Ma`ruza №4. Elektr iste’molchilarni guruhlash va ularning xarakteristikasi. Elektr iste’molchilarni ish rejimlari va kategoriyalari. Reja


Elektr iste’molchilarni ish rejimlari va kategoriyalari


Download 262.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana31.01.2023
Hajmi262.79 Kb.
#1144004
1   2   3   4
Bog'liq
4 mavzu Elektr iste’molchilarning turlari, ularni guruhlash va

Elektr iste’molchilarni ish rejimlari va kategoriyalari. 
Iste`molchilarning ishlash rejimini uchga bo`linadi. Bu rejim elektr 
motorning yoki qurilmaning me`yor qat`iyi asosida hisob qilinadi va aniqlanadi. 
Faqat elektr uskuna va qurilmalarni qat`iyi me`yordan oshgan holda uning ishlab 
chiqaradigan zavod ko`rsatgan ishlash muddati ta`minlanadi. Shu asosida 
qurilmaning ishlash rejimi aniqlanadi. 
1. Uzoq muddatli nominal ish rejimli (S1) - bu dvigatelni o‘zgarmas 
yuklama bilan ish rejimi bo‘lib, uning davomiyligi shunday bo‘ladiki, bu vaqtda 
dvigatelning barcha qismlari haroratini ortishi o‘zining turg‘un qiymatiga 
erishadi. 4.4- rasmda moment M ni, quvvat isrofi 

P ni va harorat t

ni o‘zgarish 
grafigi keltirilgan. 
2. Qisqa muddatli nominal ish rejimi (S2) - bu rejimda o‘zgarmas 
yuklamaning ish davri dvigatelni uzilgan davri bilan ketma-ket keladi, bunda 
ulangan vaqtda harorat ortishi turg‘un darajaga erishmaydi, o‘zilgan vaqtda esa, 
dvigatel qismlari atrof muhit haroratigacha soviydi. Ishchi davr 
davomiyligining standart qiymatlari 10, 30, 60 va 90 minutni tashkil qiladi. 7.1 
- rasmda qisqa muddatli - ish rejimini xarakterlovchi grafiklar ko‘rsatilgan. 
4.2 – rasm. Qisqa muddatli ish 
rejimini xarakterlovchi
grafiklar 
4.1-rasm. Uzoq muddatli ish 
rejimini xarakterlovchi 
grafiklar 



3. Takrorlanuvchi - qisqa muddatli nominal ish rejimi (S3) bu rejimda
o‘zgarmas yuklamaning qisqa muddatli davrlari (ishchi davrlari) dvigatelning 
uzilish davrlari (pauzalar) bilan ketma - ket keladi, bunda ishchi davrlar ‘am, 
pauzalar ham harorat ortishini turg‘un qiymatiga erishguncha uzoq davom 
etmaydi. Bu rejim uchun grafiklar 7.2-rasmda keltirilgan. 
Ushbu rejim siklining maksimal davomiyligi 10 minutga teng deb qabul 
qilingan. Rejim, quyidagi ifoda orqali aniqlanadigan nisbiy ulanish davomiyligi 
bilan xarakterlanadi: 
%
100
%
100
ПВ%
0
u
u





u
u
t
t
t
t
t
bunda t
u
t
0
t
u
, - mos ravishda ish, pauza va sikl vaqtlari. 
Takrorlanuvchi - qisqa muddatli rejim uchun mo‘ljallangan dvigatellarni 
hisoblash va ishlab chiqarish uchun, PV % larning standart qiymatlari 
quyidagilarni tashkil etadi: 15, 25, 40 va 60%. 
Hozirgi vaqtda, S1-S3 rejimlar asosiylar ‘isoblanadi. Dvigatellarning ushbu 
rejimlardagi nominal maolumotlari pasport va kataloglarga kiritiladi. 
S4-S8 rejimlari asosiylarini aniqlaydi va ixtiyoriy rejimlarni yuklama 
diagrammalarini soddalashtirishga yordam beradi. 
4. Tez-tez ishga tushirish bilan takrorlanuvchi - qisqa muddatli nominal ish 
rejimi, (S4) - bu rejimda ishga tushirish va qisqa muddatli o‘zgarmas yuklamali 
4.3 – rasm. Takrorlanuvchi - qisqa 
muddatli - ish rejimini 
xarakterlovchi grafiklar 



davrlar, dvigatelning uzilish davrlari bilan ketma-ket keladi, bunda dvigatel
qismlarining haroratini ortishi o‘zining turg‘un qiymatiga erishmaydi. Ushbu 
rejimda ulanish davomiyligi, ishga tushirishning bir soatdagi soni va elektr
yuritmaning inersiya koeffisienti normallashtiriladi (inersiya koeffisienti 
yuritmaning yig‘ma keltirilgan inersiya momentini dvigatel yakori (rotori) 
ning inersiya momentiga nisbatiga tengdir). 
5. Tez-tez ishga tushirish va elektrik to‘xtatish bilan takrorlanuvchi - qisqa 
muddatli nominal ish rejimi, (S5) - bu rejimda, ishga tushirish, qisqa muddatli 
o‘zgarmas yuklamali va elektrik to‘xtatish davrlari dvigatel-ning uzilish 
davrlari bilan ketma-ket keladi, bunda dvigatel qismlari ‘aroratining ortishi 
o‘zining turg‘un qiymatiga erishmaydi. Normallashtiriladigan kattaliklar, S4
rejimidagilar kabi bo‘ladi. 
6. Almashuvchi (ko‘chuvchi) nominal ish rejimi (S6) - bu rejimda, o‘zgarmas 
yuklamali (ishchi ) davrlar salt yurish davrlari bilan ketma-ket keladi. Salt 
yurish vaqtida, dvigatel uzilmaydi, bunda dvigatel qismlarining ‘aroratini ortishi 
o‘zining turg‘un qiymatiga erishmaydi. Bu rejim nisbiy yuklama davomiyligi
bilan xarakterlanadi 
%
100
ПН%
c.ю.
u
u



t
t
t

bunda t
s.yu
. - salt yurish vaqti. 
PN% ning normallashtirilgan qiymatlari 15, 20, 40 va 60% tengdir. 
7. Tez-tez reverslar bilan almashuvchi nominal ish rejimi, (S7) bu rejimda 
reversiv davrlar o‘zgarmas yuklamali davrlar bilan ketma-ket keladi, bunda 
dvigatel qismlarining ‘aroratini ortishi o‘zining turg‘un qiymatiga erishmaydi. 
Ushbu rejim uchun bir soatdagi reverslar soni (30, 120 va 240) va inersiya
koeffisienti (S5 dagi kabi) normallashtiriladi. 
8. Ikki va undan ortiq burchak tezliklari bilan almashuvchi nominal ish 
rejimi, (S8) - bu rejimda maolum bir tezlikdagi bir yuklamali davrlar boshqa 
tezlikdagi ish davrlari bilan ketma-ket keladi, bunda dvigatel qismlari 
haroratining ortishi o‘zining turg‘un qiymatiga erishmaydi. Ushbu 
rejim 
uchun bir soatdagi sikllar soni (30, 60, 120 va 240), inersiya koeffisienti (1,2; 
1,6; 2,0; 2,5; 4,0) va yuklamani nisbiy davomiyligi normallashtiriladi. 

Download 262.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling