Ma’ruza №7 Atmosferani muhofaza qilish
Download 23.7 Kb.
|
1 2
Bog'liqм7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vodorodli sulfid H 2 S.
- Qo’rg’oshin birikmalari.
- Atmosfera changlari.
NO+Oz— NO2+O2
4. Uglevodorodlar (benzin bug’lari, pentan, geksan va boshqalar). Ular inson organizmiga kuchli ta’sir yetadi. Ularning nihoyatda kichik konsentrasiyalari bosh og’rigi, bosh aylanishi kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Agar havoda benzin bug’larining konsentrasiyasi 600 mg/m3 ni tashkil etsa va inson 8 soat vaqt davomida ushbu havodan nafas olsa, unda yo’tal paydo bo’lib, bosh og’rig’iga duchor bo’ladi 5. Vodorodli sulfid H2S. Uning havodagi RECHKsi 0,008 mg/m3 ni tashkil yetadi. Ammo uning atmosfera havosi tarkibida ortib borishi bosh aylanishiga, qo’sish, darmonsizlanish va hidni sezish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. 6. Ftor birikmalari (ftorli vodorod va boshqalar). Ularning havo tarkibidagi RECHKsi 0,02 mg/m2 ni tashkil yetadi. Bu birikmalarning ta’sirida burundan qon keladi, tishlar va umuman, suyak yemirilishi mumkin, buqoq kasalligi paydo bo’ladi, oshqozon-ichak kasalliklari ko’payadi. 7. Qo’rg’oshin birikmalari. Ularning havo tarkibidagi RECHKsi 0,0003 mg/m3 ni tashkil yetadi. Atmosfera havosi tarkibidagi qo’rg’oshin birikmalari konsentrasiyasining ortishi asab kasalliklari, peshob haydash yo’llari, nafas olish yo’llariga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi. Organizmda gemoglobin miqdorini kamaytiradi. Qo’rg’oshin birikmalari nafas olish yo’llari orqali organizmga kirib borib, unda qariyb 50% uning birikmalari to’planadi. Sanoati rivojlangan shaharlarda uning konsentrasiyasi 5-38 mg/m3 ni tashkil yetadi. Xususan maktab yoshidagi bolalar uchun ular nihoyatda xavflidir. 8. Atmosfera changlari. Atmosfera havosida turli kimyoviy tarkib va xossalarga ega .bo’lgan changlar mavjud. YOqilg’ilarning to’liq yonmaganligi tufayli qorakuya paydo bo’ladi: uning 90-95% ni uglerod zarrachalari tashkil yetadi. Anorganik changlarning atmoefera havosi tarkibidagi RECHKsi 0,05 kg/m3 ni tashkil yetadi. Lekin qorakuya og’ir uglevodorodlarda va benz(a)pirenda adsorbsiya bo’lish qobiltyatiga ega. Bu esa inson uchun nihoyatda xavflidir. Zaharli changlarning o’lchamlari 0,5-10 mkm atrofida bo’ladi. SHuning uchun ular nafas olish yo’llari orqali tez organizm tarkibiga singib, turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ulug’ bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino ming yillar bundan oldin “chang va g’ubor bo’lmaganda, inson ming yil yashar edi!” deb bejiz aytmagan. Atmosfera havosining ifloslanishi o’simliklar va qishloq xo’jalik ekinlarini rivojlanishiga va mahsulot sifatiga katta salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Alyuminiy ishlab chiqarish zavodlaridan atmosfera havosiga me’yoridan ortiq chiqarilayotgan zaharli ftor birikmalari qishloq xo’jaligi mahsulotlariga va ularning sifatiga salbiy ta’sir qilayapti. Sanoati rivojlangan shaharlarda o’simliklarning rivojlanishi susayib, ba’zi daraxtlarning yashash muddati keskin kamayib bormoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, qayrag’och daraxti tabiiy sharoitda 350-400 yil umr ko’rsa, shahar hiyobonlarida 120-220 yil, serqatnov avtomagistral yo’llar atrofida esa, 40-50 yil umr ko’rar ekan. Atmosfera havosining ifloslanishi hayvonot olamiga ham salbiy ta’sir etib, ularning tez-tez zaharlanishiga, ba’zan umuman nobud bo’lishiga eabab bo’lmoqda. Atmosfera havosining turli zaharli gaz va changlar bilan ifloslanishi oqibatida asalarining qirilib ketish xavfi tug’ilmoqda. Ekolog olimlarning orasida “qaysi mintaqaning ob-havosi toza bo’lsa, laylaklar va asalari o’sha erda bo’ladi!” degan g’oyalar mavjud. Yirtqich qushlar zaharlangan o’ljalar bilan ovkatlanib, bepushtlik dardiga mubtalo bo’lganlari olimlar tomonidan kuzatilgan. Atmosfera havosi o’z-o’zini tabiiy tozalash xususiyatiga ega. Yong’ingarchiliklar havo tarkibidagi iflos moddalarni yuvib turadi, shamol esa ifloslovchi moddalarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chiradi. Tuproqqa va suv tarkibiga tushib qolgan iflos moddalar ma’lum vaqt o’tgandan so’ng reaksiyaga kirib, natijada neytrallashib qoladi .Bu jarayonlarning barchasi tabiiy holda kechadi. Agar atmosferada o’z-o’zini tozalash jarayoni bo’lmaganda edi, er sharida havo juda ifloslanib, hayot kechirish uchun katta xavf vujudga kelgan bo’lar edi. Atmosfera havosi tarkibini sekin yoqqan yomg’ir (soatiga 2 mm) 28% ga, o’simliklar 70% ga, qor esa 80-90% ga tozalaydi. Bir pushtali daraxtzorlar atmosfera havosini 10% ga, ikki pushtali daraxtzorlar esa, 65% ga tozalaydi. Bir gektar o’rmon daraxtlarining barglari atmosfera havosini 2 t ammiakdan va 80 t oltingugurt oksidi (SO2) dan tozalash qobiliyatiga ega. Atmosfera havosini tozalashda tol daraxtlari eng yaxshi tozalagich hisoblanadi. Bir gektar tolzorlar 3-4 gektar sanavbar (sosna) va archazorlarning tozalash qobilyatlarita teng tozalash qobiliyatiga ega. YAshil o’simliklar iflos havoni filtirlaydi, barglari changni ushlab qoladi, havo haroratini pasaytiradi va eng muhimi karbonat angidridi (SO2) ni yutib, fotosintez jarayoni tufayli kislorod ishlab beradi. YAshil o’simliklar, shu jumladan, daraxtzorlar 80% changni va 60% sulfat angidridini ushlab qolish qobilyatiga ega. Bo’yi 25 metrli 80-100 yoshli bitta buk daraxti soatiga 2 kg SO2 ni yutib, 2kg O2 ishlab beradi. Bir gektar qarag’ayzor 687 t SO2 ni yutib, 18 mln m2 havoni tozalash qobiliyatiga ega. 30 tup archa 10 kishini, 1 gektar archazor esa, 300 kishini sof kislorod bilan ta’minlaydi. Bir gektar archazor katta bir shahar aholisi nafas oladigan havoni tozalashga yetadigan fitonsid fermentini ishlab chiqaradi. Fitonsid fermenti yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi miqroblar va bakteriyalarni yo’qotish xususiyatiga ega. Agar o’rmon havosining 1 m2 da 100-300 ta miqroblar va bakteriyalar mavjud bo’lsa, sanoat korxonalari atrofidagi havo tarkibida ularning miqdori 6000-10000 tani tashkil etishi mumkin. Archa o’zidan xushbo’y hid tarqatish bilan birga fitonsid fermentini ajratib chiqaradi va havo tarkibini turli miqroblardan yaxshi tozalaydi. SHuning uchun archazorlarning havosi sanoati rivojlangan shaharlarning havosiga qaraganda 200 marotaba tozaroqdir. SHuni alohida ta’kidlash joizki, yashil o’simliklar atmosfera havosini tozalashdan tashqari, insonga psixofiziologik ta’sir etib, unga estetik zavq ham bag’ishlaydi. Hozirgi paytda Buxoro viloyatining barcha tumanlarida, xususan Peshku va Romitan tumanlari markazida archazorlar barpo etildi. “Universiada-2000” yoshlar sporti o’yinlarini Buxoroda o’tqazilishi munosabati bilan 1999-2000 yillar davomida shaharda archazorlarni barpo etishga kirishildi. Tuproq tarkibida yashovchi miqroorganizmlar ham atmosfera havosini zaharli chiqindilardan tozalash xususiyatiga ega. Bir gektar maydonda yashovchi mana shunday mmkroorganizmlar 8 t gacha uglerod, azot va oltiigugurt oksidlarini zararsizlantirish qobiliyatiga ega. Ammo shuni ham alohida ta’kidlash joizki, hozirgi paytda atmosfera havosining sun’iy ifloslanishi uning tabiiy tozalanishiga nisbatan ustunlik qilmoqda. “Atmosfera havosi o’z-o’zini tabiiy holda tozalanar ekan!” deb, xotirjam bo’lish nihoyatda katta salbiy oqibatlarga keltirishi mumkin. SHuning uchun atmosfera havosini sun’iy ifloslanishidan saqlash va uning tozalash yo’llarini amalga joriy etish bugungi kunnning eng dolzarb va kechiktirib bo’lmayditgan vazifalaridan bo’lib qolmoqda. Download 23.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling