Ellipsis (yun. elleipsis – tushish, tushirilish) deb nutqiy aloqa jarayonida gap bо‘laklarining muayyan maqsad bilan tushirilishi hodisasiga aytiladi.
Gradatsiya (lot. gradatio – zinapoya, bosqichma bosqich kuchaytirish) Nutq parchalaridan biri ikkinchisining ma’nosini kuchaytirib borishdan iborat uslubiy jarayon.
O`zbek tili taraqqiyotining hozirgi bosqichida funktsional uslublar farqlanib, uning ilmiy, badiiy, publitsistik, rasmiy ish qog`ozlari, so`zlashuv kabi uslublari shakllandi.
Sintaktik qurilmalar nutq uslublarida neytral bo`lgani kabi, funktsional xarakterda ham bo`ladi. Sintaktik stilistika uchun neytral xarakterdagi sintaktik vositalar emas, nutq uslublariga xoslangan funktsional sintaktik vositalar muhimdir.
Badiiy uslub sintaksisi sifatlovchining keng qo`llanishi, so`z tartibida teskari, sub`ektiv tartibga keng yo`l qo`yilishi, ritorik so`roq va undov gaplar, sintaktik figuralarning ko`p qo`llanishi kabi holatlar bilan xarakterlanadi.
Mashg`ulot jarayonida qo`llaniladigan ta'lim texnologiyalari:
1. WENN diagrammasi grafik organayzeri.
2. T-chizma grafik organayzeri.
Savol va topshiriqlar.
1. Sintaktik figuralar deganda nimani tushunasiz?
2. Sintaktik figuralar haqida ma'lumot bering.
3. Sintaktik figuralarning ko`rinishlarini sanab ko`rsating.
4. Sintaktik figuralarga misollar keltiring.
5. Ritorik so`roq daganda nimani tushunasiz?
6. Takrorlarning badiiy nutq ta'sirchanligini ta'minlashdagi o`rni haqida nimalar ayta olasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |