Ma’ruza №3 Mavzu: Gruntlarning donadorlik tarkibi Reja Gruntlarning mineralogik tarkibi Gruntlarning donadorlik tarkibini aniqlash


Download 57.72 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi57.72 Kb.
#1603914
1   2   3
Bog'liq
3 mavzu

Gruntning gazli qismi. Grunt tarkibida ikki xil - erkin va qamralgan gazlar mavjud bo’ladi. Birinchi xil gaz (havo) bosimi, atmosfera bosimiga monand bo’lgani uchun, gruntning xossalariga sezilarli ta‘sir ko’rsatmaydi.
Qamralgan gaz bosimi uning atrofini o’rab turuvchi suv bosimiga teng bo’ladi. Bu gaz gruntning zichlanishida qo’shimcha elastiklik xususiyatini vujudga keltiradi, shuningdek uning tanasidan o’tadigan suvning sizish (filtratsiya) tezligini kamaytiradi.
Gruntlarning tuzilishi.Gruntlarning tuzilishi ularning tashkil topish sharoitlari va keyingi davr o’zgarishlari jarayonlariga bog’liqdir. Gruntlarning tuzilishini baholashda shuningdek, grunt mineral zarrachalarining o’lchamlari va shakli ham katta ahamiyat kasb etadi.
Cho’kindi turkumdagi gruntlarda uch xil: donador, po’kaksimon va zanjirsimon shakldagi tuzilishlar bir-biridan farqlanadi.

1.3–rasm. Gruntlar tuzilishining asosiy turlari: a – donador;
b – po’kaksimon; c – zanjirsimon
Donador tuzilish (1.3–rasm, a) sochiluvchan (qumli, shag’alli, toshli) gruntlarga xos bo’lib, zarrachalarining o’zaro joylashuvi ularning hosil bo’lish sharoitiga bog’liqdir. Shuning uchun ular o’ta g’ovak va hatto zichlangan holatda ham bo’lishi mumkin.
Po’kaksimon tuzilish (1.3–rasm, b) gilli gruntlarga xosdir. Gil zarrachalari sirtida elektr muvozanati saqlangani uchun, ular birlamchi holatda qanday joylashgan bo’lsa, suvda cho’kish sharoitida ham shu holatni saqlaydi.
Zanjirsimon tuzilish (1.3–rasm, c) yengil va kichik zarrachalarning suvda cho’kishidan hosil bo’ladi. Bu zarrachalar suvda uzoq vaqt muallaq holda turib qolib, o’zaro birikishi natijasida to’p-to’p bo’lib cho’kadi.
Nazorat savollari:

1.Zamin va poydevor tushunchalarining ta‘riflarini eslang.


2.Zamin va poydevorlar fanining suv xo’jaligi qurilishidagi o’rni va vazifalari.
3.Nima uchun poydevor yer sathidan biroz quyiroqda joylashtirilishi lozim?
4.Poydevorsozlik sohasi rivojlanishining qisqacha tarixi.
5.Zamin, poydevor va grunt tushunchalarining ta‘rifi.
6.Gruntlarning tarkibi, shakllanishi va sinflari.
7.Magmatik va metamorfik qoya gruntlari deganda nimani tushunasiz?
8.Qattiq zarrachalari kuchsiz bog’langan gruntlar, zarrachalarning yiriklik ko’rsatkichi bo’yicha tasnifi.
9.Qumli gruntlar qanday turlarga bo’linadi?
10.Gilli gruntlarning tarkibi va gil zarrachalarining miqdori bo’yicha ularning turlari.
11.Lyosslar va lyossimon gruntlar deganda nimani tushunasiz?
12.Qoya va yemirilgan gruntlar qattiq zarrachalarining mineralogik tarkibi.
13.Gruntlar donadorlik tarkibini aniqlashning gidravlik va elash usullarini tavsiflab bering.
14.Gruntlar donadorlik tarkibini baholashning qanday ko’rsatkichlarini bilasiz?
15.Grunt qattiq zarrachalari sirti bilan elektromolekulyar bog’langan suv turlarining xususiyatlarini ta‘riflab bering.
16.Grunt tarkibidagi erkin (kapillyar va gravitatsion), kristalizatsion va kimyoviy bog’langan suv turlarining o’ziga xos xususiyatlarini eslang.
17.Grunt tarkibidagi gazlarning turlari va ularning grunt xossalariga ta‘siri.
18.Gruntlarning donador, po’kaksimon va zanjirsimon tuzilishlari haqida qanday tushunchalarga egasiz?
Download 57.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling