Ma‘ruza: 34 soat
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
2-мавзу Фалсафа 6f30d1ca844ddab1bcefc74dfa6c5f42
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma‘ruza: 34 soat Seminar: 34 soat REJA: Qadimgi
Falsafa haqiqatni izlaydi, u tabiiy-ravishda barcha tan olgan payqash, ko’rish mumkin bo’lgan zohiriy haqiqatlar bilan chegaralanib qololmaydi. Ma‘ruza: 34 soat Seminar: 34 soat REJA: Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo’lishi. Qadimgi Hindiston va Xitoydagi falsafiy maktablar. Ilk o’rta asr Sharq falsafasi va uyg’onish davri. X1Xasr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg’or falsafiy, ijtimoiy–siyosiy fikrlar. XX-XX1 asr o’zbek falsafasi. Eramizdan oldingi IV mingyil likning oxiri III-mingyillikning boshida qadimgi Bobil va qa- dimgi Misr madaniyati o’z ta- raqqiyotining yuqori nuqtasiga erishadi. Qadimgi bobilliklar va misrliklarda ilm-fan bilan kohinlar shug’ullanar edilar. Shunday
asarlar paydo
bo’la boshlaydiki, ularda afsonalarni falsafiy talqin qilishga
urinishlar ko’zga
tashlanadi («Arfa
chaluvchining qo’shig’i», «Dunyodan xafsalasi pir bo’lgan kishining o’z ruhi bilan suhbati», «Hayot ma’nosi haqida xoja va qulning
savol-javoblari» va boshqalar). Garchi Qadimgi Misr va Bobilda falsafiy
tafakkur Qadimgi
Yunoniston saviyasiga erishmagan bo’lsa ham, ularning yutuqlari Ellada madaniyatiga oz ta’sir ko’rsatgani yo’q. Masalan,
Yunonlarga Misrda
umumiy turarjoylar tashkil etishga ruhsat etilgan edi. Ular ilm-fan va falsafada misrliklarni juda ham
orqada qoldirib ketgan vaqtlarida ham,
Misrga donishmandlik manbasi sifatida qarab, unga bo’lgan o’z hurmatlarini saqlab qoldilar. Eramizdan oldingi I ming yillikda Markaziy Osiyo hududida saklar va massaget qabilalari yashar edilar. Xalq og’zaki ijodining ilk yodgorliklari sak va massagetlarning qahramonlik haqidagi qissalari bo’lib, ular asosida Markaziy Osiyo xalqlarining vatanparvarlik kurashlari yotar edi. Ushbu doston qahramonlarining bosh xususiyatlari –vatanparvarlik, jasorat va sadoqat edi. Bu dostonlarning qahramonlari – malika Zarina - jangovar kurashchi va shaharlar bunyodkori; malika Sparetra qo’shin to’plab, jangda fors davlatining asoschisi Kir ustidan g’alaba qozonib, o’z erini asirlikdan ozod qilgan; malika To’maris – u bilan bo’lgan jangda Kir qo’shinlari mag’lub bo’lib, uning o’zi halok bo’lgan; Doro qo’shinlarini hiyla bilan sahroga olib borgan cho’pon Shiroq o’ldiriladi, ammo o’z hayoti evaziga uning xalqi o’z ozodligini saqlab qoladi. «Avesto» kitobiga binoan, Koinot, yer, okean, osmon, nurli doira va jannatdan iborat. Yer dumaloq bo’lib, atrofi okean bilan o’ralgan va obu-havo, yil fasllari bilan bog’liq bo’lgan yetti qismdan iboratki, bu bobilliklarning yetti shamollar haqidagi qadimgi tasavvurlaridan iqtibos qilingan. Osmon to’rt doiradan tashkil topgan: yulduzlar doirasi, oy doirasi, quyosh doirasi va jannat doirasi yoki nur makoni. Yulduzlar, Oy va Quyosh xudo Axura Mazdaning badani sifatida tasvirlanadi. Ular hurmatga sazovor edilar. Avesto bo’yicha birinchi odam Yimadir barcha odamlar undan kelib chiqqan. Bu davr oltin asr sifatida tasvirlanadi. Ikkinchi davr bo’lgan- yaxshilik bilan yomonlik o’rtasidagi kurash davri boshlanadi.Uchinchi davr, ya’ni insoniyat kelajagi Avestoda qadimgi davr kishilarining baxt-saodat haqidagi orzulari sifatida tasvirlanadiki, unda yaxshilik bilan yomonlik o’rtasidagi kurashda xudo Axuramazda g’alaba qiladi va o’shanda yaxshilik saltanati barqaror bo’ladi. O’liklarning tirilishi va mashhar kuni haqidagi tasavvurlar ham mavjud. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling