Ma’ruza №7 Mavzu: Genetik injeneriya va biotexnologiya Ma’ruzaning rejasi
Irsiyatni organizm darajasida qayta tuzish
Download 419.45 Kb. Pdf ko'rish
|
bio 12
Irsiyatni organizm darajasida qayta tuzish. Yangi genetik usullarning paydo
bo‘lishi bilan irsiyatni organizm darajasida qayta tuzish imkoniyati to‘g‘ildi.Dj. Gordon (1962) birinchilardan bo‘lib, voyaga etmagan baqaning (dumli davrida) epiteliya hujayra yadrosini, yadrosi olingan baqaning tuxim hujayrasiga ko‘chirib o‘tkazdi. Bunday tuxim hujayradan embrion rivojlanib, yosh dumli baqa hosil bo‘ldi. U esa voyaga etgan baqaga aylanib, ko‘paya boshladi. YAdrosiz tuxim hujayraga shu organizmning somatik hujayra yadrosini ko‘chirib o‘tkazish bilan genotipi bir xil bo‘lgan organizmlarni olish mumkin. Agar shu usulni sutemizuvchilarda o‘tkazilsa,juda katta amaliy foydaga erishish mumkin. CHunki qoramollar, qo‘ylar va boshqa qishloq ho‘jalik hayvonlari orasida sersut, seryog‘, serjun, go‘shtdorlari uchraydi. Jinsiy ko‘payish paytida bu yaxshi belgilar yuzaga chiqmasligi mumkin. Sermahsul hisoblangan bitta hayvon somatik hujayrasidan olingan diploid yadroni ko‘plab yadrosiz tuxim hujayralarga o‘tkazib, sermahsul hayvonlar sonini ko‘paytirish mumkin. Lekin bu usulni yuqori organizmlarda qo‘llash ancha noqulay, chunki ularning tuxim hujayrasi baqanikiga o‘xshash otalanishi va rivojlanishi suvda kechmaydi, shuning uchun somatik hujayra yadrosini o‘ziga qabul qilgan tuxim hujayrani hayvonlarning bachadoniga o‘tkazish kerak bo‘ladi. Organizm darajasida o‘tkazilgan genetik injeneriyaga E.Mak-Lorenning allofen ( organizmida har xil irsiy omili bo‘lgan organizmlar) sichqonlarni yaratish tajribasini ko‘rsatish mumkin. Embrioni 8 ta blastomera holatida bo‘lgan organizm embrioniga pronaza fermentini ta’sir ettirib, blastomerlarini alohida-alohida qilib ajratiladi. SHu usul bilan bir-biridan ajratilgan bitta sichqonning embrion blastomerlari boshqa sichqonning shu yo‘lda ajratilgan blastomerlariga qo‘shiladi va ulardan yaxlit embrion olinadi. Rasmda oq va qora sichqon blastomerlarining qo‘shilishidan olachipor (allofen) sichqonning paydo bo‘lishi ko‘rsatilgan. Qora va oq sichqonlar blastomerlarining birga qo‘shilishidan hosil bo‘lgan murtakni gastrulyasiya davrida probirkadan urg‘ochi sichqonning bachadoniga ko‘chirib o‘tkazildi. SHu murtakdan rivojlangan sichqon bolasida har ikki ota-onaning ham genetik xusisiyatlar paydo bo‘lib, rangi olachipor bo‘ladi. Allofen sichqonlarni 3 ta, 4 ta va undan ham ortiq organizmlar embrionining blastomerlarini qo‘shib ham olish mumkin. Download 419.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling