Rostlash xarakteristikasi. Bu xarakteristika, Ua=UN=const va n=nN=const bo‘lgandagi Iqo¢z=f(Ia) bog‘liqlikni ifodalaydi. Bu xarakteristika aralash qo‘zg‘atishli generatorning tashqi xarakteristikasi ko‘rinishiga bog‘liq bo‘ladi. Generatorning ketma-ket qo‘zg‘atishli chulg‘amining o‘ramlar sonini ko‘proq qilib, ya’ni yuklama toki o‘sishi bilan yakor zanjirining chiqish klemmalaridagi kuchlanishi oshadigan qilib tayyorlansa, unda bu generatorning rostlash xarakteristikasi 9-rasmdagi 3-egri chiziq ko‘rinishida bo‘ladi. Bu xarakteristikalar, yuklama toki o‘zgarishi bilan, generatorning kuchlanishi
9-rasm. Qo’zg’atish cho’lg’amlari har xil sxemalariga xos bo’lgan aralash qo’zg’atishli generatorlarning rastlash xarakteristikalari (1, 2, 3, 4−belgilashlar 6- rasmdagilar bilan bir xil).
U = UN=const bo‘lishi uchun, parallel qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tokni qanday o‘zgartirish kerakligini ko‘rsatadi.
Qo‘zg‘atish chulg‘amlari to‘g‘ri yoki teskari ulanganligini yuklanish usuli bilan tekshirish mumkin. Buning uchun salt ishlashda yakorning aylanish chastotasi n = nN bo‘lganda generatorni nominal kuchlanishga qadar qo‘zg‘atiladi va, so‘ngra, uning yuklama tokini oshira boshlaymiz. Agar bunda generator kuchlanishi ozroq ortsa, bu ikki qo‘zg‘atish chulg‘amlari to‘g‘ri ulangan bo‘lib, agarda bu chulg‘amlar teskari ulanganda kuchlanishning kamayishi sezilarli bo‘ladi.
Shuni eslatib o‘tish lozimki, faqat parallel qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tokning yo‘nalishini o‘zgartirib, qo‘zg‘atish chulg‘amlarning o‘zaro ulanishlarini o‘zgartirib bo‘lmaydi, bunga sabab, parallel qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tok yo‘nalishining o‘zgarishi yakor chulg‘amidagi EYK ning yo‘nalishini o‘zgartiradi, bu esa, o‘z navbatida, yakor tokining va ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tokning ham yo‘nalishini o‘zgartiradi.
Nazorat savollari
1.O’zgаrmаs tоk gеnеrаtоri to’g’risidа so’zlab bering. 2.O’zgаrmаs tоk gеnеrаtоrlаrini qo’zg’аtishning qanday usullаri mavjud. 3. O’zgаrmаs tоk gеnеrаtоrlаrining аsоsiy хаrаktеristikаlаrini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |