2.2. innovatsion menejmentning vazifalari
Innovatsion menejmentdagi ishlab chiqarishni
boshqarish vazifalarining
tizimi 1- rasmda berilgan.
Innovatsion menejmentda boshqaruv usullarining tarkibi,
tuzilishi va
mazmunining ko’rinishlari ancha o’zgaradi: tahlil va bashorat, madellashtirishning
miqdoriy usullari, ta’sir qilishning sotsial – psixologik turlariga an’anaviy
menejmentga qaraganda ko’proq o’rin
beriladi, iqtisodiy yondashishlarning
mazmuni
boyitiladi, ma’muriy dastaklarini qo’llash uchun imkoniyatlar doirasi
torayadi.
Rejalashtirish. Rejalashtirish – bu innovatsion
menejmentning maxsus
vazifasi, u tashqi va ichki muhit omillarini tahlil qilish,
tashkilot faoliyatini
bashoratlash firma strategiyalarini amalga oshirish va qo’yilgan maqsadga
erishishni rejalashtirish bo’yicha tadbirlar tizimini boshqarishdan tashkil topadi.
Rejalashtirish jarayoni ishlarni bajarish muddatlari (qisqa
muddatli, o’rtacha
muddatli, uzoq muddatli), maqsadlar (strategic va operativ rejalashtirish),
ob’yektlar (IITKI, ishlab chiqarishlari, ta’minot, sotish va h.k. rejalashtirih). Ishlab
chiqarish omillari (uskunani modernizatsiyalash, texnologiyani
takomillashtirish,
asosiy ishlab chiqarish fondlarini yangilash, xom
ashy ova materiallar bilan
ta’minlash va h.k.) bo’yicha bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: