Ma’ruza №3: Tabiiy sharoitlar. Injenerlik qidiruv ishlari. Reja
Download 247.86 Kb.
|
3-ma\'ruza taqdimot (2)
Ma’ruza №3: Tabiiy sharoitlar. Injenerlik qidiruv ishlari.Reja:Umumiy ma’lumotlar Muhandislik tadqiqotlari Umumiy ma’lumotlar SHahar hududini muhandislik tayyorlash zamonaviy shaharsozlik jarayonining muhim elementlaridan hisoblanadi. Amaliyotda shaharlarni qurish va hududni tayyorlash – shahar hududlarini rejalashtirish, obodonlashtirish va muhandislik tayyorlash sohasida yuqori malaka va bilimga ega bo‘lgan mutaxassislarni jalb etish bilan bir qancha muhandislik masalalarini echish orqali amalga oshiriladi. Insonning xayot faoliyati shaharlar va undagi turar-joylar shakllanishi bilan chambarchas bog‘liq. SHu sababdan shahar va turar-joy maskanlarini avvalambor qulay va obod qilib loyihalanishi va to‘g‘ri bunyod etilishi talab qilinadi. Hududni muhandislik tayyorlash kursini o‘rganishda joyning tabiiy shart-sharoitlarini bilish shahar uchun tanlangan zaminning shahar qurilishi nuqtai-nazaridan baholash imkonini beradi. Odatda shahar qurilishining majmuaviy echimi hududda muhandislik tayyorgarlik ishlari qay darajada amalga oshirilganligiga bog‘liq. Joylarda bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish uchun rejalashtirish jarayonida shahar hududidagi turar joy va tarixiy yodgorlik inshootlari, ko‘kalamzorlar, qadimiy daraxtzorlar va uning atrofidagi qadr-qimmatga ega bo‘lgan hududlarni uzviy bog‘lash bilan (bosh reja va tik qirqimda) fuqaro muhofazasi yechimini to‘g‘ri bajarilishini ta’minlash, shahar hududidagi muhandislik tayyorgarligining asosiy maqsadi bo‘lib xisoblanadi. Ushbu maqsadni amalga oshirishda, quyidagi vazifalar o‘z echimini topishi lozim bo‘ladi: a) joyni qurilishga moslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash (er osti suvlari sathini pasaytirish, hududni suv bosishdan, ko‘chki va jarliklar paydo bo‘lishidan saqlash, ko‘kalamzorlarni sug‘orishni yo‘lga qo‘yish, sel, zilzila, qum bosish kabi hodisalarga tayyor turish, ularni oldini olish); b) hududlardagi qurilish talablariga javob bermaydigan omillarni yo‘qotish, ya’ni, qor-yomg‘ir suvlarini tabiiy oqib ketishini ta’minlash; Download 247.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling