21. Tasmali uzatmalar? Tasmali uzatma
Download 25.9 Kb.
|
21mexanika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22. Payvand birkmalarning turlari.
- 23.Uzatmalar. Tasmali uzatma Uzatma
- Tasmali uzatma
- 24. Payvand chok turlari
- 25.Shponkali birikmalar
21.Tasmali uzatmalar? Tasmali uzatma - mashina mexanizmlarida aylanma harakatni bir valdan ikkinchi valga tasma yordamida uzatuvchi mexanizm. Vallarga oʻrnatilgan shkivlar va tasmalardan iborat. Tasma bilan shkiv orasida hosil boʻluvchi ishqalanish kuchi hisobiga tasma yetakchi shkivdan yetaklanuvchi shkivga burovchi moment uzatadi. Tasmalarning tipiga qarab, Tasmali uzatma yassi, ponasimon, doiraviy kesimli va boshqa tasmali xillarga boʻlinadi. Yassi va doiraviy Tasmali uzatmada bitta, ponasimon Tasmali uzatmada esa bir necha (odatda, kamida 6—8 ta) tasma ishlatiladi. Tasmali uzatma oddiyligi, tannarxining pastligi, harakatni ancha uzok. (15 m va undan ortiq) masofaga uzata olishi, shovqinsiz ishlashi, mexanizmlarni ortiqcha zoʻriqishdan saklashi va boshqa xususiyatlari bilan boshqa uzatmalardan farq qiladi; tasmalarning tez yeyilishi, uzilishi, oʻlchami kattaligi, val va shkivlarga katta kuch tushishi, uzatish nisbatining doimiy emasligi va boshqa uning kamchiligidir. Tasmali uzatma, 30 kVt dan bir necha yuz kVt gacha quvvat uzatishda qoʻllaniladi. Tasmali uzatma avtomobillar, stanoklar, tikuv mashinalari va boshqalarda ishlatiladi. 22.Payvand birkmalarning turlari. Payvand birikma - bu detallarning payvandlash natijasida hosil qilingan ajralmas birikmasidir. Payvand birikmalar turlariga uchma-uch, burchakli, tavrsimon va ustma-ust birikmalar kiradi. Uchma-uch birikma deb bir tekislikda yoki bir sirtda joylashgan detallarning birikmasiga aytiladi. Uchma-uch birikma payvand chokining shaklini chok eni e ning eritish chuqurligi h ga nisbati bilan baholanadi, uni chok shakli koeffitsienti y = e/h deb ataladi. Bir-biriga nisbatan burchak ostida joylashgan va ulaming qirralari tegishib turgan joyda payvandlangan ikki detaining birikmasi burchakli birikma deb ataladi. Bir detaining sirti boshqa detaining sirtiga burchak ostida tegib turadigan, uning yon yuzasi tutashtiriladigan sirtga quyilib, unga payvandlangan birikma lavrsimon birikma deyiladi. Ustma-ust birikma deb, payvandlanadigan detallarning qirralari parallel holda biri ikkinchisining ustida joylashgan birikmaga aytiladi 23.Uzatmalar. Tasmali uzatma? Uzatma (mashinalarda) — aylanma harakatni uzluksiz uzatish uchun moʻljallangan mexanizm. Turli mashinalarning yuritmalarida U. yordamida tezlik oshiriladi yoki pasaytiriladi; tezlik pogʻonali yoki pogʻonasiz tarzda rostlab turiladi; bitta dvigateldan bir necha mexanizm harakatga keltiriladi va h.k. Asosiy koʻrsatkichlari: uzatish momenti, burchak tezligi, uzatish soni, uzatish nisbati, foydali ish koeffitsiyenta (f.i.k.). U.ning mexanik, gidravlik va elektr turlari bor. Mexanik U. detallarning ilashish (yoki tishlashish) xossasiga (mas, tishli U., zanjirli U., chervyakli U.) hamda ishqalanish xossasiga (mas, tasmali U., friksion U.) asoslangan. Bunday U.lar stanoklar, avtomobillar, traktorlarning tezliklar qutilari va variatorlarida qoʻllanadi. Gidravlik va elektr U.lar katta quvvatlarni uzatishga imkon beradi. Ular mashinasozlikning turli sohalarida, ayniqsa, ogʻir transport mashinalarining yuritmalarida qoʻllanadi. Tasmali uzatma - mashina mexanizmlarida aylanma harakatni bir valdan ikkinchi valga tasma yordamida uzatuvchi mexanizm. Vallarga oʻrnatilgan shkivlar va tasmalardan iborat. Tasma bilan shkiv orasida hosil boʻluvchi ishqalanish kuchi hisobiga tasma yetakchi shkivdan yetaklanuvchi shkivga burovchi moment uzatadi. Tasmalarning tipiga qarab, Tasmali uzatma yassi, ponasimon, doiraviy kesimli va boshqa tasmali xillarga boʻlinadi (rasmga k,.). Yassi va doiraviy Tasmali uzatmada bitta, ponasimon Tasmali uzatmada esa bir necha (odatda, kamida 6—8 ta) tasma ishlatiladi. Tasmali uzatma oddiyligi, tannarxining pastligi, harakatni ancha uzok. (15 m va undan ortiq) masofaga uzata olishi, shovqinsiz ishlashi, mexanizmlarni ortiqcha zoʻriqishdan saklashi va boshqa xususiyatlari bilan boshqa uzatmalardan farq qiladi; tasmalarning tez yeyilishi, uzilishi, oʻlchami kattaligi, val va shkivlarga katta kuch tushishi, uzatish nisbatining doimiy emasligi va boshqa uning kamchiligidir. Tasmali uzatma, 30 kVt dan bir necha yuz kVt gacha quvvat uzatishda qoʻllaniladi. Tasmali uzatma avtomobillar, stanoklar, tikuv mashinalari va boshqalarda ishlatiladi. 24. Payvand chok turlari? Detallarning birikish joyida elektr yoyi yoki gaz alangasida suyuqlanib qotgan metall payvand chok hosil qiladi. Payvand choklar uzunligiga qarab uzluksiz va nuqtali, tashqi shakliga qarab esa qavariq, tekis va botiq bo’ladi. Payvand choklar quyidagi ko’rsatkichlarga ko’ra turlarga ajratiladi: 1.Fazodagi holatiga qarab: pastki, vertikal, gorizontal va ship choklar 2.Bostirilish xarakteriga qarab: uzluksiz (sidirg’a) va uzlukli choklarga bo’linadi. 3.Ta’sir etuvchi zo’riqish kuchlar yo’nalishiga qarab: yonlama (flang), ro’para (tores), aralash va qiya choklar 25.Shponkali birikmalar? Shponkali birikmalar. Bu birikmalar val, shponka hamda g’ildirakni (shkiv, tishli g’ildirak, yulduzcha va boshqalar) gubchagidan iborat bo’lib, shponka burovchi momentini uzatish uchun ishlatiladi. Shponkali birikmaning afzalligi bu uning tuzilishi oddiy bo’lib, ularni yig’ish va qismlarga ajratish nisbatan yengil va arzonligidadir. Kamchiliklari: shponka uchun mo’ljallangan o’yiq bo’lishi, bu esa shu kesimning mustahkamligini kamaytiradi. O’yiqlarda kuchlanishlarni to’planishi birikmaning mustahkamligini val hamda g’ildirakning mustahkamligidan kichikligi. Shuning uchun shponkali birikmalar dinamik yuklanish bilan ishlaydigan va katta tezlik bilan xarkatlanuvchi vallarda ishlatish tavsiya etilmaydi. Kamchiliklardan yana biri bu xar bir shponka o’tkaziladigan joyiga moslab o’rnatilishi kerak, shuning uchun katta seriya bilan tayyorlanadigan uzellarda xam tavsiya etilmaydi.Shponkali birikmalar zo’riqqan va zo’riqmagan bo’lishi mumkin Zo’riqmagan birikmalarda prizmatik, segmantli shponkalar, zo’riqqan birikmalarda silindrsimon, ponasimon shponkalar ishlatiladi. Download 25.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling