Ma’ruza №3 Sifat tizimi rivojlanish tarixi
YAroqsizlikni ajratib olish fazasi
Download 62.56 Kb.
|
Маъруза 3 L
YAroqsizlikni ajratib olish fazasi. Ushbuga oid davrda hunarmandlar va ustalar o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida uni tayyorlash uchun tarkibiy bo‘laklar va buyumlarni bir-biriga moslashtirib emas, balki tasodifiy, duch kelganini qo‘llashni joriy etganlar. YA’ni, buni o‘zaroalmashuvchanlik tarzida ko‘rish mumkin. Bunda turli kalibrlar, o‘lchovlardan foydalanilgan. Mos kelmaganlari yaroqsiz (brak) sifatida chiqarib tashlangan.
Mazkur usulda keng miqyosda mahsulot ishlab chiqarish XIX asrning 70 yillariga to‘g‘ri keladi. Uning ilk namoyondalari Semyuel Kolt zavodi hisoblanadi. Keyinchalik XX asrning boshlarida Genri Martin Leland (“Kadillak” firmasi asoschisi) va Genri Ford bu usulga o‘tishni joriy etganlar. G.Leland avtomobilsozlikda birinchilardan bo‘lib “o‘tuvchi” va “o‘tmaydigan” kalibrlarni qo‘llay boshlagan. 1908 yil Britaniya avtomotoklubi ekspertlari tasodifiy ravishda Angliyaga yuborilgan “Kadillak” avtomobillarining partiyasidan 3 tasini ajratib olib, ularni oxirgi murvatigacha yoyib tashlaganlar. Barcha detallarni bir joyga to‘plab, ularning ba’zilarini sotuvga yuborilgan ehtiyot qismlari bilan almashtirib, avtomobillarni yana qaytadan yig‘ganlar. Ikkita avtomobil birinchi urinishdayoq ishga tushgan, bittasi esa ikkinchi urinishda ishga tushgan. Avtomobillar sifati bir xil darajada ekanligi isbotlangandan so‘ng, avtoklub “Kadillak” firmasini maxsus diplom va “Standartlashtirilganligi uchun” yozuvli kumush kubok bilan taqdirlagan. SHundan keyin “Kadillak” avtomobillarida firmaning gerbi tushirilgan belgida “Standart of the world” (“Jahon uchun namuna”) yozuvi paydo bo‘lgan. Ko‘pgina mamlakatlarda shiddatli iqtisodiy rivojlanish bilan bir qatorda mahsulot sifati muammolariga nisbatan munosabatlar jiddiy ijobiy tomonga o‘zgartirila boshlanib, tabiiy fanlar bilan bir qatorda sifatni boshqarishga ham ilmiy yondoshila boshlandi. 1905 yilda birinchi sifatni boshqarish tizimi - Teylor tizimi paydo bo‘ldi. U buyum (detal)lar sifatiga dopusklar ko‘rinishida talablarni o‘rnatib, alohida olingan har bir buyumning sifatini boshqarish tizimini yaratdi. Teylor tizimining amaldagi muvaffakiyatini ta’minlash borasida sifat sohasida ilk mutaxassislar - inspektorlar faoliyat olib bora boshladilar. Download 62.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling