Ma’ruza №3. Qurilish mashinalari to‘G‘risida asosiy ma’lumotlar
Qurilish mashinalarining umumiy tuzilishi
Download 35.04 Kb.
|
Maъруза №3 (2)
3.3. Qurilish mashinalarining umumiy tuzilishiHar qaysi qurilish mashinasi bajaradigan vazifasiga ko‘ra, mashinada guruh elementlar (detallar) yig‘ilgan bo‘lib, ular mashinalarning umumiy tuzilish sxemasi va quvvat manbalari, uzatish mexanizmlari, ish uskunalari, yurish qismi va boshqarish mexanizmlaridan iborat butun bir tizimni tashkil etadi (2.2 va 2.3 rasmlar). 2.2- rasm. Ayrili yuklagichning umumiy ko‘rinishi: 1—rama; 2 — ayrili qamragich; 3 — yuk karetkasi; 4— yuk ko‘tapgich ramasi; 5— gidrotaksimlagich ; 6—yuk ko‘targichni kiyalatish gidrotsiliidrlari; 7— gidrotaqksimlagich pishangi; 8— rul g‘ildiragi; 9— orkaga yurish qutisining pishangi; 10 — uzatmalar qutisining pishangi; 11— moy baki; 12 — dvigatel; 13 — radiator; 1 4 — suv nasosi; 15 — tasmali uzatma; 16 — moy nasosi ; 17 — ketingi boshqariladigan kоʻprik; 18 — ilashish muftasi; 19 —rul boshqarmasining gidrokuchaytirgichi; 20— uzatmalar qutisi; 21 —kardan vallar; 22— rul boshqarmasining rnchaglar sistemasi; 23— ketinga yurish qutisi; 24 — oldingi yurituvchi koʻprik. Tashqi energiya manbalaridan harakatga keltiriladigan mashinalarda o‘zining kuch jihozi bo‘lmaydi. Muqim mashinalarda yurish jihozi bo‘lmaydi. Ko‘pgina mashinalarda ish jihozi almashtiriladigan bo‘ladi va shu tufayli mashina universal bo‘lib qoladi, bu esa undan turli texnologik jarayonlarni bajarishda foydalanish imkonini beradi. Ish jihozi ish a’zosi (cho‘mich, ag‘dargich, maydalash jag‘lari va boshqalar), ish a’zosi mahkamlanadigan uzel va detallar (ekskavatorning strelasi va dastalari, buldozer ag‘dargichining ramasi), ish organi harakatga keltiriladigan yig‘ish birliklari (uzellari) dan (ekskavator strelasi va cho‘michini ko‘tarish chig‘iri, buldozer ag‘dargichini ko‘taradigan va tushiradigan gidravlik qurilmalardan) iborat bo‘ladi. 2.3- rasm. Strelali o‘zi yurar qurilish avtokrani: 1 — yuritish qurilmasi (baza avtomobil shassisi); 2 —quvvat olish qutisi; 3— chiqarma tayanchlar; 4 — yurish ramasi ; 5 — oraliq reduktor; 6 — stabilizator; 7 tayanch burilish qurilmasi; 8— burish ramasi ; 9 —pasangi; 10 —ikki oyokli stoyka; 11 va 12— strela hamda yuk kanatlari; 12 va 25— ikki seksiyali stoyka hamda strela kallaklarining bloklari; 13 — strela chig‘irig‘i; 14 — reversiv -taksimlash mexanizmi; 15 — kabina; 16 va 26strela hamda yuk polispastlari; 17 — burish mexanizmi; 18—traversa: 19 — kanatli saqlash qurilmasi; 20 — yuk ko‘taruvchanligi va cheklagich; 21 asosiy chiqarilmaydigan strela; 23— tortki; 24— xavfli elektr toki kuchlanishi signalizatori; 27 —ilgak osmasi; 28— tayanch stoyka. Mashinaning ish jihozi uning ish operatsiyalarini bajarishda foydalaniladigan qismidir. Ish a’zosining asosiy parametrlari bajariladigan ishning turiga va mashinaning asosiy parametriga bogliq. Qurilish mashinalarining ba’zilarida ish organlari mashinaning asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Masalan: bir cho‘michli ekskavator cho‘michining hajmi uning asosiy parametri hisoblanadi. Ish a’zosining qabul qilingan parametrlariga mehnat unumdorligi jarayonning energiya sig‘imi, uning ish elementlarining yeyilishi, turli sharoitlarda ishlash imkoniyati bog‘liq bo‘ladi. Kuch qurilmalari (quvvat manbalari) mashinaning mexanizmlarini harakatga keltiradigan qismidir. Kuch qurilmalari dvigateldan va yordamchi sistemalardan: sovitish sistemasi (suv nasosi, radiator, truboprovodlar), yonilg‘i bilan ta’minlash sistemasi (yonilg‘i baki, suzgichlar, trubaprovodlar), boshqarish sistemasi, moylash sistemasidan iborat agregatni tashkil etadi. Motor o‘rnatilgan rama xam kuch qurilmasining yig‘ish birligiga kiradi. Uzatish mexanizmlari (transmissiya) harakatni dvigateldan ish jihozi, yurish qismi va mashinaning boshqa yig‘ish birliklariga uzatadi. U zarur uzatishlar nisbatini, turli uzatishlar nisbatiga moslashni yoki harakatni pog‘onasiz rostlashni hamda reversivlashni ta’minlashi kerak. Qurilish mashinasining yurish qismi uni harakatlantirish, ramani ushlab turish vazifasini bajaradi va hosil bo‘ladigan bosimni o‘tkazib yuborish uchun xizmat qiladi. Yurish qismi ish jarayonida hosil bo‘ladigan statik va dinamik yuklarga chidamli bo‘lishi hamda yuqori o‘tuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. Olib yuruvchi tuzilma (rama) mashinaning eng zo‘riqib ishlaydigan qismidir. U mashinaning barcha qismlarini o‘rnatish va ularni o‘zaro to‘g‘ri joylashtirish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun rama juda mustahkam va bikir bo‘lishi kerak. Qurilish mashinasida boshqarish sistemasi mashinaning kuch manbaini, ish jihozlarini va barcha yig‘ish uzellarini boshqarish va rostlash uchun xizmat qiladi. Mashinaning ish unumdorligi va ishlash davomiyligi shu sistemaning yaxshi va sifatli ishlashiga bevosita bogliq. Download 35.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling