Ma‘ruza: 34 soat
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
2-мавзу Фалсафа 6f30d1ca844ddab1bcefc74dfa6c5f42
ishlar haqida yozuvlar») kitobida saqlangan. Bu afsonalar,
tarixiy rivoyatlar va haqiqiy voqealar to’plamidir. Qadimgi diniy aqidalar asosida oilaviy-urug’chilik va qabilaviy arvohlar va himoyachi - xudolar bo’lgan kamilarga sig’inish yotar edi. «Kami» so’zi aynan «tepada», «yuqorida» degan ma’noni anglatar
edi. Ruhlar
barcha mavjud
narsalarning ko’zga
ko’rinmas siymolari hisoblanar edilar. Qadimgi yapon afsonalari uchun xos bo’lgan xususiyat tabiatga sig’inish (naturizm) va uni jonlantirish (animizm) edi. Butun tabiat ruhlar bilan to’ladirdilar. Tog’lar, ko’llar, daraxtlar, gullar va boshqa shunga o’xshashlarga sajda qilinar edi. Tabiatga sajda qilishdagi markaziy o’rinni
11 Xitoy falsafasi o’zining gullab-yashnagan vaqtiga «urushuvchi davlatlar» deb atalgan davrda erishdiki, uni Xitoy falsafasining «oltin davri» (er.av. VI-III asrlar) deb atadilar. Asosiy falsafiy yo’nalishlar quyidlagilardan iborat edi: in-yan, konfusiychilik, daosizm, ismlar maktabi, moizm, legizm. Konfusiychilik axloqiy qoidalar va ijtimoiy boshqaruv masalalariga diqqat-e’tiborni qaratdi. Konfusiychilik uchun eng mukammal namuna o’tmish edi. Konfusiy (er.ol. 551-449 yy.) o’zi haqida shunday
degan edi:
«Eskini bayon qilaman va yangini yaratmayman». U va uning izdoshlari jamiyatning parchalanib ketishidan bezovta bo’lganliklari sababli asosiy e’tiborni insonni o’z atrofdagilarga va jamiyatga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashga qaratdilar. Shaxs o’zi uchun emas, balki jamiyat uchun shaxsdir. Konfusiychilik axloqi insonni uning ijtimoiy vazifasi bilan bog’liq ravishda tushunadi, ta’lim va tarbiyani esa, insonni ana shu vazifasini bajarishga olib keladigan narsa sifatida idrok qiladi.
Konfusiychilikning asosiy
axloqiy-siyosiy qoidalari quyidagilardan iborat edi: 1. «xalqni shafqat bilan boshqarish va xalq ichiga xulq-atvor qoidalari yordamida tartibni joriy qilish»; 2. «osmon irodasidan qo’rqish» va «o’lganlar ruhini hurmat bilan yodga olish»; 3. «tug’ma bilimlarga ega bo’lganlar» (mukammal donishmandlar) va «o’qish-o’rganish natijasida bilimga
ega bo’lganlar» mavjudligini tan olish, ya’ni o’qish-o’rganish tufayli bilimlarni kasb etish imkoniyati borligi va ta’lim-tarbiyaning buyuk rolini qayd etish; 4. «Oltin o’rtamiyonalik yo’li», «ikki qarama-qarshi qirrani qo’lda ushlab, ammo xalq uchun o’rtachasidan foydalanish» qoidasini qo’llash, ya’ni qarama-qarshiliklarni yumshatish va murosasozlik nazariyasiga rioya etish.
Konfutsiy tomonidan birinchi marta «oltin qoida» deb nom olgan va keyinchalik ko’pchilik mutafakkirlar tomonidan qolipga solingan, - «o’zingga ravo ko’rmagan narsani, boshqa odamlarga ham ravo ko’rma» qoidasi shakllantirildi. Konfusiychilikning yana bir muhim jihati «ismlarni tuzatish» talabi ediki, unga binoan agar jamiyatda «hukmdor hukmdor bo’lmasa, xizmatkor xizmatkorlik qilmasa, o’g’il o’g’illigini qilmasa», ya’ni shunday vaziyat vujudga kelsaki, u «besh aloqa» talab etgan ta’limot tashqarisiga chiqsa, voqe’ilikni tuzatish, jumladan, kuch ishlatib bo’lsa ham tartibni joriy etish zaruriyatini tan olish lozim. Shundagina jamiyatdagi tabaqalar o’rtasidagi munosabatlarni qat’iy ravishda tiklash mumkin bo’ladi. Arab yarim oroli islomning kelib chiqishi arafasida urug’- qabilachilik munosabatlarining inqirozi bosqichida edi. VI - asrda arab qabilalari o’rtasida markazlashishga bo’lgan tamoyil kuchayib boradiki, u o’z ifodasini xaniflarning (voizlarning) qabila sanamlariga (shirk) qarshi qaratilgan yakkaxudolikni (tavhid) targ’ib qilishlarida topadi. Oxirgi xaniflardan biri Quraysh qabilasidan kelib chiqqan Muhammad (570-632) edi. Muhammad va uning sahobalarining faoliyati natijasida xanafiylik yangi diniy oqim islom sifatida shakllandi. Islom Arabistonda arablarning sinfiy jamiyatga o’tish va Arab davlatining tashkil topishi davrida paydo bo’ldi. Ilk islomning bosh yodgorligi bo’lgan Qur’onda mutlaq yakkaxudolik asosiy aqida bo’lib, arab qabilalarining yagona davlat hokimiyatiga birlashishini ifodalar edi. Qur’on (arabcha – o’qimoq) musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi bo’lib, ular uni eramizning VII asrida Muhammad payg’ambar tomonidan yetqazilgan ilohiy vahiy, deb tan oladilar. Bizgacha yetib kelgan ko’rinishda Qur’on 114 suraga (boblar) bo’lingan bo’lib, suralarning uzunidan qisqa tomonga borishi tartibida tuzilgan. Har bir sura sarlavhaga ega: masalan, «Baqara» («Sigir»), «Yunus», «Hadid» («Temir»), «Shams» («Quyosh»). Qur’on Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan keyin to’plashga boshlandi. Rivoyat qilishlaricha, uning birinchi rasmiy matni xalifa Usmon (644-656) davrida tahrirdan chiqqan. O’rta asrlarda muomalada bo’lgan Qur’onning boshqa nusxalari bizgacha yetib kelmagan.
Ma’lumki, Qur’on islom qonunchiligining asosidir. Hadislar esa, uning murakkab joylarini qisqacha tushuntirib, yangi qirralarini ochib, umumiy joylarini muayyanlashtirib, uni to’ldiradi. Hadislar – Muhammad
(s.a.v.) nasihatlari ham bo’lib, musulmonlarni hayotning barcha sohalariga yo’naltiradi. U kishi shunday degan: «Men sizlarga ikki narsani qoldirdim, agar sizlar uni mahkam ushlasangizlar, hech qachon adashmaysizlar, bu –Qur’on va mening sunnatimdir» Xavorijlar harakati – bu ijtimoiy quyi tabaqalarning feodal guruhlarining zo’ravonligiga qarshi kurashi bo’lib, oddiy arab- musulmon va mahalliy aholi manfaatlarini ifodalar edi. Xavorijlarning ta’limoti barcha musulmonlarning tengligini targ’ib qilar edi. Ular fikricha, kelib chiqishidan qat’iy nazar, hatto u qora tanli qul bo’lsa ham, agar u mo’min bo’lsa, har qanday odam xalifa bo’la oladi. Ular imom-xalifaga davlatpanoh yoki muqaddas ruhoniy shaxs sifatida emas, balki mo’minlarning vakolatli dohiysi va ular manfaatini himoya qiluvchi kishi sifatida qarar edilar. Xalifani saylash va bo’shatish, sud ishlari va o’limga hukm etish masalalari jamoaga tegishli bo’lishi kerak edi. Har qanday musulmon jamoasi o’z imom yoki xalifasini saylashi mumkin
edi. Shuning
uchun xavorijlarning ko’pchilik yo’lboshchilari o’zlarini imom yoki xalifa deb atar edilar. Ali va uning avlodlarining hokimiyatga bo’lgan huquqini qo’llab- quvvatlovchi uning tarafdorlari islom tarixiga shialar (shia-firqa) nomi bilan kirdilar. Shialar islom sunnasini tan olmay, uni yolg’on, Alining hokimiyatga bo’lgan huquqini inkor etuvchi deb bilib, o’zlarining sunnalari bo’lgan «Axbor» ni vujudga keltirdilar. Shunday qilib, aynan islom tarixining tong otaridayoq, unda ijtimoiy-siyosiy xususiyatga ega bo’lgan ixtilof paydo bo’ldi. Shu jihatdan ismoiliylar va qarmatiylik mafkurasi boshqalardan ko’ra o’ziga xosdir.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling