Ma’ruza №3. I. K. Ismoilov
II. Ishdan chiqish holatlarining klassifikatsiyasi
Download 9.95 Kb.
|
Ma’ruza №3. I. K. Ismoilov-fayllar.org
II. Ishdan chiqish holatlarining klassifikatsiyasi1) ishlash qobiliyatining ishdan chiqish darajasi bo‘yicha: to‘liq va qisman; 2) jarayonning o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘yicha: to‘satdan va asta-sekin (postepennыe); 3) boshqa ishdan chiqishlarga bog‘liqligi bo‘yicha: bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan; 4) vaqti bo‘yicha: barqaror va barqaror bo‘lmagan (buzilishlar); ishlash qobiliyatining ishdan chiqish darajasi bo‘yichaQisman buzilish ob’ektni qisman ishlashiga, to‘liq buzilish esa ob’ektni ishdan chiqishiga olib keladi (ishlash qobiliyatini tiklash uchun ob’ektni tuzatish kerak bo‘ladi). Agar tizimning qandaydir elementlari ishlamasligi boshqa elementlarning ishdan chiqishiga sabab bo‘lmasa, bunday buzilish bog‘liq bo‘lmagan ishdan chiqish deyiladi. To‘satdan sodir bo‘ladigan ishdan chiqish tizimning asosiy parametrlari va elementlarining keskin o‘zgarishidan kelib chiqadi. Doimiy ishdan chiqishlar esa elementlarning eskirishi va ishdan chiqishi sababli sodir bo‘ladigan parametrlarning asta-sekin o‘zgarishi tufayli kuzatiladi. Ob’ekt ishlash qobiliyatining barqaror ishdan chiqishini faqatgina ta’mirlash (remont) orqali bartaraf qilish mumkin (tuzatish mumkin bo‘lgan ob’ekt uchun). Ishlamaslik (ishdan to‘xtab qolish) - bu o‘zi tuzalishi mumkin bo‘lgan buzilish bo‘lib, qisqa muddatli ishlamaslik holatiga olib keladi (bunda apparatni tuzatish talab etilmaydi). Doimiy ishdan chiqish - bir xil xarakterga ega bo‘lgan, ko‘p marotaba takrorlanuvchan buzilishdir. Doimiy vaqt bo‘yicha ishlamaydigan ob’ektlarda ishdan chiqishlar vaqt bo‘yicha quyidagi ko‘rinishlarda ega bo‘lishi mumkin:- ob’ektdan talab qilingan ishlashning bajarilmasligi oqibatida sodir bo‘ladigan ishdan chiqishlar; - talab qilinmagan paytda ishlab ketish - aldamchi ishlashlar; - boshqa elementlarning ishlashi talab etilgan paytda, qaralayotgan ob’ektning ishga tushib ketishi – ortiqcha ishlashlar; Bunday ob’ektlarga rele himoyasining va buzilishga qarshi avtomatikaning turli tizimlarini, ba’zi holatlarda esa o‘chirgichlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Uskunalarning ishlamasligiga ularning shikastlanishi (povrejdenie) va nosozligi sabab bo‘ladi. Energetikada shikastlanish deb - uskunalarning еmirilishi, detallarning sinishi, elektr va magnit zanjirlari butunligining buzilishi va izolyatsiyaning ishdan chiqishiga aytiladi. Download 9.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling