Ma’ruza №3. I. K. Ismoilov


Download 9.95 Kb.
bet1/4
Sana22.12.2022
Hajmi9.95 Kb.
#1042800
  1   2   3   4
Bog'liq
Ma’ruza №3. I. K. Ismoilov-fayllar.org


Ma’ruza №3. I. K. Ismoilov

Ma’ruza №3.

I.K.Ismoilov

Ishdan chiqish (otkaz) tushunchasi. Ishdan chiqish holatlarining klassifikatsiyasi. Elementlarni ishdan chiqish oqimlari va ularning xususiyatlari.


  • Reja:

  • I. Ishdan chiqish tushunchasi.

  • II. Ishdan chiqish holatlarining klassifikatsiyasi.

  • III. Elementlarni ishdan chiqish oqimlari va ularning xususiyatlari.

I. Ishdan chiqish tushunchasi.


  • Elektr energetika qurilmalari va uskunalarining doimiy ravishda ishlab turishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:

  • 1. Kontaktlar, chulg‘amlar va tok o‘tkazuvchi qismlarni me’yoriy holatda ushlab turish, ya’ni ularning qizib ketmasligi hamda zanglab qolmasligi;

  • 2. Izolyatsiyani ruxsat etilgan darajada ushlab turish;

  • 3. Ruxsat etilgan kuchlanishni ushlab turish;

  • 4. Uskunalar parametrlarini berilgan rejimda ushlab turish;

Ishdan chiqish - bu ob’ektni ishlash qobiliyatini buzilishi, ya’ni tizim, element to‘liq yoki qisman o‘z faoliyatini bajarmasligi.


  • Ishdan chiqish - bu ob’ektni ishlash qobiliyatini buzilishi, ya’ni tizim, element to‘liq yoki qisman o‘z faoliyatini bajarmasligi.

  • Ishdan chiqishni taxminiy aniqlash (Privedennoe opredelenie) sifatli aniqlash hisoblanadi.

  • Ko‘pincha "ishlamaslik qanday o‘lchanadi?" -degan savol tug‘iladi.

  • Ishlash qobiliyatining buzilishi deb, o‘rnatilishi va ruxsat etilishi bo‘yicha berilgan parametrlarning birortasini ishdan chiqishiga aytiladi.

  • Masalan, tizim tomondan iste’molchiga еtkazilayotgan energiya bir qancha parametrlar, shu qatorda kuchlanish U va chastota f bilan belgilanadi.

  • 2.1-rasm.

Iste’molchilarning ishlash shartiga asoslanib, berilgan parametrlarning (UNOM, fNOM) nominal qiymalaridan ma’lum miqdorga og‘ishiga ruxsat etiladi.


  • Iste’molchilarning ishlash shartiga asoslanib, berilgan parametrlarning (UNOM, fNOM) nominal qiymalaridan ma’lum miqdorga og‘ishiga ruxsat etiladi.

  • Agar parametrlarning og‘ishi ruxsat etilgan qiymatlar (ΔUQO‘Sh; ΔfQO‘Sh) dan chetga chiqib ketsa, bu holat eletr ta’minoti tizimsining buzilishiga olib keladi (2.1-rasm).

  • Tuzilishi va ishlashi (tuzatishga yaroqliligi) bo‘yicha elementlar (ob’ektlar) tiklanadigan va tiklanmaydigan bo‘lishi mumkin.

  • Agar ob’ekt ishdan chiqsa hamda uni tuzatish va xizmat ko‘rsatish yo‘llari bilan tiklash mumkin bo‘lsa, bunday ob’ekt tiklanadigan ob’ekt deyiladi. Agar ob’ekt buzilsa hamda uni tiklash imkoniyati bo‘lmasa, u holda bunday ob’ekt - tiklanmaydigan ob’ekt deyiladi. Tiklanmaydigan ob’ektlar faqat birinchi ishdan chiqishigacha ishlaydi. Elektroenergetika ob’ektlarini umumiy holatda tiklanadigan ob’ektlar deb hisoblash kerak.

Download 9.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling