyati (polzovatelskoe sogloshenie) xaqida ma'lumotlar chiqadi. Ushbu ma'lumotlarni o'qib bo'lgandan so'ng ro'yxatdan o'tishni boshlaymiz (Nachat registratsiyu)
"Nachat registratsiyu" tugmasini (gipermurojatni) bosamiz. Kompyuter ekraniga anketa savollari saxifasi chiqadi. Oldida (asosan qora rangli turtburchak) belgisi bor maydonlarni albatta to'ldirish lozim
Domenlar ro'yxatidan @mail.ru ni tanlaymiz, so'ng o'z yangi elektron pochta adresimizni kiritamiz. Adres nomi 16 belgidan oshmasligi va birinchi belgisi albatta lotin xarfi bo'lishi lozim
"Parol" va "podtverjdenie porolya" maydonlariga maxfiy so'zni kiritamiz. Parol xam kirill alifbosidagi xarflarda yozilmasligi lozim
Ayrim xollarda foydalanuvchi o'z parolini unitib qo'yishi yoki boshqa parollari bilan chalkashtirib qo'yishi mumkin. Elektron pochta xizmati bunday xolatlardan chiqib ketish choralarini xam kuzda tutgan. Anketada elektron pochta qutisini ochish uchun maxsus savol va javobni kiritish maydonlari yoki boshqa elektron adres orqali parolni olish uchun elektron adresni yozish maydonlari kiritilgan. Bu maydonlarni xam albatta to'ldirish lozim.
Anketada foydalanuvchining nomi "Imya", familiyasi "Familiya", tugilgan kuni, jinsi va qo'shimcha savollarga javob yozish maydonlari xam to'ldiriladi. Foydalanuvchining ismi va familiyasini kirill alifbosida to'ldirsa xam bo'ladi.
Pochta xizmatining reklama bo'limidan foydalanish xaqidagi savolga "Da" yoki "Net" tugmalaridan birini bosamiz.
Boshqa foydalanuvchilarning avtomatik ro'yxatdan o'tishini qimoyalash uchun ekranda ko'rinib turgan tasvir ichidagi raqamlarni ko'rsatilgan (kursor turgan joyga) kiritamiz.
Web–caytdan "Zaregistrirovat pochtovoy yahik" tugmasini bosamiz. Agar parolni oddiyroq kiritgan bo'lsak "Siz parolni juda oddiy ko'rinishda kiritdingiz, shu parolni qabul qilaylikmiq" ma'nosidagi so'rov chiqadi.
Bu savolga biz "Da" yoki "Net" tugmalaridan birini bosib javob beramiz. "Net" tugmasini bossak anketani qaytadan to'ldiramiz. "Da" tugmasini tanlasak, ma'lum bir soniyalardan so'ng "Vo' stali zaregistrirovanno'm polzovatelley pochtovoy slujbo' Mail.Ru", "Adres vashey elektronnoy pochto' (elektron adres nomi)" xabari chiqadi va elektron pochta qutisiga (elektron adresga) birinchi xat kelib tushadi. Ya'ni kompyuter ekranidagi Web–saxifada "V vashem pochtovom yahike (elektron adres nomi) 1 neprochitannoe soobhenie" xabari chiqadi.
Bizga kelgan xatni "Vxodyahie" papkasidan o'qib ko'rishimiz mumkin. Bu birinchi xatda bizni mail.ru web-saxifasidan pochta adresini ochganimiz bilan tabriklab, pochta xizmatining imkoniyatlari bilan tanishtiruvchi to'lik ma'lumotlar chiqadi. Ushbu elektron pochta adresidan foydalanib biz Internet orqali dunyoning istalgan nuqtasiga axborotlar yuborishimiz va qabul qilishimiz mumkin.
Elektron pochta - bu Internet tarmoqi orqali xabarlar almashish xizmati qisoblanib asosan ikkita komponent ishtirokida tashkil etiladi:
– Elektron pochta serveri - xabarlarni jo'natish va qabul qilishni ta'minlash
– Elektron pochta klienti - xabarlarni yaratish, o'qish va javob qaytarish
• Elektron pochta xizmati quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
– Xabarlarni tezkor almashish (bir necha daqiqa)
– Xabarlarga qo'shimcha ma'lumotlarni ilova qilish
– Xabarlarga rasm va multimedia ma'lumotlarini joylashtirish



Elektron pochta orqali xabarlarni uzatish va qabul qilish


Elektron pochta manzili
Elektron pochta manzili: pochta qutisi nomi va pochta serveri manzilidan iborat bo'ladi

qidiruv tizimlarining xususiyati –axborot va so'rovlarni nafaqat ingliz tilida ifodalash imkonini beradi, balki rus, ispan, frantsuz, nemis va dunyoning boshqa tillarida ifodalash imkonini beradi:
Tizimlar bilan axborotni Internet tarmoqida qidirish so'rovlar orqali amalga oshiriladi. Lekin ba'zi bir qidiruv tizimlari oddiy kutubxonalaridagidek qo'shimcha ravishda axborotni tematik kataloglar bo'yicha qidirish imkoniyatini beradi. Internetda axborotni qidirish uchun tuziladigan so'rovlar rus yoki ingliz tilidagi bir yoki bir necha so'zdan tashkil topishi mumkin. So'rovlarga misol:
So'rov: Internet.
So'rov: informatika darsliklari
So'rov: computer sciense
So'rov: uchebnik po matematike
So'rovlarga javob – ko'rsatilgan kalit so'zlarga ega bo'lgan sayt va gipermatnlarga murojaatlar. Bunday murojaatlarning qar biri berilgan kalit so'ziga ega bo'lgan gipermatnni ko'rsatadi.
qidiruvni samarali amalga oshirish uchun turli tematik luqatlarda ma'lumotnomalarda, entsiklopediyalarda, mol-ashyo kataloglarida ko'rsatilgan, eng ko'p qo'llaniladigan so'zlarni ishlatish kerak.



Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling