Ma’ruza 4 Mavzu: gaz xromatografiyasi reja
Rasm 6. Kalibrovka grafigi
Download 205.12 Kb.
|
Ma\'ruza 4. OOS fiz.kim tadqiq qilish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ichki standart metodi
- Gaz xromatografiyasining afzalliklari
Rasm 6. Kalibrovka grafigi
Eng kam mehnat talab qiladigan va aniq natija beradigan metod bu standart namuna bilan solishtirish metodi. Metodning aniqligi 2-3% ni tashkil qiladi. Analiz qilinayotgan moddaning eritmasi va uning standart namunasining eritmasi tayyorlanadi, xromatografiyalanadi va piklar yuzasi o’lchanadi. Piklar yuzalari moddalar konsentratsiyalariga to’g’ri proporsional bo’lganligi uchun quyidagi tenglamalar sistemasi hosil qilinadi: (5) Pik yuzalari moddalarning konsentratsiyalariga to’g’ri proporsional, bulardan kelib chiqqan holda: (6) (7) Agar analizning aniqligini oshirish zarur bo’lsa, ichki standart metodi qo’llaniladi. Ichki standart – bu analiz qilinayotgan aralashma tarkibida bo’lmagan, lekin strukturasi o’xshash bo’lgan, begona birikmadir. Ichki standart piki boshqa birikmalar piklaridan to’liq ajratilgan bo’lishi, lekin ayni paytda aniqlanayotgan modda pikiga yetarlicha yaqin bo’lishi kerak. Ichki standart analiz qilinayotgan moddaga va standart namunaga qo’shiladi, xromatogramma piklari olinadi, piklarning yuzasi o’lchanadi va analiz qilinayotgan moddaning va standart namunaning nisbiy yuzalari hisoblanadi. va (8) Bunda – ichki standart pikining yuzasi; va analiz qilinayotgan modda va uning standart namunasi piklarining yuzalari; va analiz qilinayotgan modda va uning standart namunasi piklarining nisbiy yuzalari; Piklar yuzalarining olingan kattaliklarini (7) tenglamaga qo’yiladi va aniqlanayotgan moddaning miqdori topiladi: Piklar yuzalarining nisbiy birliklari namuna tayyorlash, bir necha mikrolitr bo’lgan kiritiladigan namunaning hajmini o’lchashdagi xatoliklarni kompensatsiya qiladi. Gaz xromatografiyasining afzalliklari: - analiz o’tkazishning tezligi (10-30 min); - komponentlar ajralishining aniqligi; - qo’llanilayotgan detektorga bog’liq holda metodning yuqori sezgirligi (FID bo’lsa, sezgirlik 10–9 ga yetadi; - ajratish va olingan ma’lumotni qayta ishlashning yuqori darajada avtomatlashtirilganligi; Download 205.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling