OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON IQTISODIYOT VA QURILISH INSTITUTI
“Amaliy matematika va informatika”
kafedrasi
“Injenerlik geodeziyasi.” Fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: __________________________________________________________
_______________________________________________________
Bajardi: ___-kurs ___ -guruh “_____________________” yoʻnalishi talabasi
_______________________________________________________________
Tekshirdi: ____________________________________
Himoya bahosi _________________________________
Andijon – 2022
MAYDONNI NIVELIRLASH NATIJALARINI HISOBLASH
Reja:
Kirish. Nivelirlash haqida tushuncha, mohiyati va turlari.
Asosiy qism
Nivelir turlari va ularning tuzilishi.
Geometrik nivelirlash va trigonometrik nivelirlash
Maydonni nivelirlash
Xulosa
KIRISH
Joydagi ikki nuqta sathiy yuzalari orasidagi nisbiy balandlikni aniqlashga nivelirlash deyiladi.
Nivetirlash (fransuz tilida nivellement yoki nivèlement - «tekislash», niveau — «tekislik» ma’nosini beradi.)
Ko‘p masalalami yechishda joy nuqtalarining absolyut balandligini bilish kerak. Joydagi istalgan nuqtaning absolyut balandligini aniqlash uchun ushbu nuqta va otmetkasi ma’lum bo’lgan boshqa nuqta sathiy yuzalari orasidagi nisbiy balandlikni aniqlash kerak.
Ish sharo’lti, qo’llaniladigan usul va asboblarga qarab nivelirlash quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi: Geometrik nivelirlash; Trigonometrik nivelirlash; Fizik nivelirlash, Stereofotogrammetrik nivelirlash.
Geometrik nivelirlashda gorizontal vizir nuri orqali nuqtalar oralig’idagi nisbiy balandlik aniqlanadi.
Trigonometrik nivelirlashda nisbiy balandlik nuqtalar oraligidagi yo‘nalishning qiya burchagini o’lchash orqali aniqlanadi.
Fizik nivelirlash sifatida Barometrik va gidrastatik nivelirlash usullarini ko‘rish mumkin.
— Barometrik nivelirlashda nisbiy balandlikni o’lchash dengiz sathiga nisbatan turlicha balandliklardagi nuqtada atmosfera bosimi o'zgarish qonuniyatlariga asoslanadi;
— Gidrostatik nivelirlash nisbiy balandlikni o’lchash o'zaro ulangan ikkita idishdagi suyuqlik sathlari farqini o’lchashga asoslanadi.
Stereofotogrammetrik nivelirlashda joydagi nuqtalaming nisbiy balandliklari joyning ikkita bir xil aerosurat asosida maxsus asboblar yordamida hosil qilingan relef modeli bo‘yicha o’lchash bilan aniqlanadi.
Shuningdek avtomatik nivelirlash usuli bor bo’lib, unda avtomat yoki mexanik profilograflar yordamida chizilgan profildari joydagi nuqtalaming nisbiy balandliklari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |