Maxsus ta’lim vazirligi andijon iqtisodiyot va qurilish instituti
Download 149.9 Kb.
|
Topografik kartada-1
ASOSIY QISM
Nivelir turlari va ularning tuzilishi. Nivelir bu optik - mexanik asbob bo’lib, uning yordamida gorizontal tekislikka parallel chiziq quriladi. Hozirgi vaqtda nivelirlar konstruktiv jihatdan quyidagilarga bo’linadi: 1. Optik nivelirlar 2. Raqamli (elektron) nivelirlar. Har qanday konstruktsiyadagi nivelir asbobi ko‘rish trubasi, doiraviy adilak, slindrik adilak yoki uni vazifasini bajaruvchi kompesator va uchta ko‘tarish vintli taglik (treger)dan tashkil topadi (1-shakl) 1-shakl.Ko’rinish trubasida slindrik adilagi bor H3 nivelirining ko’rinishi: l – ko’tarish vintlari; 2 — doiraviy adilak; 3 — elevatsion vint; 4 — dioptriy halqali ko’rish turbasining okulyari; 5 — vizir; 6 — fokuslash kremalberasi; 7 - ko'rish trubasining obyektivi; 8 — trubani bo’shatuvchi va qotiruvchi vinti; 9 – yo’naltiruvchi vint; 10 - silindrik adilak; 11 — silindrik adilakni tuzatuvchi vintlar Aniqligi bo’yicha nivelirlarning 3 xil guruhini ishlab chiqarish ko’zda tutilgan: yuqori aniqlikdagi nivelirlar, aniq nivelirlar va texnikaviy nivelirlar, Masalan: • yuqori aniqlikda: optik nivelirlar-H 05, H 05K, H 1, H 2 (Rossiya), raqamli nivelirlar Dini 11, Dini 21 (Germaniya), NA 2002, NA 2003 (Shvetsariya); • aniq: optik nivelirlar H 3, 2H 3, H 3K, 3H 3KJI, 4H3KJ1; (Rossiya), raqamli nivelirlar Ni-30, Ni -50 (Germaniya), Kemlevel-20 va 24 (Shvetsariya): • tcxnik: optik nivelirlar H 10, 2H 1ÛK, 2H 10KJI. (Rossiya). Yuqori aniqlikdagi nivelirlar I va II klass nivelirlash uchun, aniq nivelirlar III va IV klass nivelirlash uchun, texnikaviy nivelirlar esa topografik s’yomka asosini yaratishda, injener geodezik qidiruv va qurilishda nuqta balandligini texnikaviy nivelirlashda qo‘llanadi. Nivelirlar bazasida takomillashgan nivelirlar ishlab chiqarilgan. Masalan: H05K, H3K, H I OK, H10KJL Odatda nivelir shtativga maxsus burama vint bilan o’rnatiladi va 1 – ko’tarish vintlari (1-shakl,l) va doiraviy adilak (1- shakl.2) yordamida ish holatiga keltiriladi. Vizir o’qini gorizontal holatga keltirish usuli bo‘yicha optik nivelirlami ikki xilga bo‘lish mumkin: • ko‘rish trubasida adilagi bor nivelirlar (H 05, H 3, H 10); • kompesatorli nivelirlar (H 05K, H 3K, H 10K). Asbob shifridagi 0,5; 3; 10 raqamlari 1 kilometr ikkilangan nivelir yo‘lida nisbiy balandlik o‘lchashning o‘rtacha kvadratik xatosini bildiradi. Geometrik nivelirlash va trigonometrik nivelirlash. Bu usulda nuqtaning boshqa nuqtaga nisbatan balandligi gorizontal vizir o‘qi orqali aniqlanadi. Geometrik nivelirlashda nivelir asbobi va nivelirlash reykalaridan foydalaniladi. Geometrik nivelirlash - geodezik tayanch nuqtalari va plan olish nuqtalarining balandligini aniqlashda, injenerlik inshootlarining loyihalarini tuzishda va ulami qurishda, shuningdek geologik qidiruv ishlarida, yirik injenerlik inshootlarining cho‘kishi va deförmatsiyasini aniqlashda va shu kabi boshqa ishlarda qo'llaniladi. Geometrik nivelirlashda ikki nuqta orasidagi nisbiy balandlik topishning asosan ikki xil usuli bor: oldinga nivelirlash va о 'rtadan nivelirlash. Oldinga nivelirlash. Joydagi ikkita nuqtaning bir-biriga nisbatan balandligini aniqîash kerak deylik. Buning uchun A nuqtaga nivelir, В nuqtaga reyka tik qilib o‘rnatiladi. Ruletka yoki reyka bilan nivelirni balandligi i o’lchanadi. Nivelir ish holatga keltirilib, qarash trubasi В nuqtadagi reykaga vizirlanadi va b sanoq olinadi. В nuqtano A nuqtaga nisbatan balandligi: h=i-b bo’ladi. Demak, oldinga nivelirlashda bir nuqtaning ikkinchi nuqtaga nisbatan balandligi asbob balandligidan reykadan olingan sanoqni ayirganidan keyin qolgan qiymatga tengdir. Agar reykadan olingan sanoq asbob balandligidan katta, ya’ni ib bo’lsa ishora musbat bo’ladi. O’rtadan nivelirlashda nivelirlanayotgan A va В nuqtalarga tik qilib nivelirlash reykalari, nuqtalar oraligiga esa nivelir o’rnatiladi . Bunda nivelirdan A va В nuqtalarigacha bo’lgan masofalar o‘zaro teng bo’lishi kerak. Nivelir ish holatiga keltirilib, qarash trubasi dastlab orqadagi (A nuqtadagi) reykaga vizirlanib, reykadan a sanoq olinadi, so’ngra oldingi (B nuqtadagi) reykaga vizirlanib b sanoq olinadi. В nuqtaning A nuqtaga nisbatan balandligi quyidagicha hisoblab chiqariladi: hAB = a – b Shunday qilib, о 'rtadan nivelirlashda nisbiy balandlik ketingi reykadan olingan sanoq bilan oldingi reykadan olingan sanoq ayirmasiga teng bo ‘ladi. Agar reykadan olingan sanoqlar o‘zaro a > b bo’lsa, nisbiy balandlik musbat ishorada bo‘ladi. aksincha ya’ni a < b b bo’lsa, nisbiy balandlik manfiy ishorada bo‘ladi. Maydonni nivelirlash Uncha katta bo’lmagan maydonni nivelirlashda joyning o’rtasidan asos qilib bitta 0 nuqta tanlanadi. Shundan keyin marshrutlarni o’tkazish boshlanadi. Har bir marshrut 0 nuqtada uchrashadi. Nivelirlash alohida marshrut bo’yicha bajariladi. №1 marshrutni nivelirlagandan keyin, qo’shni bo’lmagan № 2 marshrut nivelirlanadi. Boshqa marshrutlar ham xuddi shunday nivelirlanadi. Ishni bunday tashqil qilish qator imkoniyatlar beradi: (2-shakl) — har bir marshrutning uchrashuvi nisbiy balandliklarda tekshirishni beradi; — marshrutning radial qismi (OA, OB, OD) har xil vaqtda, har xil atmosfera sharoitida ikki martadan nivelirlanadi. Bu nisbiy balandlikni topishda aniqlikni oshirishga imkon beradi. Agar nivelirlanadigan joy katta bo’lmasa, bitta kuzatuvchi doimo O nuqtada turadi, ikkinchisi esa hamma marshrutlarni aylanib chiqadi. Download 149.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling