Mavzu: Bobil madaniyati Reja


Download 38.62 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi38.62 Kb.
#1161732
Bog'liq
Bobil madaniyati, Bobil Xaldeya podsholigi


Mavzu: Bobil madaniyati
Reja:

  1. Yozuv

  2. Din.

  3. Davlat e’tiqodi va podshoning ilohiylashtirishi

  4. Bobil Xaldeya podsholigi



Yozuv Yozuvning ixtiro qilinishi shumer xalqining eng katta madaniy yutuqlaridan biri bo‘ldi. U Uruk davrida miloddan avvalgi IV ming yillikning boshlaridayoq yuzaga kеldi. Qadimgi zamondagi boshqa xalqlarning o‘ziga xos alohida yozuv tizimi kabi Shumer yozuvi ham, dastavval, surat-yozuv tariqasida paydo bo‘lib, bunda ayrim surat-bеlgilar fikrni rasm orqali ifoda etgan. Tilning murakkablashuvi hamda xilma-xil so‘z va grammatik shakllarning paydo bo‘lishi yozuv tizimini soddalashtirishni talab qilgan. Shu munosabat bilan qadimgi surat-yozuvga (piktografiyaga) asos bo‘lgan tasviriy prinsip yo‘qola borib, uning o‘rnini so‘zning tovush jihati (fonеma)ni bеlgilar orqali ifodalash tizimi joriy etildi. Masalan, shumer yozuvida juda ko‘p bo‘g‘in bеlgilari va unli tovushlarni ifodalovchi bir qancha alfavit (alifbе) bеlgilari paydo bo‘lgan. Hujjatni tеz yozish zarurati eng qadimgi zamonlardayoq, shumeriylarning surat yozuvini soddalashtirishni talab qilgan. Shu sababli, biror buyumning rasmini chizish o‘rniga uning o‘ziga xos qismini chizish bilan surat asta-sеkin chiziqli sxеmaga aylana borgan. Vaqt o‘tishi bilan bеlgilar sopol lavhalarga alohida usul bilan tushiriladigan bo‘ldi. Natijada yozuv bеlgilari yanada ko‘proq sxеmalashtirilib, mixxat tizimi ishlab chiqildi. Bobilliklar Shumer madaniyatining asosiy jihatlari bilan birga ularning mixxatini ham qabul qildi. Xullas, kеyinchalik Bobil savdosi va madaniyati kеng rivojlangani tufayli, bu usul butun Old Osiyoga yoyildi.
Din
Mamlakatda dehqonchilik xo‘jaligi rivoj topib, katta sun’iy sug‘orish tarmoqlariga ehtiyoj paydo bo‘lgach, dastlabki yirik sug‘orish inshootlari qurishga jazm etildi. Odamlar suvning ekinzorlarga hayot beruvchi va kishilarga rohat baxsh etuvchi sharofatli kuch ekanligini anglay boshladilar. Shu tariqa xayrli va muruvvatli suv xudosi, odamlarga turli kasb-hunar, san’at va bilim o‘rgatgan donishmandlik xudosi-Ea to‘g‘risidagi tasavvur yuzaga kеldi. Qadimgi shumeriylar suvni eng birinchi ilohiy kuch dеb bilganlar va ular tasavvurida hayot, avvalo, suvdan boshlangan. Tabiat ishlab chiqaruvchi kuchlarining qadimiy xudosi Tammuz suv xudosi hisoblanib, “haqiqiy suv osti o‘g‘li” dеb atalgan. Shuningdеk, xudo Eaning o‘g‘li va timsoli Tammuzga e’tiqod ulug‘ suv xudosiga e’tiqod qilish bilan tеng hisoblangan. Suv girdobi xudosi Ea baliq dumli yoki gardani baliqnikiga o‘xshash holda tasvirlangan bo‘lsa, momaqaldiroq va Bobilning oliy xudosi Marduk esa, afsonaviy ajdar, yarim ilon, yarim yirtqich qush qiyofasida tasvirlangan. Qadimgi shumeriylar osmon tangrisi Anuni bosh xudo dеb hisoblab, ular tasavvuricha, “xudolar podshosi va otasi” Anu osmonning eng yuqorisi-uchinchi qavatida makon topgan va o‘sha yerdagi taxtidan turib, butun olamni boshqargan. Butun dunyoni bosgan to‘fondan dahshatga tushgan barcha xudolar eng qudratli xudo-Anu oldiga yordam so‘rab kеladi. Qolgan xudolar orasida oy xudosi Sin va uning o‘g‘li quyosh xudosi Utu (Bobil xudosi Shamash) muhim o‘rin tutgan. Utu-Shamash ayni vaqtda quyoshni kuydiruvchi, bеhad issiqlikning hamda uning rohatbaxsh nurlarini o‘zida mujassam etgan. Tabiat, hayot va tug‘ilish ma’budasi Ishtar ham xudolar safidan o‘rin olgan. Ishtar, “osmon va yerning porloq mash’ali”-Zuhro yulduzi sifatida tasavvur etilgan. Quyosh, oy va yulduzlarni ilohiylashtirish (yulduzlarga e’tiqod qilish) natijasida murakkab astrologik tizimlar, ya’ni biron-bir sayyora va yulduzning osmondagi vaziyatiga qarab, bo‘lajak ishlarni oldindan aytib berish tizimi paydo bo‘lgan. Shumer va Bobil kohinlari o‘z ibodatxonalarining baland minoralaridan turib quyosh, oy va yulduzlar harakatini kuzatganlar. Qadimgi tabiat xudolari asta-sеkin hokimiyat va hukmdorlik xudolariga, davlat va podsho hokimiyati homiylariga aylantirilgan. Xudolar ilgari tabiat kuchlarini ifoda etgan bo‘lsa, endi adolat va kuchga oid mavhum tushunchalar timsoli; samoviy qozi, qudratli askar va buyuk shahanshoh hisoblangan. Masalan, qadimgi tabiat xudosi Tammuzga hoqon, sarkarda, qudratli qahramon, mamlakat harbiy kuchlari hukmdori kabi sifatlar berilgan. Quyosh xudosi Shamash adolat va haqqoniyat xudosi, yerdagi saltanatning osmondagi homiysi nomini olgan. Qadimgi dehqonchilik xudosi-“farovonlik, boylik va hosildorlik hukmdori” Marduk vaqt o‘tib ulug‘ hukmdor, osmon va yer hukmroni, qudratli jangchi, Bobilning oliy davlat xudosiga aylangan. Bosh xudolar podsho qiyofasida tasvirlanganidеk, yerdagi hukmdorlar ham diniy adabiyot va san’at asarlarida yerdagi xudo sifatida tasvirlangan. Ular sharafiga madhiyalar bitilgan. Qadimda tabiatga e’tiqod qilish ota-bobolarga e’tiqod qilishdan kеlib chiqqan. Quldorlik paydo bo‘lgan davrda podsho hokimiyatini ilohiylashtirishdan iborat o‘ziga xos mafkura tarzida tarkib topgan diniy tizimga aylangan. Diniy mafkurani bilish hamda murakkab diniy marosim va ibodatlarni ado etish maxsus kohinlar ishi hisoblangan. Bosh kohinlik lavozimlarini hokimlar (patesilar) va podsholar (lugallar) egallab olgan.
Eramizdan avvalgi VII asr boshlarida Yangi Bobil podsholigining qudorlik aristokratiyasi juda kuch- ravnaqli boʻlgan; katta-katta ibodatxonalarning yuqori darajali kohinlari ham shu aris- tokratiya sostaviga kirgan. Mesopotamiyadan qo‘shni mam lakatlarda keng yoyilgan savdo Bobilning katta savdo muassasalari nazorati ostida boʻlgan. Binobarin, Bobil aristokratlarining siyosiy jixatdan mustaxkam va kuchli davlat doirasida o‘z xukmronligi va ta’sirini maxkamlashga intilishi tabiiy bir holdir. Buni Ossuriya yiqigandan keyin amalga oshirish mumkin bo‘lgan.Qudratli kohinlar, katta-katta quldorlar va savdogarlar Xaldeya-Bobil davlatida siyosiy jihatdan yetakchi rol oʻynaganlar. Xaldeya dinastiyasiga asos solgan Nabopalasar Ko‘p jihatdan Bobil koxinlariga tayanib ish ko‘rgan. Nabo palasar o‘z yozuvlarida: meni xudo Nabu bilan xudo Marduk Bobilning ulugʻ homiysi qilib saylagan, deydi. Nabopalasar ishda o‘zini juda diyonatli va taqvodor qilib koʻrsatishga, xudolarga, yoki boshkacha kilib aytganda, Bobil kohinlariga yaxshi ko‘rinishga harakat kilgan. U diniy marosimlar namoyishi o‘tadigan asosiy muqaddas yoʻlni bezatgan va qadimgi Bobilning E-sagila nomli mashxur ibodatxonasini va uning “Yeru-koʻkni tutib turadigan uy” (“E-temenanki”) deb atala- digan yetti pogʻanali katta minorasini tiklagan. Nabopalasar qadimgi diniy-siyosiy traditsiyalarni tiklabgina, qolmay, balki ularni har qanaqa qilib bo‘lsa ham mustahkamlashga tirishgan. U Shumerning eng qadimgi podsholaridan biri, Lagash hokimi Urnanshega o‘xshab, uzini va o‘g‘illarini oddiy tosh teruvchilar sifatida, tantanali suratda ibodatxona poydevori uchun boshlarida savatda tosh olib bo rayotgan xolda tasvirlashni buyurgan.Ikkinchi muhim siyosiy vazifa - Bobil podsholigining che garalarini mustahkamlash boʻlgan. Ikki daryo oraligining shimoli-g‘arbiy qismida qattiq mustahkamlanib olish zarur boʻlib qolgan edi, chunki Osuriy lashkarlarining qolgan- qutganlari qochib borib shu yerni o‘zlariga boshpana qilmokchi bo‘lganlar. Nabopalasar bu oblastning iktisodiy va harbiy jixatdan muxim ahamiyatga ega bo‘lgan eng katta shaharlaridan Xarran va Karxemish shaharlarini ishgʻol qilgan va bu shaharlarda o‘z garnizonlarini qoldirib, uzi Bobilga qaytib ketgan. Bundan keyin aktiv tashqi siyosatni keng yoʻlga qoʻyish uchun kuch to‘plash lozim boʻlib qolgan.Bobilning birdan-bir xavfli raqibi Misr boʻlib, bu vaqtda Misr o‘tkinchi tarakkiyotining so‘nggi davrini boshdan kechirayotgan edi. Sans dinastiyasidan bo‘lgan sergayrat Fir’avnlar Misr davlatining o‘tmishdagi qudratini tiklashga uringanlar. Osuriyaning kuchsizlanib qolishidan foydalangan Psamtik Misrning Falastindagi siyosiy ta’sirini kaytalan tiklash maqsadida eramizdan avvalgi VII asr oxi- rida Falastinga bostirib kirgan. Misrning Psamtikdan keyingi fir’avni Nexo yolgiz Falastiningina emas, balki finikiya bilan Suriyani ham batamom bosib olish uchun juda gʻayrat bilan ish koʻrgan. Megidlo yonida Yaxudiya qoʻshinlarini tor-mor keltirib, Misr fir’avni Quddusga xiroj solgan. Finikiya shaharlarini o‘z qo‘liga kiritgan. Sidon shahrida o‘z zafarnomasini yozib qoldirgan va butun Suriyani bosib utgan. Soʻngra Nexo Yevfrat daryosigacha yetib borib, Bobilning Kar- xemishdagi otryadini yenggan va Karxemish shaxrini ishgol qilgan. Misrliklar bu shaharda ossurlar bilan qoʻshilib, Bobil podshosiga qarshi chiqqanlar. Misrliklar bilan ossurlarning bir ittifoq bo‘lib harakat qilishi Bobil uchun juda xatarli bo‘lgan. Nabopalasarning dushmanga qat’iy zarba bermoq uchun yetarlicha kuch toʻplashiga toʻrt yilcha vaqt kerak bo‘lgan. Bobil qo‘shinlari Nabopalasarning oʻgʻli va taxt vorisi Navuxodonosor qo‘mondonligi ostida 605 yilda Karxemish yonida bo‘lgan mashhur jangdagina misrliklar bilan osurlarning birlashgan armiyalari ustidan to‘la gʻalaba qozongan. Oʻz mamlakatidan shimoli-sharqiy tomonga qarab juda olislab ketgan Nexo qushinlarining yon tomonlarini ham, ularning orqa tomonini ham, masofasi juda choʻzilib ketgan kommunikatsiyalarni ham yetarli darajada mustaxkamlay olmagan boʻlsa kerak. Harbiy kuchlari yetarlicha bo‘lmaganidan Nexo batamom magʻlubiyatga uchragan va shoshilib orqaga chekinishga majbur bulgan. Navuxodonosor II (eramiz- dan avvalgi 604-562) harbiy muvaffaqiyatlaridan toʻla ravishda foydalangan. U Nil daryosi deltasining chegaralarigacha yetib borib, Suriyani tamomila ishgʻol kilgan. Shunday kilib, Bobil podshosi Suriya soxillarida o‘z hokimiyatini mustahkamlab, misrliklarni Old Osiyodan batamom siqib chiqargan. Navuxodonosor gʻoyat extiyotkor odam bo‘lganligi sababli, shu erishgan anchagina katta yutuqlari bilan chegaralangan.Biroq Bobil ham, Misr ham bu axvolga rozi boʻlib qololmaganlar. Sane dinastiyasining gʻayratli fir’avnlari Suriyaning qo‘ldan ketishiga aslo chiday olmasdan, kuchli armiya tuzganlar va bu armiyani yollanma grek askarlari bilan toʻldirganlar. Bobil kassitlar istilosidan keyin zaiflashib qolgan bo‘lsa ham, har holda Mesopotamiyaning eng muxim iqtisodiy markazi sifatidagi ahamiyatini yo‘qotmagan edi. Eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillikning oxirlarida Mesopotamiyaning janubiy qismida xaldeylarga mansub semit qabilasi paydo boʻlgan, bu qabila janubiy Bobiliyani istilo qilib. Dengiz boʻyi mamlakati davlatini tuzgan. Dengizboʻyi mamlakatining podsholari Elamning yordamiga tayanib. Osuriyaga qarshi qattiq kurash olib borganlar va qadimgi Bobilning yana o‘tmishdagi qudratini tiklamoqchi boʻlganlar. Osuriya podsholarining Bobilga qarshi hamda Dengizboʻyi mamlakatining xaldeyalik podsholariga qarshi to‘xtovsiz va juda qattiq kurash olib borishga majbur bo‘lganligi Bobilning butun shu davr ichida boy va kuchli savdo mamlakati sifatida O‘zining burungi ahamiyatini saqlab turganligini hamda iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi uchun qattiq kurash olib borganligini koʻrsatadi. Bobil Ashshurbanipal (eramizdan av- valgi 626 yil) vafotidan keyin Osuriyaning kuchsizlanib qolganidan foydalanib, Ossuriyani hukmronligidan ozod boʻlgan va xatto Midiya bilan ittifoq bo‘lib. Osuriyaga juda qaqshatqich zarba ham bergan. Xald urugʻidan boʻlgan va Bobilga yuborilgan Osuriya lashkarboshisi Nabopalasar (eramizdan avvalgi 626-604 yillar) bobilliklar tomoniga o‘tib, uzini Bobil podshosi deb e’lon qilgan va Bobil podsholarining yangi dinastiyasiga asos solgan.
Iqtisodiyoti va ijtimoiy tuzim
Bobil ilgarigi davrdagidek, ko‘proq qishloq xoʻjaligi mamlakati bo‘lgan, katta-katta daryolar, o‘tloqlar va daryo vodiylariga kelib tutashgan keng dalalar xalqning chorvachilik ishlarini keng koʻlamda rivojlantirishga imkon bergan. Mulkiy jixatdan keskin suratda tabaqalnish, quldorlik xoʻjaligining rivojlanishi va usishi koʻpgina chorva mollarining ayrim boylar qo‘lida to‘planishiga sabab bo‘lgan. Chorvalor boylar o‘z mollarini odatda ijaraga berganlar. Saklanib qolgan xujjatlar ijara haqining odatda natura bilan toʻlanganligini koʻrsatadi.Sugʻorib ekishga asoslangan dexqonchilik mamlakatning xoʻjalik xayotida shu qadar katta rol o‘ynaganki, qonun chikaruvchi qonunga maxsus moddalar kiritib, bu bilan yerning yaxshilab ishlanishini hamda sugʻorish tarmoqlarini toʻla tartibda sakqash uchun yer egalarining hamma zarur choralarni kurishini ta’minlashga harakat kilgan. Masalan, o‘sha zamondan saqlanib qolgan qonun parchalarida aytilishicha, dangasa ijarachining oʻ z dalasini yomon ishlashi orkasida yoki oʻz toʻgʻniga durust qramaydigan dehqonning aybi bilan qushni daladagi ekinni suv bosib ketsa, aybdorlar suv bosgan yerdagi zararni qoplash uchun shu yerdan unadigan o‘rtacha xosil qancha bo‘lsa, shuncha to‘lashlari lozim bo‘lgan. Mamlakat qishloq xoʻjaligini quldor boylar nazorat kilib turgan. Katta-katta yerlargina emas, balki shu yerlardagi kanallar xam usha quldor boylarga qaragan. Eng yirik yer egalari oʻz hisoblariga kanallardan ariqlar chiqarib, bu ariqlardan foydalanadigan shu atrofdagi dehqonlardan maxsus haq undirib olganlar. Zamon o‘tishi bilan yergagina emas, balki suvga bo‘lgan xususiy mulkchilik huquqi xam tobora koʻproq mustahkamlanib borgan. Bu esa mulkiy tabaqalanishning avj olishiga, katta-katta boyliklarning bir gurux boylar qoʻlida to‘planishiga, mayda mulkchilar bilan jamoa a’zolarining xonavayron bo‘lishiga va ularning asta-sekin ijarachilarga, qarzdor qullar va qullarga aylanishiga yo‘l ochgan. Osuriya agdarilgandan keyin qadimgi Bobilning o‘tmishdagi shuhrati tiklangan.
Gerodot taxminan er.avv. 485-yilda Kichik Osiyodagi Galikarnas shahrida tug`iladi. Uning otasi anchagina badavlat odam bo`lgan. Gerodot o`z vatanining siyosiy hayotida faol qatnashadi, keyinchalik qanday sabab bilandir, ona yurtini umrbod tark etib, hayotining ko`p qismini sayohatda o`tkazadi: Misrni, Eronni, Bobilni, Finikiyani, Qora dengizning shimoliy qirg`og`idagi Yunon koloniyalarini, Skifiyani, Yunon tuprog`idagi boshqa shaharlarni kezadi. Perikl hamda Sofokl bilan yaqin munosabatda bo`ladi. Er. avv. 444 – yili Italiyaning janubidagi Yunon kolniyasi Furiyada ko`chib ketadi va 425 – yilda shu yerda vafot etadi.Gerodot o`z asarini “Tarix” ya`ni “tadqiqot” deb atagan. Keyinchalik, Iskandariya olimlari bu asarni to`qqiz bobga bo`lib, har birini yunon mifologiyasidagi to`qqizta muzaning nomi bilan ataganlar. Uning kitobida Mesopotamiya to`g`risida boy ma’lumotlar mavjud.Er. avv. XIX asrda Bobil[1] shahri kuchayib ketdi. U savdo yo`llari kesishgan Frot daryosini chap qirg`og`ida joylashgan. Bobil podsholari qulay geografik o`rindan foydalanib, Mesopotamiyani Amoriylar podsho xonadoni hokimiyati ostida birlashtirdilar. Mesopotamiyani birlashtirisher. avv. XVIII asr o`rtalarida podsho Hammurapi davrida tugallandi. Amoriy sulolasining oltinchi podshosi Hammurapi mohir diplomat, kuchli siyosatchi bo`lib qo`shni shahar davlatlarning o`zaro to`qnashuv va kelishmovchiliklaridan foydalanib ularni bo`ysundirdi. Uning davrida qonunlar to`plami ishlab chiqilib, hayotga joriy qilindi195 … Bobilliklarda kiyim mana bunday, (badaniga) bobillik oyog`igacha kanop xiton (ko`ylak) kiyadi. Keyin uning ustiga yana yupqa oq xilamida[2]. Ularda poyafzal (bu mamlakatda) umum qabul qilgan Beotiya etigiga o`xshash. Bobillliklar uzun soqol qo`yib, boshlariga salla o`raydilar va butun badaniga mirra (xushbo`y moy) surtadilar. Har qanday bobilliklarda muhrli uzuk va mohirona ishlangan hassa bor. Har bir hassada olma, atirgul, nilufar, burgut yoki shunga o`xshash biror nima bor.197 … Bobilliklarda yana bir juda aqlli odat bor. Qandaydir bir kasallikdan azob chekadiganni ular bozorga ko`tarib chiqadilar, (chunki ularda tabib yo`q). o`tkinchilar kasalga uning kasalligi to`g`risida maslahat beradilar (agar ulardan kimdir yoki o`zi shunday dard bilan og`rigan bo`lsa, yoki uni boshqada ko`rgan bo`lsa) kasal odamni oldidan jim o`tish ularda taqiqlangan: uning kasali nima deb har kim so`rashi lozim.200 … Bobilliklarda shundat odat bor. Ularning ichida yemishi faqat baliq bo`lgan uch qabila bor. Tutilgan baliqni ular quyoshda qoqlaydilar va keyin shunday qiladilar: baliqni hovonchaga tashlaydilar va og`ir dasta bilan maydalaydilar, keyin esa dokadan qilingan g`alvirdan o`tkazadilar. Keyin bu xamirdan istasalar ho`l xamir qoradilar yoki non yopadilar.194 … Pastdan daryo bo`yicha Bobilga suzadigan kemalar mutlaqo dumaloq va to`laligicha teridan qilingan. Osuriyadan yuqorida yetgan Armanistonda bobilliklar kemani osti uchun toldan xivich kesadilar, [polni] tashqi tomoni kemani [aylana] tagiga o`xshatib qalin terilar bilan tortadilar. Ular kemani burun qismini kengaytirmaydi va burnini o`tkir qilmaydi, lekin kemani qalqon kabi dumaloq qiladi. Keyin kemani somon bilan to`ldiradilar va yuk ortib oqim bo`yicha suzishga qo`yib yuboradilar. Ular pastdan daryo bo`yicha asosan Finikiya vinosi bilan loy xumlarni tashiydilar. Kemani ikki boshqaruv eshkakchi yordami bilan turib eshkak eshadigan ikki kishi boshqaradi. Ulardan biri kemani eshkak bilan o`ziga tortadi, boshqasi itaradi. Bunday kemalarni katta va kichikroq hajmda quradilar. Eng kattalariga 5000 talant[3] yuk sig`diradilar. Har bir kemada tirik eshak, kattalarida bir necha [eshak] turadi. Bobilga kelishi bilan savdogarlar o`z tovarlarini sotadilar, keyin esa ommaviy bozorda kemani [to`qilgan] tagi va somonning hammasini sotadilar. Keyin esa terilarni eshaklarga ortib Armanistonga qaytadilar. Daryoni yuqorisi bo`yicha oqimni tezligi sababli suzish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun kema yog`ochdan emas, terilardan quriladi.podsho Xammurapi qonunlariXammurapi (er. avv. 1792 – 1750 yillar) amoriylar sulolasining oltinchi podshosi. Uning qonunlari 1901- yilda fransuz arxeologlari tomonidan Elamning poytaxti Suzada topilgan. Parijdagi Luvr muzeyida saqlanadi. Qonunlar qora ba`zalt toshiga o`yib yozilgan va Bobildan elamlilar tomonidan o`lja qilib, er. avv. XII asrda Suzaga olib ketilgan. Qonunlar to`plami 287 moddadan iborat, lekin ustunda 247 modda saqlanib qolgan, 35 modda ko`rinishidan Elam podshosi buyrug`i bilan yo`q qilingan.Keyinchalik yetishmaydigan moddalar Suzada topilgan parcha dublikatlar asosida Nineviyada Osuriya podshosi Ashshurbanipal1 kutubxonasida topilgan, Mixxat matn uch qism: kirish, qonunlarni o`zi va xulosadan iborat. Birinchi va oxirgi qismlarda Hammurapi o`zini va o`z boshqaruvini tavsiflaydi, “kuchli zaifni ezmasligi, yetim va bevaga adolat qilish uchun” qonunlar to`plamini tuzilishi maqsadini ko`rsatadi. Us tuning yuqori qismida Xammurapi quyosh va adolat xudosi Shamash oldida unga duo qilib tiz cho`kkan holda turgani va xudo qonunlarni berayotgani tasvirlangan.3. Qadimgi Bobil podsholigi. Yangi Bobil podsholigiIqtisodiy tushkunlik, amoriy ko`chmanchi kabilalarining hujumi, Ur sulolasining yemirilishi siyosiy tarqoqlikka olib keldi. Amoriy va Akkad davlatlari bir-birlari bilan shafqatsiz urushlar olib bordilar. Er. avv. 1800-yillar atrofida Mesopotamiya janubini Larsa podsholigi, markazni Bobil shahri va Eshnunna, Yuqori Mesopotamiyani va Mari podsholigini er. avv. XIX asrd oxirida amoriy hukmdor Shamshi-Add (1824-1870-yillar atrofida) davlati egallab olgan edi.Bu davlatlar o`rtasida uzoqqa cho`zilgan urushlar bo`lib o`tdi. Bu kurashlar davomida sekin-asta Bobil (Bab-ili «xudo darvozasi») shahri yuksala boshlaydi. Bu shaharda I-Bobil yoki amoriylar sulolasi hukmronlik qilib uning boshqaruvi tarixda qadimgi Bobil (er. avv. 1894-1595 yillar) davri deb nom oldi. Bu vaqtda Janubiy Mesopotamiyada akkadlar shumerlarni to`la assimilyatsiya qildilar. Amoriylar sulolasi asoschisi yo’lboshchhi Sumuabum edi. Unga xavfli raqib bo’lgan Elamni er. avv. 1764-yilda Hammurapi 10 yillik urushda Mari podshosi Zimrilim bilan birlashib yanchib tashladi.O’zaro urushlar shahar, davlatlarni zaiflashtirdi. Larsa shahrini Elam bosib oladi. Elam hokimi Rimsin (er. avv. 1822-1763-yillar) kanallar, ibodatxonalar barpo qiladi. Ko’pgina shaharlar Uruk, Nippur, Issin va Larsa unga qaram bo’ladi. Shunday bir sharoitda Bobil shahrining yangi markaz sifatida roli kuchayadi. Shaharning ikki daryo oralig`ining qoq o’rtasida joylashuvi barcha sun'iy sug`orish inshootlarining va Old Osiyoning quruqlik va daryo yo`llarini tutashgan joyda o`rnashgani Bobilning siyosiy, iqtisodiy markaz bo’lishiga qulay omillar bo’ladi. Bobilni gullab-yashnashi I-Bobil sulolasining oltinchi podshosi Hammurapi (er.avv. 1792-1750 yillar) davriga to’g`ri keladi. Hammurapi dono, uzoqni ko’ra oladigan davlat arbobi, ayyor diplomat, yirik strateg, adolatli qonunshunos va mohir tashkilotchi edi. Hammurapi Bobil uchun foydali bo’lgan ittifoqlar tuzishga mohir diplomat bo’lib, bu ittifoq o’z vazifasini o’tab bo’lgach tezda undan voz kechgan. Hammurapi dastlab Larsa bilan ittifoq tuzadi va janubda Ur va Issin shaharlarini bosib oladi. Mari bilan ittifoq tuzib, Eshnunna shahrini bosib oladi. Mari bilan birgalikda sobiq ittifoqchisi Larsani o’ziga bo`ysundirgach, Hammurapi er.avv. 1759 yil Mari shahrini bosib oladi. Shimolda faqat zaiflashib qolgan Osuriya qoladi, uning yirik shaharlari Ashshur va Nineviya Bobil hokimiyatini tan oladilar. Hammurapining 42 yillik hukmronligi davomida Bobil kichik shahardan butun Mesopotamiyani birlashtirgan yangi qudratli davlatning poytaxti, Old Osiyoning yirik siyosiy–iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi. Mesopotamiyada yagona markazlashgan davlat tashkil topdi. Hammurapi uni ikki qismga: akkad tillarida so’zlashadigan shumer-akkad xudolariga sig`inadigan asosiy hududga va Elam Suzasi, Yuqori Mesopotamiyani xurrit-amoriy hududlarini o`z ichiga olgan viloyatga bo`ldi. Hammurapining vorisi Samsuilin (er. avv. 1749-1712 yillar) davrida Bobilda ichki ziddiyatlar kuchayib, qishloq jamoalar, jangchilar va boshqa soliq to’lovchilarning ahvoli yomonlashadi. Er. avv. 1742-yilda Mesopotamiyaga shimoli-sharqdan bu yerda avval noma`lum bo`lgan “kass” etnomidagi hind-yevropa qabilalari (Akkadcha Kassu, zamonaviy fanda kassitlar, o`zlarini kaspe-kaspiy deb atagan) Gandash nomli yo`lboshchilari bilan bostirib kiradilar. Elam janubda shumer shaharlariga bostirib kiradi. Sippar va Issin shaharlarida qo`zg`olon ko`tariladi.Shimoliy-g`arbda yangi Mitanni davlati vujudga keladi. Mitanni davlati Bobilni Kichik Osiyo va Sharqiy O`rtayer dengizi qirg`og`iga boradigan yo`llardan to`sib qo`yadi. Buning ustiga eramizdan avvalgi 1595-yilda xettlar Bobilga bostirib kirib I Bobil sulolasini tugatadilar.
Amoriylar davrida Bobilning iqtisodiyoti, ijtimoiy-siyosiy tuzumi, Hammurapining qonunlar to`plami, uning noib va amaldorlar bilan yozishmalari, xususiy hujjatlar orqali ma'lum.Qonunlar to`plamining tuzilishi Hammurapining jiddiy siyosiy tadbiri edi, chunki bu to`plam Bobilnng ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta'minlashga qaratilgan edi. Qonunlar to`plami kirish, qonunlar va xulosani tashkil qilgan uch qismdan iborat edi. Hammurapi davrida Bobil iqtisodiyoti sun'iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik, bog`dorchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdodan iborat bo`lgan. Qadimgi Bobilda bu davrda ekin yerlari ko`payadi, bog`dorchilikda xurmo yetishtirish gullab-yashnaydi, g`alla ekinlaridan, moyli o`simliklardan yuqori hosil olinadi. Bunday yutuqlar faqat sun'iy sug`orish tizimini butun mamlakat miqyosida kengaytirish asosida amalga oshiriladi. Maxsus amaldorlar katta-kichik kanallarni ko`rish va ta'minlashni nazorat qilib turganlar. Mari arxivi hujjatlariga ko`ra aholining barcha mehnatga qobiliyatli qismi erkin kishilardan tortib qullargacha sug`orish inshootlarini ko`rish va ta'minlash majburiyatini o’tagan, undan bosh tortganlarga o`lim jazosigacha berilgan. Hammurapi qonunlarida maxsus to’rt modda dehqon jamoasining o’z yerida, sug`orish inshootlariga befarq qarashiga qarshi qaratilgan, agar dehqonning yeridan qo’shnilar yeriga suv toshib ketsa, u keltirilgan zararni to’lashga majbur bo’lgan, agar puli bo’lmasa o’zi va mol-mulki qo’shniga keltirgan zararni qoplash uchun sotilgan. Podsho «Hammurapi kanali» deb atalmish katta kanal qurdirgan.Chorvachilik yirik hajmda rivojlangan. Qonunlarda bir necha bor yirik va mayda chorva to’grisida eslatiladi. Ko’pincha qoramolni, dala ishlariga, xirmon va yuk tashishga ijraga berilgan. Hunarmandchilikning xilma-xil sohalari rivojlangan. Qonunda bajarilgan ish uchun qat'iy baho berilgan va ishning past sifati uchun hunarmand qattiq jazo olgan. Hammurapi qonunlar to’plamining 229-moddasida shunday deyiladi: «Agar quruvchi kishiga uy qurdi va o’z ishini mustahkam qilmadi, u qurgan uy yiqilib, uy egasini o’ldirib qo`ydi, bu quruvchi o’limga hukm qilinishi lozim». Erkin kishini muvaffaqiyatsiz muolaja qilgan jarrohning barmoqlari chopilgan (218-modda). Savdoning rivojlanishiga butun Mesopotamiyaning yagona Bobil davlatiga birlashuvi muhim omil bo’ldi. Bobildan g`alla, xurmo, kunjut yog`i, jun va hunarmandchilik buyumlari eksport qilingan. Metall, qurilish toshi va yog`och, qullar va zeb-ziynat buyumlari import qilingan. Bobilda savdo bilan maxsus savdo agentlari – tamkarlar shug`ullangan, o’z xizmatlari uchun ular yer, bog`, uy olganlar va sudxo’rlik bilan ham shug`ullanganlar. Bobil, Nippur, Ur, Larsa kabi yirik shaharlar, katta savdo markazlari bo’lgan. Erkin kishi «avelium»-(«odam») deb atalgan. Qonunlarning barcha moddalarida xususiy mulk himoya qilingan. Bobil aholisining asosiy qismini xazinaga tushadigan soliqlarni to’lovchisi mayda ishlab chiqaruvchi va mayda mulkdorlar tashkil qilgan. Shu sababli ularning huquqlari qonun moddalari bilan himoyalangan. Misol uchun ba'zi moddalar ularni sudxo’rlar zo’ravonligidan himoya qilgan: sudxo’rga qarz uchun hosilni olishi ta'qiqlangan, kumush uchun qarz foizi 20, g`alla qarzi uchun 33 foiz bilan cheklangan. Garovga olingan kishiga nisbatan shafqatsiz muomala uchun qat'iy chora o’lim jazosi qo`llangan, qarz uchun qaramlik 3 yil muddat bilan cheklangan. Bobil jamiyatida erkin kishilardan tashqari «mushkenum» atamasi «pastga egilgan» ma'nosini bildirgan. Mushkenumlar jamoa bilan aloqasi uzilgan, yeri bo’lmagan kishilar bo’lib, ular cheklangan fuqarolik huquqiga ega bo’lganlar. Ular podsho xo`jaligida ishlaganlar, podshodan yerni shartli olganlar. Mushkenumlarga tan jarohat yetkazilsa, qoidaga ko’ra pul jarimasi to’langan, erkin kishiga nisbatan talion huquqi (ko’z uchun ko’z, tish uchun tish) qo`llanilgan. Mushkenumni davolash erkin kishiga nisbatan ikki marta arzon bo’lgan. Qonunlarga qaraganda mushkenumlar pul mablag’i va mulkka egalik qilganlar. Bobil jamiyatinig eng quyi tabaqasi qullar («vardum») bo’lgan. Qullikning manbasi urushlar, mulkiy tabaqalanish natijasida qarzi uchun qul qilish, otaning patriarxal hokimiyati ostida oila a'zolarining huquqsizligi, otaning farzandlarini garovga berish, qullikka sotish huquqi, ba'zi jinoyatlari uchun qul qilish (misol uchun, asrandi o’g`ilning o’z ota-onasidan voz kechishi, xotinning isrofgarchiligi, jamoachining sun'iy sug`orish inshootiga loqayd qaragani) va qullarning tabiiy ko’payishi bo’lgan.Bobilda qulchilik o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan, qul uncha katta bo’lmagan mulkka ega bo’lishi mumkin bo’lgan, quldan bo’lgan bolalariga mulk vasiyat qilish mumkin bo’lgan. Bobil oilasi ota va er hukmron bo’lgan patriarxal oila bo’lgan. Oila nikoh shartnomasi asosida qurilgan va er nikoh sovg`asi, xotin sep keltirgan. Xotin o’z sepiga va erining sovg`asiga o’z huquqini saqlagan, erining o’limidan so’ng, bolalar balog`at yoshiga yetguncha beva oila mulkiga egalik qilgan. Qonunlar ayolning sog`ligini himoya qilgan, agar ayol eriga yomon muomala qilsa, va uni mol-mulkini sovursa, ayol qulga aylantirilgan; eriga xiyonat qilsa, o’lim jazosiga hukm qilingan. Ajralish va qayta erga chiqish qiyinlashtirilgan. Ota-ona mulkiga «somondan oltingacha egalik qilish» huquqiga o’g`il-qiz ega bo’lgan, ammo o’g`ilga ko’proq moyillik bildirilgan. Qadimgi Bobil davlati mutlaq bo’lgan. Davlat boshida podsho turgan, u diniy qonunchilik, sud va ijroiya hokimiyatiga ega bo’lgan. Podsho yer zahirasi bepoyon bo’lgan, bu yerlar ijaraga va xizmati uchun berilgan. Sud hokimiyati mukammal shakllangan. Podsho sudi yetakchi o’rinda turgan, ibodatxona sudi, jamoa sudi va kvartal sudlari mavjud bo’lgan. Sudyalar kollegiyalarga birlashganlar. Ularga jarchilar, choparlar, kotiblar kabi sud xodimlari bo`ysungan. Moliya-soliq mahkamasi kumush va mahsulot, chorva, hunurmandchilik buyumlari bilan olinadigan soliq yig`ish bilan shug`ullangan. Podsho hokimiyati og`ir qurollangan, (redum) yengil janchilardan iborat qo’shinga tayangan. Ularning huquq-majburiyatlari Hammurapi qonunlar to’plamining 16-moddasida belgilangan. Harbiylar xizmatlari uchun yer-mulk olganlar. Qonun askarlarni harbiy boshliqlar zo’ravonligidan himoya qilgan, ularni asirlikdan qutqarish uchun to’lov belgilangan, jangchi oilasi moddiy ta'minlangan. Askarlar harbiy xizmatni sidqidildan o’tashlari zarur bo’lgan, aks holda ular o’lim jazosiga hukm qilinganlar. Er. avv. 1595 - yildan Bobilda kassit sulolasining hukmronligi boshlanib, 1055 - yilgacha davom etadi. Bu davr «O’rta Bobil davri» deb ataladi. Kassitlar Bobilni yuksak madaniyatini qabul qiladilar. Bobil, Nippur va Sippar shaharlari ma`lum mustaqikka ega bo`ladilar. Ular soliq va majburiyatlardan to`la ozod qilindilar, o`zlarining alohida qo`shinlariga ega bo`ldilar. Natijada iqtisodiyot gullab-yashnadi, savdo-hunarmandchilikni rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratildi. Kassit sulolasi keng qamrovli tashqi siyosat olib bordi. Ular Frot daryosining o`rta oqimini, Suriyaning bepoyon cho`l hududlarini va Janubiy Suriyadan iordan daryosigacha bo`lgan yerlarni egallab oldilar. Kassitlar markaziy va Janubiy Eronga istilochilik yurishlari qildilar. Ular er. avv. XV asr oxirlarida Misrga qarshi kurash olib bordilar va Misrni Mitanni bilan tinchlik o`rnatishga majbur qildilar. Old Osiyoda qudratli davlatlar Misr, Xett va Mitanni Old Osiyoda ta`sir doirasi uchun shafqatsiz kurash olib bordilar. Kassitlar sulolasi bu davlatlar bilan navbat va navbat murosachilik siyosatini olib bordilar va o`zlarini hukmronliklarini mustahkamlash uchun vaqti-vaqti bilan bu davlatlar bilan ittifoqlar tuzdilar. Kassitlar Misrga qarshi xettlarni qo`llab quvvatladilar, Kassit hukmdorlari er. avv. XIII asrda xettlar bilan ittifoqlikda osuriyaliklarga qarshi urush olib bordilar. Er. avv. XII asr boshlarida Osuriya ham kassitlarga qaram bo`lib qoldi. Kassitlar davrida shaharlarning o’z-o’zini boshqaruvi, xususiy mulkchilikni kuchaygan davri bo’lgan. Qishloq xo’jaligida natural holat kuchayib tovar ishlab-chiqarish kamayadi. Yirik yer egaligi mustahkamlana boshlaydi. Zodagonlar ko’p hollarda soliq to’lovlaridan podsho farmonlari bilan ozod bo’la boshlaydilar. Bunday farmonlar chegara toshlarida “kudurru” (Yer egalarini soliq va ma`muriy immunitetlari to`g`risidagi farmon) yozib qo`yila boshlanadi.er. avv. XII asrda kassitlar Bobiliga Elam halokatli zarba berdi. Elam bir necha bosqinlardan keyin er. avv. 1150-yillar atrofida kassitlar sulolasi hukmronligini tugatadi. Navuxodonosor I (er. avv. 1124-1108-yillar) II Issin sulolasi davrida elamliklar Bobildan haydab yuboriladi. Elamga shunday zarba beriladiki, u haqda uch asr (er. avv. 821- yilgacha) biror bir matn xabar bermaydi. Bobilni keyingi tarixida Dajla, Frot daryolari, Fors qo`ltig`i qirg`og`i va janubiy Mesopotamiyaning shaharlari oralig`ida joylashgan xaldey qabilalari muhim o’rinni egalladilar. Ular yarim ko`chmanchi chorvador va dehqonlar edilar. Xaldeylar er. avv. IX asrda Bobilni janubiy qismini bosib oladilar va Bobil madaniyatini qabul qiladilar. Bobilning oliy xudosi Mardukka sig`inadilar. Er. avv. 729-yilda Bobilni Osuriya bosib oladi. Osuriyaliklar Bobilda er.avv. VII asrgacha hukmronlik qiladilar. Yangi Bobil podsholigini paydo bo’lishi eramizdan avvalgi 629-yilga to’g`ri keladi. Lashkarboshi Nabopalasar Bobilda yangi xaldey sulolasiga asos soldi. Navuxudonosor II ning hukmronlik yillari Bobilning gullab-yashnagan (er. avv. 605-562-yillar) davri bo’ldi. Bobil 200 ming aholisi bo’lgan qadimgi sharqning eng yirik shahriga aylandi. Shahar Frot daryosining ikki qirg`ogida joylashgan bo’lib, uzunligi 123 metr, kengligi 5-6 metr bo’lgan ko`prik bilan birlashtirilgan. Shaharda ulkan podsho saroyi, sun'iy tepalikda Bobilning muqaddas ibodatxonasi Esagila joylashgan edi. Ibodatxonaning har bir tomoni uzunligi 400 metrni tashkil qilgan. Undan janubda balandligi 91 metr bo’lgan yetti qavatli Etemenanki («osmon va yerning markazidagi ibodatxona») deb atalgan zikkurat ibodatxona qurilgan. U qadimgi yetti mo'jizaning biri deb hisoblangan. Shahar ikki qator devor bilan o’ralib, uning aylanasi 8 km.ni tashkil qilgan va 8 darvozadan shaharga kirilgan. Navuxodonosor II vafotidan so’ng Bobil zaiflashadi. Er. avv. 539 - yilda Bobilni Eron podshosi Kayxusrav II bosib oldi. Bobil eramizdan avvalgi 331- yilgacha Ahmoniylar davlati tarkibiga kiradi, keyin esa Makedoniyalik Iskandar davlatiga, uning yemirilishidan so’ng Salavkiylar davlati tarkibiga kiradi. Bizgacha Bobil tarixini er. avv. VII-VI asrlariga doir ma'muriy matnlar, yozuvlar, podsho farmonlari va farmoyishlari yetib kelgan. Bobil to’g’risida ayrim antik mualliflar ma'lumotlari mavjud. Hujjatlarga ko’ra, bu davrda qullarning soni ko’paygan. Ibodatxona xo`jaligida yuzlab qullar ishlagan, boylarning yerlarida 3-5 qul, tadbirkor uylarda o’nlab qullar mehnat qilganlar. Yirik yer egalari erkin kishilarga va qullarga yerni ijaraga bir xil shartlarda berganlar. Yollanma ishchilar, kam yerli yoki yersiz kishilar ko’pchilikni tashkil qilgan. Yangi Bobil podsholigi davrida savdo-tadbirkorlik uylari keng tarqalgan. Arxiv ma'lumotlariga ko’ra Egibi va Murashu uylari katta-katta yerlarni ijaraga berganlar. Ibodatxonalar ham tovar-pul munosabatlariga tortilgan. Ular yer va qullarni ijaraga berganlar. Er. avv. I ming yillikda podsho xo`jaligi sezilarli rol o`ynamagan. Podsho yerlari ham ijaraga berilgan. Ibodatxona va xususiy xo’jaliklar yetakchi o’rinni egallaydilar. Bobil xalqaro savdoda Sharqiy O’rtayer dengizi qirg`og`i mamlakatlari va Mesopotamiyadan janubiy-sharqda turgan viloyatlar o’rtasida savdoda vositachilik qilgan. Misr, Suriya, Elam va Kichik Osiyo bilan gavjum savdo qilingan. Bobil ahmoniylar viloyatlariga g`alla, kiyim-kechak va jun, gazlama yetkazib beradigan asosiy markaz bo’lgan. Bobil Fors davlatining eng boy satrapliklaridan biri edi, u har yili xazinaga 1000 talant (30 tonna) kumush bilan davlat solig`ini to`lagan.
Download 38.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling