Referat mavzu: trassani nivelirlash fan o`qituvchisi: Karabekov U. A jizzax 2023 trassani nivelirlash


Download 34.5 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi34.5 Kb.
#1525697
TuriReferat
Bog'liq
mt25


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM VAZIRLIGI


JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI


SIRTQI BO`LIM


BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI


618-21 2-KURS TALABASI


INJENERLIK GEODEZIYASI FANIDAN
REFERAT


Mavzu: TRASSANI NIVELIRLASH


Fan o`qituvchisi: Karabekov U.A


JIZZAX 2023
TRASSANI NIVELIRLASH


Nuqtalar nisbiy balandliklari, asosan, o‘rtadan nivelirlash usu- lida aniqlanadi. Nivelirdan reykagacha bo‘lgan masofa — 150 m gacha yo‘l qo‘yiladi. Nivelir ikki bog‘lovchi nuqta o‘rtasiga — bekatga o‘rnailadi, doiraviy adilak pufakchasi nol punktga keltiriladi, ko‘rish trubasi reykaga qaratiladi, okulyar gardishi va kremalerani burash orqali iplar to‘ri va reykaning aniq ko‘rinishiga erishiladi. Reykadan sanoq 1 mm aniqlikda silindrik adilak pufakchasi uchlari elevatsion vint yordamida tutashtirilgandan so‘nggina olinadi.
9 6
Texnik nivelirlashda (ikki tomonli reykalar qo‘llanilganda) har bir bekatda nivelir o‘rnatilgandan keyin sanoq quyidagi tartibda olinadi:
1) orqadagi reykaning qora tomonidan;
2) oldindagi reykaning qora tomonidan;
3) oldindagi reykaning qizil tomonidan;
4) orqadagi reykaning qizil tomonidan;
5) oraliq (yoki ko‘ndalang chiziq) nuqtalardagi reykaning qora tomonidan.
Oraliq nuqtalarga orqadagi reyka o‘rnatiladi. Reykadan olingan sanoqlar 7- jadval (nivelirlash jurnali)ning 3, 4 va 5- ustunlariga yoziladi. Reykaning qora va qizil tomonlaridan olingan sanoqlar bo‘yicha topilgan nisbiy balandliklar 6- ustunga yozilib, ularning farqi 4 mm dan oshmasa, ularning o‘rtacha qiymati 7- ustunda keltiriladi. Nivelirlashda bir tomonli reykalar qo‘llanilsa, bekatda nivelir- lash ikki gorizontda quyidagicha bajariladi: orqadagi va oldindagi reykalardan sanoqlar olingach, asbob balandligi taxminan 10 sm ga o‘zgartiriladi, nivelir qaytadan ish holatiga keltirilib, oldingi va orqadagi reykalardan sanoqlar olinadi. Natijada, topilgan nisbiy balandliklar farqi 4 mm dan oshmasa, orqadagi reyka oraliq (yoki
ko‘ndalang chiziq) nuqtalarga qo‘yiladi va sanoqlar olinadi.
Keyingi bekatlarda ham nivelirlash yuqorida yozilgan tartibda olib boriladi. Nivelirlash natijasida topiladigan nuqtalar balandlik- lari ma’lum balandlik sistemasida bo‘lishi va nivelirlashni tekshi- rish uchun nivelirlash reperdan boshlanib, reperda tugatilishi — reperlarga bog‘lanishi shart.
Balandlik uzatish uchun nivelirlash faqat bir reperdan boshlan- sa, bu yo‘l to‘g‘ri va teskari yo‘nalishda nivelirlanadi. Bu holda to‘g‘ri yo‘nalishda nivelirlashda hamma nuqtalar, teskari yo‘nalishda esa faqat bog‘lovchi nuqtalar nivelirlanadi. Umumiy yo‘ldagi nisbiy balandlik to‘g‘ri va teskari nivelirlash natijalari bo‘yicha tekshiriladi.
Download 34.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling