Ma’ruza №4 Ochik kon ishlarini mexanizatsiyalash vositalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik qoidalari


Download 35.58 Kb.
bet2/5
Sana14.03.2023
Hajmi35.58 Kb.
#1267716
1   2   3   4   5
Bog'liq
2S

3.1.7. Konchilik mashina va mexanizmlarining konstruktiv elementlari, traplari va maydonchalari har smenda kon massasi va loydan tozalanishi kerak.
3.1.8. Yog’lash va artish materiallari (smenalik, sutkalik va boshqa zaxira) kon-transport mashinalarida yopiladigan metall qutilarda saqlanishi kerak. Ularda benzin va boshqa yengil alangalanuvchi moddalarni saqlash mumkin emas.
3.1.9. Mashina va mexanizmlarini ish jarayonida qо‘l bilan moylash taqiqlanadi.


Burg’ilash stanogi
3.2.1. Burg’i qо‘yilmasini (stavini) mexanizatsiyasiz yig’ib va tarqatadigan, hamda quduq og’zini tozalaydigan aylanma burg’ilash stanogining shneklari dvigatel aylantirgichga elektr ta’minoti ulanishi bilan blokirovkalangan tо‘siqlarga ega bо‘lishi kerak.
3.2.2. Bо‘rg’ilash stanogining tiklash va bosim arqonlari eng katta yuklanishga hisob kitob qilinishi va mustahkamlikni besh karra zahirasiga ega bо‘lishi kerak. Arqonlarning xizmat qilish muddati belgilanmaydi va ularni holatiga qarab aniqlanadi.
О‘ram qadami uzunligida kо‘tarish arqonining 10 % dan kо‘p simi uzilgan bо‘lsa, arqonni almashtirish kerak.
3.2.3. Arqonlarni о‘zi aylanar qulfidan foydalanilganda arqonni tо‘kima о‘rami yо‘nalishi va burg’i asbobi birikmalari rezbasi yо‘nalishi qarama-qarshi bо‘lishi kerak.
3.2.4. Burg’ilash stanogining machtasi va tomida ishlayotganlar machtaga qotirilgan saqlagich kamardan foydalanishlari kerak. Burg’ilash stanogi ishlayotgan va harakatlanyotgan paytda, uni machtasi va tomida odamlarni turishi taqiqlanadi.


Bir chо‘michli ekskavatorlar
3.3.1. «mexanik kurak» turidagi bir chо‘michli ekskavatorni gorizontal yо‘l bо‘ylab yoki kо‘tarilishda harakatlantirishda uni yetakchi о‘qi orqada, nishablikdan tushirishda esa oldinda bо‘lishi kerak. Ekskavatorni kо‘tarilishda harakatlantirishda yoki nishablikdan tushirishda, uning о‘z-о‘zidan sirpanib ketishini istisno etuvchi choralr kо‘zda tutilishi shart. Chо‘mich kon massasidan tozalanishi va yerdan kо‘pi bilan 1,0 m balandlikda turishi kerak, strelasi esa ekskavatorni yurishiga qarab о‘rnatilishi kerak. Qadamlovchi ekskavatorlarni (draglaynlarni) harakatlantirishda, strelasi ekskavator harakat yо‘nalishiga nisbatan chappa tomonga о‘rnatilishi kerak.
3.3.2. Ekskavatorni о‘tkazishda mashinist о‘zini yordamchisi yoki maxsus tayinlangan shaxsni signaliga amal qilishi, bunda ular orasida doimiy kо‘rish aloqasi ta’minlangan bо‘lishi kerak. Qadamlovchi ekskavatorlar uchun signal mashinist yordamchisi tomonidan mashinistga brigadani uchinchi shaxsi orqali uzatishga ruxsat etiladi.
3.3.3. Ekskavatorni karyer yoki uyumning tagi tekislangan qattiq yoki botirilgan, ekskavatorni texnik pasportida ruxsat etilgan qiyalikda bо‘lgan pog’onasiga joylashtirish kerak.
3.3.4. Ekskavator zanjiri bosimini kо‘tara olmaydigan tuproqda ishlaganda ishlar rahbari tomonidan tasdiqlangan, ekskavatorni turg’un holatini ta’minlaydigan choralar amalga oshirilishi kerak.
3.3.5. Pog’ona qiyaligi, uyum yoki transport vositasi va ekskavator pasangisi orasidagi masofa kamida 1,0 m bо‘lishi kerak.
Ekskavator ishlayotgan paytda, uni kabinasi zaboyga qarama-qarshi tomonda bо‘lishi kerak. Ishlar xavfsizligini ta’minlaydigan qо‘shimcha choralar (pog’ona balandligini pasaytirish, ekskavator va pog’ona qiyaligi orasidagi masofani oshirish) bajarilsa, kabinani zaboy tomonga qarab joylashishiga ruxsat etiladi.

Download 35.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling