Ma’ruza 3 mavzu: Nasriy asarlarni ifodali o`qish. Dramatika va liro-epik asarlarni ifodali o`qish r eja : 1
Download 72.18 Kb.
|
2-ma`ruza
Masalni ifodali o`qish
Axloqiy, satirik va kesatiq mazmunni kinoyaviy, majoziy obrazlarda aks ettiradigan, eski illatlarni, tovlamachi va yomonlarni, tarbiya ko'rmaganlarni tanqid qilishga qaratilgan kichik she'riy va nasriy asarlarga masal deyiladi. Masal badiiy adabiyotning poetik va prozaik shakllarida yaratiladi. Masalni ifodali o'qish katta mahorat talab qiladi. Unda tulki – aldoqchi, bo'ri – ochko'z, chayon – tili zahar, ilon – makkor, to`tiqush – gapdon, bulbul – g'azalxon, mayna – suxandon, ayiq – kuchli, arslon – zabardast, sher – qo'rqmas, qaldirg'och – mehrli, quyon – qo'rqoq, maymun – o'ylamay ish qiladigan kishilarga o'xshatiladi. Masallarda yashiringan otkir kinoya, voqealarning tez-tez o'rin almashib turishi uni bir tekisda o'qishga xalaqit beradi. Shuning uchun ifodali o'qishda yetarli malaka hosil qilmagan o'quvchi, avvalo, matn bilan yaxshilab tanishib chiqishi lozim. Tanishish jarayonida o'quvchi personajlarning xarakter xususiyatlari va muallifning g'oyaviy niyatini aniqlaydi. Masalan: L.A. Krilovning "Bo'ri bilan qo'zichoq" masalini olib ko'raylik (Aslida bu masal dastlab Sharq adabiyotida uchraydi): Yog'ochning boshini qurt yeydi doim, Tarixda misollar juda ko'p bunga. Tarix to'g'risida qolaylik-da jim, Ertak so'zlaylik, quloq ber shunga. Muallif birnchi misraning o'zidayoq "kuchlilar" oldida "kuchsizlar aybli" degan fikrni ilgari suradi va asardan kelib chiqadigan g'oyaga ishora qiladi. Masalda zolimlar bilan mehnatkash omma o'rtasidagi azaliy ziddiyat ramziy tarzda tasvirlanadi. Jumladan, zo'rlar bo`ri obrazi orqali gavdalantirilsa, mehnatkash esa, hech kimga zarari tegmaydigan qo'zichoq timsolida ifoda etiladi. I.A.Krilov "Bo'ri bilan qo'zichoq" masali orqali o'z zamonasinihg ajoyib kartinasini yaratadi. Bo'ri hech qanday aybsiz qo'zichoqqa do'q urib, tuhmat qiladi: – Sen iflosni bilaman men, Tumshug'ingni suvga tiqib, Toza suvni bulg'atasan! Suv yuziga qolar chiqib Ostidagi hamma loylar. Toza bir suv icholmayman, Bu ariqdan yillar, oylar. Bu ishingga chidolmayman, Tutib olib, bir yamlayman Bu masaldagi parchani ifodali o'qiganda ko'z o'ngimizga ochko'z bo'rining dahshatli hamlasi keladi. Qo'zichoq hech qanday aybi yo'qligini qayta-qayta aytsa ham, foydasi bo'lmaydi, chunki u yuvosh va kuchsiz edi. Shuning uchun ham quyidagi parcha ifodali o'qilganda ovozda qo'zichoqqa xos mayinlik, sustlik, yalinish va iltijo ohangi saqlanadi: ... Ey hurmatli, Arzimni bir tinglasalar, Mening hech bir gunohim yo'q, Menga g'azab qilmasalar. Yuz qadamcha pastdaman man Janobingiz ichgan joydan. Mening hech bir xabarim yo'q Suv betiga chiqqan loydan. I.A.Krilov masalni yakunlashda ham o'z fikrini ezuvchi sinf vakili hisoblangan bo'ri tilidan aytadi: – ... Surishtirib o'tirmoqqa vaqtim bormi, Qorin ochsa, ovqat bo'lsa – tanlanarmi? Aybing shuki, uchrab qolding qornim ochganda! Shunday qilib qo'zichoqni Bo`ri yedi o'rmonda. Bu parchadagi oxirgi misra muallif so'zi bo'lganligi uchun ham vazmin, hukm tarzida o'qiladi. Umuman, masalni o'qigan vaqtga bo'rining yirtqichlik hususiyatlari, qo'zichoqning esa beozorligi hamda shoirning qo'zichoqqa bo'lgan hayrixohligi sezilib turishi kerak. Masalni o`qish jarayonida ovoz tovlanishlari alohida o`rin tutadi. O`qituvchi o`zi bir necha obraz so`zini turli ovozlar yordamida rollarga bo`lib o`qib berishi mumkin, o`quvchilari yordamida o`qittirishi mumkin. Ikkala holda ham qahramon tabiatiga qarab ovoz tanlanadi. Mashq: Quyidagi nasriy masalni o'qing. She'riy masal bilan nasriy masallarning ifodali o'qilishida qanday farq borligini tushuntiring. Download 72.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling