Ma’ruza №7 Mavzu: Genetik injeneriya va biotexnologiya Ma’ruzaning rejasi
Irsiyatni populyasiya darajasida qayta qurish
Download 419.45 Kb. Pdf ko'rish
|
bio 12
Irsiyatni populyasiya darajasida qayta qurish. Hozirgi kunda tibbiyotdagi
ko‘pgina jarayonlar ( tibbiy-genetik maslahat, yosh bolalarning o‘limiga qarshi kurash, odamlarda to‘g‘ilishni boshqarish va boshqalar) odam populyasiyalari genofondiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Angliyada 1978 yili P.Stentou va R.Edvarslar probirkalarda tuxim hujayralarni urug‘lantirib va shu urug‘langan tuxim hujayrani uch kundan keyin ayol bachadoniga ko‘chirib o‘tkazdilar. Oradan to‘qqiz oy o‘tgach onadan sog‘lom qizaloq to‘g‘ildi. Hozirgi kunda faqat AQSH ning o‘zida har yili 25 mingga yaqin farzandli bo‘lmoqda. Buning uchun sog‘lom erkaklardan urug‘ olinib maxsus idishlarda saqlanadi. Bu masalalar metodik tamonidan yaxshi hal qilingan bo‘lsada, uning etika masalalari echilgan emas, ( masalan urug‘ni kimdan olish kerak va hakozalar). Lekin tibbiy-genetik maslahatlar tufayli irsiy kasalliklarning oldi olinmoqda. G.Fink bakteriyadagi leysin aminokislotasini hosil bo‘lishini boshqarib turuvchi genni shunday geni bo‘lmagan zamburg‘ hujayrasiga o‘tkazdi. 1971 yili amerikalik olimlar K. Merill, Geyer va Petrichchiani ichak bakteriyasidagi galaktoza –I –fosfat uridiltransferaza genini sun’iy o‘stirilayotgan odam hujayralariga o‘tkazdilar. Bu bilan olimlar moddalar almashinuvining buzilishiga olib keladigan og‘ir tug‘ma kasalliklarni davolash uchun yo‘l ochdilar. Hozirgi
kunda ayrim genlarni sintez qilishning bir qancha usullari ishlab chiqildi. Masalan quyonning qizil qon tanachalaridan poliribosomalar, ulardan esa globin i-RNK si (gemoglobinning oqsil qismi) ajratib olindi. SHundan keyin DNK polimerazaning RNK –tobe virus fermenti yordamida birinchi bo‘lib ana shu i-RNK ning DNK nuxsasini sintez qildilar. Irsiy kasalliklarni davolashda har xil biologik faol moddalar kerak bo‘ladi. Agar bu moddalar odamning o‘zidan olinsa odamlarga har xil viruslarning yuqish xavfi to‘g‘iladi. Masalan gemofiliya kasalligini davolash uchun odam qonidan ishlab chiqilgan dorilar tarkibidan SPID kasalligining virusi topilgan. Biologik faol moddalarni hayvon hujayrasidan olinib keyin odamga yuborilsa retsipientning immunologik sistemasi bu moddalarni qabul qilmasligi mumkin. SHuning uchun bu biologik faol moddalar faqat odamniki bo‘lishi kerak. Bu masalani ya’ni toza biologik moddani hosil qilishni faqat genetik injeneriya usullari yordamidagina hal qilish mumkin. Hozirgi kunda gen injeneriyasi usullaridan foydalanilgan holda tibbiyotda ishlatiladigan o‘nga yaqin oqsillar sintez qilinmoqda (insulin, o‘stiruvchi gormon, interferon,interleykin,profirinolizinni faollashtiruvchi oqsil, V-gepatitga qarshi vaksina, yashur kasalligiga qarshi vaksina, a-antitripsin, gemofiliya kasalini davolashda ishlatiladigan IX va WIII qon omillari). Gen injeneriyasidan yana tibbiyotda irsiy kasalliklarni aniqlashda ham foydalaniladi. Normadagi genning nukleotidlar tartibini bilgan holda, u o‘zgarganda undagi nukleotidlarni joylashish tartibining o‘zgarishi aniqlandi. Biotexnologiya. 1970 yillari molekulyar genetika,hujayra biologiyasi va biokimyo yutuqlariga asoslangan ishlab chiqarish usuli - biotexnologiya paydo bo‘ldi.Lekin biologik usulda ishlab chiqarish jarayoni qadim zamonlardan ma’lum bo‘lib,insoniyat xayotiy jarayonlar asosida ongsiz ravishda sutdan qatiq,buo‘doydan bo‘za va xamirturush,meva sharbatlaridan sharob yoki sirka tayerlashni bilganlar. Non, vino, sut mahsulotlari, pishloq ishlab chiqarish va boshqalar biotexnologik jarayonlar bo‘lib, boshqa ishlab chiqarish usullariga qaraganda energiya va xom ashyoni ko‘p talab qilmaydi. Biotexnologiyaning yana bir qulaylik tomoni shundaki bu jarayon natijasida hosil bo‘lgan chiqindilar kam va ular albatta yana bir boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi. Biotexnologiya keyingi yillarda genetik injeneriyaning yutuqlariga suyangan holda yanada rivojlanmoqda. DNK molekulasini ishlab chiqaruvchi tarmoqlar yaratila boshlandi. °ozirgi kunda biotexnologiya usullari asosida 4500gayaqin antibiotiklar olinadi. Bu muammolarni birinchisi hal qilinmoqda, lekii ikkinchisi hamma vaqt ham amalga oshmayapti. Boshoqli don ekinlarida hujayradan o’simlik olish qiyin amalga oshmoqda Inson uchun zarur bo’lgan moddalarni hujayra injenerligi va biotexnologik usullar yordamida keng miqyosida ishlab chiqarish
|
ma'muriyatiga murojaat qiling