O‘quvchilar yaxshi («4») baho olish uchun quyidagi
xildagi topshiriqlarni bajara olishlari majburiydir:
1.38 soniga teng bo‘lgan qo‘shishga doir ikkita misol tuzing va uni yozing.
2.Yechimi to‘g‘ri bo‘ladigan qilib, katakchalar o‘rniga «+» yoki «—» belgilami qo‘ying:
30 □ 5 □ 4 = 29
|
58 □ 2 □ 9 = 51
|
3.Yozuv to‘g‘ri bo‘ladigan qilib, «+» yoki «-» belgilarni qo‘ying:
|
72 □ 2 > 70
|
96 □ 94 < 90
|
4.Onam 6 banka bodring va undan 4 banka kam pomidor tuzladi. Onam hammasi bo‘lib nechta banka sabzavot tuzladi?
5.Archada 11 ta qizil va 5 ta yashil elektr chiroqlar yonib turgan edi. 4 tasi olindi. Nechta chiroq qoldi?
O‘quvchilar a'lo(«5») baho olish uchun quyidagi xildagi topshiriqlarni bajara olishlari majburiydir:
1. Yozuvlar to‘g‘ri bo‘ladigan «+» yoki «—» belgilarni va kerakli
sonni qo‘ying:
36 + 4 ... □ = 30 50 - 6 > 50 ... □
|
47 ... □ = 47
|
2. Tushirib qoldirilgan raqamlarni qo‘ying: …5-23 = 12 6..-14 = 54 …7 – 1… = 42
|
3. Hisoblang: 10-3=…. Kamayuvchi 4 ta, ayriluvchini esa 1 ta orttirilsa, ayirma qanday o‘zgaradi?
To‘g‘ri javobni tanlang:
a)4 birlikka kamayadi;
b)7 birlikka ortadi;
d)2 birlikka kamayadi;
e)3 birlikka ortadi.
4. Bitta qo‘g‘irchoq qancha tursa, mashina va piramidacha birgalikda shuncha turadi. Mashina 62 so‘m, qo‘g‘irchoq esa 80 so‘m tursa, piramidacha qancha turadi?
5. Ra'no va Gulnoraning bo‘ylari teng. Gulnora va Faridaning ham bo‘ylaii teng. Ra'no va Faridaning bo‘ylarining bir-biriga tengligi to‘g‘rimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |