Vedalar -
samxitlar – to’rt xilda mavjuddirlar.
Rigvada
(xudolarga madhiya), Samaveda (kuylar, ashulalar, hamdu sano),
Yadjurveda (qurbonlik qilish paytida aytiladigan ifodalar va
hikmatli so’zlar) va Atxarveda (afsunlar).
Vedalar adabiyotining ikkinchi qatlam Braxmanlar bo’lib, ularda
dunyoning kelib chiqishi va paydo bo’lishi, birinchi javhar
sifatidagi suv haqidagi qoidalar to’g’risidagi fikrilar va boshqalar
uchraydi.
Vedalar adabiyotining uchinchi qatlami Aranyaklar, yoki
«O’rmonlar kitobi» bo’lib, o’rmonlarda yashovchi tarki dunyo
qilgan kishilar uchun mo’ljallangan. Uy sohibi holatidan tarki
dunyochilikka o’tish «faoliyat yo’li»dan «bilimlar yo’li»ga
o’tish sifatida qabul qilindi.
To’rtinchi qatlam –
Upanishadlar vedalar adabiyotini yakunlaydi.
Upanishadlarning eng muhim qismi hayot charxi (sansara)
haqidagi qoida va qilmishiga yarasha mukofot qonuni (karma)dir.
Inson hayoti cheksiz qayta tug’ilish zanjirida muayyan shakl
sifatida qabul qilinadi.
Xitoy falsafasining manbalari - Bilim darajasining mumtoz
kitoblarida yoritilgan. Ashulalar kitobi (er. oldingi XI-VI asrlar)
xalq
she’riyatining
to’plamidir;
Tarix
kitobi
(er.ol.
1-
mingyillikning boshlari) – rasmiy hujjatlar to’plami bo’lib, tarixiy
voqealar bayonidir; Tartib kitobi (er.ol. IV-I asrlar) siyosiy va
diniy rasm-rusumlarni, ijtimoiy va siyosiy faoliyat me’yorlarini
tasvirlaydi. Bahor va kuz kitobi (er.ol. VII-IV asrlar) axloqiy va
rasmiy - adabiy masalalarni hal etish uchun namuna sifatida
xizmat qildi.