Ma’ruza 3 mavzu: Nasriy asarlarni ifodali o`qish. Dramatika va liro-epik asarlarni ifodali o`qish r eja : 1


Download 72.18 Kb.
bet3/5
Sana24.12.2022
Hajmi72.18 Kb.
#1062481
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-ma`ruza

Shaftoli
Yoshlikdan tarvaqaylabroq o'sgan Shaftoli sal voyaga yetgandan keyin o'zini ko'tara olmaydigan bo'lib qoldi. Unga tirgovuch qoyishga to'g'ri keldi. Shaftoli yana taltayib ketib, tirgovuchning ustiga o'zini tashladi-oldi. Bir kun tirgovuch "qirs" etib sindi-yu, shaftoli o'zini yerda ko'rdi.
Ikki daryo
Nega sen sekin oqasan-u, lekin, kenja ukang Jilg'a esa shovullagani-shovullagan? – deb so'rashibdi daryodan.
– Hali u sayoz-da, – deb javob qilibdi Daryo.
Baqaterak
Sayxonlikda o'sgan Baqaterakni shamol ag'darib ketdi.
– Taravaqaylab shox yozgandan ko'ra, chuqurroq ildiz otsang bolmaydimi, – deyishdi inga.
Mohiyat
– Qiziq, ikkalamiz ham bir xilmiz-u, lekin nega seni aziz qilishadi-a? – dedi Shisha billurga.
– Gap ko'rinishda emas-da, – dedi Billur.
Nasriy asarlarni ifodali o'qish katta mahorat talab qiladi, dedik. Chunki, adabiy asarning badiiy xususiyatlari, unda oldinga surilgan fikrlar, yozuvchi dunyoqarashi kabi muhim masalalarni aniqlashda ifodali o'qish katta ahamiyatga ega.
Nasriy asarlarni ifodali o'qishni hammaga yaqin va tanish boshlangich sinf o'quvchilari uchun tushunishi va o'zlashtirishi oson bo'lgan xalq og'zaki ijodiga mansub ertakdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Sher'iy masal bilan nasriy masallarning ifodali o'qilishi orasidagi farqni amaliy mashg'ulotlar davrida o'rganib borish o'quvchining fikrlash doirasining kengayib borishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Hikoyalarni ifodali o`qish. Hikoya epik turning kichik janri bo'lib, kishi hayotidagi ma'lum voqeani tasvirlaydi, ammo shu voqeaga qadar bo'lgan va undan keyin ro'y beradigan voqealarni batafsil bayon etmaydi. Shunisi xarakterliki, hikoyada qahramon hayotidan kichik bir epizod olinib, unda hayotning muhim, tipik ko'rinishi ixcham shaklda tasvirlanadi.
O`quvchi hikoyani ifodali o'qishda bu janrning ana shu jihatlarini e'tiborga olishi, matndagi muallif nutqi, tabiat tasviri, diologlar hamda qahramonlaming ichki kechinmalarini puxta o'rganishi lozim.

Download 72.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling