Ma‘ruza: 34 soat
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
2-мавзу Фалсафа 6f30d1ca844ddab1bcefc74dfa6c5f42
Ismoiliylar tariqati VIII asrning o’rtalarida shialik ichidagi ixtilof
natijasida paydo bo’ldi. Murosasiz shialar xalifalarga qarshi kurashni davom ettirish maqsadida alohida tariqatga birlashdilar (tariqatning nomi otasi imom Jafar as-Sodiq tomonidan imomlik merosidan mahrum etilgan Ismoil (vaf. 762) ismidan olingan). Ismoiliylar, ta’qiblardan yashiringan Ismoilning o’g’li
Muhammadni imom sifatida tan oldilar. Shunday qilib, ismoiliylar orasida yashiringan imomga ishonish paydo bo’ldi. Yashiringan imomlar nomidan
ish ko’ruvchi targ’ibotchilar, yashirin
tashkilotlar paydo bo’ldi. O’z atroflariga mazlumlarni to’plagan ismoiliylar xalifalikning turli
mintaqalarida qo’zg’olonlar ko’tardilar. Ismoiliylikning bir shahobchasi asosila IX-X asrlardagi dehqonlar harakatida katta o’rin tutgan qarmatiylik tashkil topdi. Qarmatlar izdoshlarining asosiy qismi
dehqonlar va kambag’allardan iborat edi. Qarmatlar Bahraynda o’z davlatlarini tashkil qildilar. Unda o’ziga xos shaklda tenglik, demokratiya va o’zaro yordam mavjud edi. Ammo teng huquqlilikdan faqat qarmatlarning o’zlari foydalana olar edilar. Barcha asrga tushgan kishilar va qarmatlarga mansub bo’lmaganlar qullarga aylantirilar va barcha huquqlardan mahrum etilardilar. Qarmatlar islomning hyech
qanday rasm-rusumlarini bajarmas, sudxurlikka yo’l qo’ymas, muhtojlarga bepul yordam ko’rsatar va soliqlarni bekor qilgan edilar. Qarmatlar ta’limoti ilg’or mutafakkir va adiblar o’rtasida shuhrat qozongan edi. Rudakiy, Al-Maariy, Nosiir Xisrav, Ibn Sino va boshqalar qarmatlar g’oyasini qo’llab-qo’ltiqlagan edilar. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling