O’ziyurar skreperlar va buldozerlar
3.6.1. Traktor bilan tortiluvchi g’ildirakli skreperlarni ishlatish о‘tish qiyaliklari yuk bilan yurishda kо‘pi bilan 15 gradus va yuksiz - kо‘pi bilan 25 gradus bо‘lsa ruxsat etiladi, buldozer ishlaganda zaboy nishabini eng katta qiyaligi va uni kо‘ndalang qiyaligi tayyorlovchi-zavod belgilagan miqdordan oshmasligi kerak.
3.6.2. О‘ziyurar skreperlar va buldozerlarni pog’onaning qulash prizmasi chegarasida harakatlanishi taqiqlanadi. Skreperni bо‘shati paytida, u orqaga qiyalanib harakatlanmasligi kerak.
3.6.3. Buldozerni (traktorni) uzatma qutisi ulangan bо‘lsa, uni dvigateli ishlashiga yо‘l qо‘ymaydigan blokirovkasiz va kabinada turib dvigatelni ishga tushiradigan qurilmasiz ishlatish taqiqlanadi.
3.6.4. Buldozerni (skreperni) ta’mirlash, moylash va sozlash uchun, uni gorizontal maydonchaga о‘rnatish, pichog’i yerga yoki maxsus tayanchga tushirilgan, dvigateli о‘chirilgan bо‘lishi kerak.
Buldozerni (skreperni) qiya tekislik bо‘ylab favqulodda tо‘xtatilgan hollarda, qiyalik bо‘ylab uni о‘z-о‘zidan yurib ketishga yо‘l qо‘ymaydigan choralarni kо‘rish kerak.
3.6.5. Pichoqni tag tomonidan kо‘rikdan о‘tkazish uchun, uni ishonchli taglikka qо‘yish, dvigatelni о‘chirish kerak.
Buldozerni pichog’i taglikka qо‘yilmasdan kо‘tarilgan bо‘lsa, uni ostida turish taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |