Ma`ruza №4. Elektr iste’molchilarni guruhlash va ularning xarakteristikasi. Elektr iste’molchilarni ish rejimlari va kategoriyalari. Reja
Download 262.79 Kb. Pdf ko'rish
|
4 mavzu Elektr iste’molchilarning turlari, ularni guruhlash va
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi tur
Birinchisi korxonaning umumsanoat iste`molchilari. Bu turli iste`molchiga
kompressorlar, ventilyatorlar, nasoslar va ko`tarib tashuvchi mexanizmlar kiradi. Bu mexanizmlarni ishlash rejimi sanoat sohasidan qat`iy nazar bir xil va quvvati 0,22-dan to 1000 kVt gacha bo`lib, ko`pincha birinchi kategoriyaga olib kelishi mumkin. Masalan nasoslar elektr iste`moli uzilishi katta talofatlarga olib kelishi mumkin, agar nasoslarning ishlashi ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog’langan bo`lsa. Ko`pincha texnologik rejim katta bosimli xavo bilan bog’liq va xokazo. Ikkinchi tur – bu maxsulot ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bevosita bog’liq, bir tipli iste`molchilar, masalan n dona ip yigiruv dastgoxlar. Har bir korxonada bir tipli iste`molchilar, «iste`molchilarning samarador raqami» - tushunchasi kiritiladi va bu tushuncha orqali umumiy iste`mol quvvati hisoblanadi. Elektr energiyasini iste`mol qiluvchi qurilmasi turlari bo`yicha EI va I lar quyidagi guruxlarga bo`linadi: I. Elektrmotorlari bo`lgan EI va I lar; II. Elektrotexnologik qurilmalar; III. Elektr yoritish sistemasi; EI va I larning asosiy ko`rsatkichlari quyidagilar : 1. Tokning turi 2. Kuchlanishi 3. Nominal quvvati 4. Fazalar soni 5. Chastotasi 6. Ish rejimi 7. Elektr ta`minoti ishonchliligi bo`yicha toifalari. 9. Joylashuvi bo`yicha ish davomida ko`chib yuruvchi yoki ko`chiriluvchi EI lar ham mavjud (bularga kranlar, ikkinchi xol uchun metall qirquvchi stanoklar kiradi). Yuqoridagi ko`rsatkichlarning asosiylarini kengroq ko`rib chiqamiz. Elektroenergiya iste`molchilarining xarakterli ko`rsatkichlaridan biri ularning nominal quvvatlari hisoblanadi. Elektr yuritmalaridagi asinxron va o`zgarmas tok motorlari (AD va O`TM) uchun kVt da o`lchanuvchi aktiv nominal quvvatlari P p pasportlarida yoki ma’lumotnomalarda beriladi. Sinxron motorlar (SM) uchun aktiv nominal quvvati P p va nominal quvvat koeffitsienti cos p ishlatiladi. Metall erituvchi elektr pechlari va elektr payvandlash mashinalarining nominal (qo`yilgan) quvvati sifatida ularni ta`minlovchi transformatorlarning kVA da o`lchanuvchi to`la quvvatlari qabul qilinadi (S n =S t ). 3 Qarshilik pechlari, elektroliz vannalari va yoritish asboblari uchun qo`yilgan quvvat - bu shu qurilmalarning tarmoqdan iste`mol qiladigan quvvatlariga teng (P p =P ist ). Takrorlanuvchi - qisqa muddatli ish rejimli EI larning pasportida berilgan quvvatini uzoq muddatli ish rejimiga keltirib, nominal quvvat sifatida qabul qilinadi. Sanoat korxonalarining elektr qurilmalarida asosan o`zgaruvchan tok ishlatiladi. O`zgarmas tok ishlatuvchilari elektr energiyasini o`zgaruvchan tokni o`zgarmas tokga aylantiruvchi to`g’rilagichlardan olgani sababli, o`zgarmas tok doimo qimmatroq bo’ladi. To`g’rilagichlar sifatida "Sinxron motor - o`zgarmas tok generatori" (SM-O`TG) tizimini, boshqariluvchi simobli to`g’rilagichlar (BST), tiristorli to`g’rilagichlar (TT) ishlatiladi. O`zgarmas tokning asosiy ishlatuvchilariga umumiy tarmoqdan ta`minlanuvchi ko`tarish-transport mexanizmlarining va prokat stanoklaridagi yordamchi mexanizmlarning standart kuchlanishli motorlari kiradi. Elektroliz qurilmalari nostandart kuchlanishli iste`molchilarga kiradi. Elektr energiyasini tarqatish tizimida elektroliz qurilmalari, o`zgarmas tokda ishlovchi yoy pechlari, payvandlash mashinalari o`zgaruvchan tok iste`molchilari hisoblanadi. O`zgarmas tok ishlatuvchilar 5 % dan (mashinasozlikda) 85-90% gacha (alyuminiy elektrolizi bo`lgan rangli metallurgiyada) elektr energiyasini iste`mol qiladilar. EI va I lar quyidagi standart kuchlanishlarga ega: 12 V, 36 V, 127 V, 220 V, 380 V, 660 V, 6 kV, 10 kV, - o`zgaruvchan tokda va 220 V, 440 V, 825 V - o`zgarmas tokda. Tokning chastotasi bo`yicha sanoat chastotasida ishlovchi, undan ortiq va undan kam chastotali elektr ishlatuvchilari mavjud. Sanoat chastotasi 50 Gts ga yoki 60 Gts ga teng bo`lib, 60 Gts ga chiqarilgan motorlar 50 Gts chastotali tarmoqdan ishlashi mumkin, ammo bunda kuchlanishni 380 V dan 460 V ga ko`tarish lozim. 50 Gts li motorlarni 60 Gts li tarmoqga ulab bo`lmaydi, bu holda 60 Gts ni 50 Gts ga pasaytuvchi o`zgartirgich o`rnatish kerak. 50 Gts chastotaga chiqarilgan transformator va elektr apparatlari 60 Gts da ishlatilishi mumkin. 50 Gts dan past chastotalar quyidagi xollarda ishlatiladi. 1).0.5-1.5 Gts - elektr pechlarida suyuq po`latni elektromagnit usulida aralashtirish uchun; 2).2-5 Gts - kontaktli payvandlash uchun; 3).10-40 Gts - elektr motorlari tezligini rostlash uchun. 50 Gts dan yuqori chastota quyidagi xollarda ishlatiladi: 1).175-220 Gts chastotalar tezkor motorlar ishlatiladigan, kichik gabaritli elektr asboblari uchun; 4 2).100-200 Gts-sunoiy tola sanoatidagi tsentrofugalarning elektr yuritmasi uchun Gts; 3).400 Gts chastota-tezligi 20000 ayl/min bo`lgan motorli yog`ochni qayta ishlovchi stanoklarda; 4).500-1000 Gts chastota - qaynoq shtampovkada va toblashda ishlatiladigan metallarni induktsion qizdirish qurilmalarida. Download 262.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling