Ma’ruza-3 Diskret axborotni diskret elektr signallariga aylantirish. Diskret modulyasiya Reja
Download 1,09 Mb.
|
1 2
Bog'liqMаъруза3
MA’RUZA-3 Diskret axborotni diskret elektr signallariga aylantirish. Diskret modulyasiya Reja: 3.1. Diskret modulyasiyanima . 3.2. Diskret modulyasiya parametrlari Kalit so‘zlar uzatish trakti; diskret modulayasiya; modulyasiya parametrlari, elektromagnit maydon kodlar. Diskret modulyasiya uzatish traktida ikkinchi amal hisoblanadi. Signalni uzatish uchun aloqa liniyasi orqali xarakatlana oladigan va tarqala oladigan tashuvchi kerak bo‘ladi. Aloqa tizimida bu o‘zgarmas va o‘zgaruvchi tok (analog tizimlarda), elektromagnit maydon (radiotizimlarida), yuqori chastotali impulslar (koaksial va optik kabelarda) va boshqalardir. Uzatilishi kerak bo‘lgan axborot signal tarkibida bo‘lib, uning qandaydir bir parametrini vaqt bo‘ycha o‘zgartiradi. Diskret axborotlarni uzatishda modulatsiya uchun birlamchi “mahsulot”sifatida hariflar, raqamlar yoki belgilar ishlatilmay, balki ularning kod kombinatsiyasi ishlatiladi. Agar kod kombinatsiyasining har bir elementi ma’lum qiymatlar qabul qilsa, unda tashuvchining modulyasiya qilinayotgani ko‘rsatgichlari ham diskret qiymatlarini qabul qiladi (sathini, kvantlarini), ya’ni diskretli o‘zgaradi. SHuning uchun diskret modulayasiya deb, tashuvchining bir yoki bir necha kvant ko‘rsatgichlarini (parametlarini) vaqt bo‘yicha kod kombinatsiyasi elementlari qonuniga asosan o‘zgarishiga aytiladi. Diskret modulyasiya natijasida diskret vaqtning diskret funksiyasi bo‘lgan diskret elektr signali xosil bo‘ladi. Bu shuni ko‘rsatadiki, kod kombinatsiyasining xoxlagan bir qiymatiga ma’lum vaqt oralig‘ida o‘z qiymatini saqlaydigan (o‘zgartirmaydigan) va ma’lum vaqt intervalida o‘zgartiridigan tashuvchining parametri to‘g‘ri keladi. Diskret axborot uzatish nazariyasida diskret modulyasiyaga tegishli quydagi tushunchalar mavjud: ma’lum pozitsiya, ma’lum vaqt momenti, birlamchi interval, ma’lum interval [2,3]. Birinchi ikkitasi ko‘rsatgich (parametr) qiymatning o‘zgarishga (ordinata o‘qi), keyngi ikkitasi – vaqt intervalining o‘zgarishiga (abssis o‘qi) kiradi. Ma’lum pozitsiya (MP) – deb kod kombinatsiyasining bir elementi qiymatiga mos kiluvchi signal parametriga aytiladi. Ma’lum pozitsiyalar soni kod asosiga teng. Modulyasiyaning uzatishdagi ma’lum pozitsiyasi (MPU) va qabul qilishdagi qayta tiklash ma’lum pozitsiyasi (MPQ) tushunchalari mavjud. Ma’lum vaqt momenti (MM) deb ma’lum pozitsiyalarining o‘zgarish vaqtiga aytiladi. YUqoridagigia o‘hshab uzatishdagi (MMU) va qabul qilishdagi (MMQ) ma’lum vaqt momentlariga ajratiladi. Birlamchi interval (BI) deb kod kombinatsiyasining bir qiymatiga mos keluvchi signal parametri o‘zgarmas bo‘lgan vaqt intervaliga aytiladi. Bu vaqt etalon sifatida qabul qilingan vaqt o‘qidagi o‘lchov bo‘lagidir. Ma’lum interval (MI) – bu yonma – yon bo‘lgan ma’lum vaqt momentlari orasidagi vaqt intervaliga aytiladi. Ideal xolda ma’lum interval butun sonli birlamchi intervalardan tuzilgan. Diskret modulyasiya natijasida xosil bo‘lgan elektr signali ma’lum axbarotli parametr qiymatiga ega bo‘lgan kuchlanish yoki tok impulslar majmuasidan tashkil topgan. Bu erda yana bir atamani - elementar impuls Download 1,09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling