Ma’ruza №7 qattiq jismlarning deformatsiyalanishi
Barometrik formula. Boltsman taqsimoti
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika I Sem. 6-12
Barometrik formula. Boltsman taqsimoti.
Gazlar molekulyar - kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi va molekulalarning tezliklarga bog’liq Maksvell taqsimotini keltirib chiqarishda gaz molekulalariga tashqi kuchlar ta’sir etmaydi deb faraz qilingan edi. shuning uchun molekulalarni hajm bo’yicha bir tekis taqsimlangan, deb hisobladik. Ammo, istalgan gaz molekulalari Yerning, tortishish xususiyatiga ega bo’lgan, potentsial maydoni ta’sirida bo’ladi. Bir tarafdan gravitatsiyaviy tortishish va ikkinchi tarafdan molekulalarning issiqlik harakati gazning qandaydir statsionar holatga, ya’ni bosimning balandlik bo’yicha kamayishiga olib keladi.
Barcha molekulalar massalarini bir xil, havo temperaturasini o’zgarmas, tortishish maydonini bir jinsli, deb hisoblaymiz. Agarda h balandlikda atmosfera bosimi ga teng bo’lsa, balandlikda esa bosim
balandlikdagi bosimlar farqi, asosi birlik yuza, balandligi ga teng bo’lgan silindr hajmida joylashgan gaz og’irligiga teng bo’ladi:
bu yerda balandlikdagi gazning zichligidir ( juda kichik bo’lgani uchun, balandlik o’zgaradigan sohada gaz zichligini o’zgarmas, deb hisoblanadi). Demak,
Ideal gazning holat tenglamasidan
foydalanib, gaz zichligini quyidagicha ifodalaymiz:
Bu ifodani (12.9) – tenglikka qo’ysak,
ga ega bo’lamiz.
Bu tenglikni
gacha va
dan
gacha sohalar bo’yicha integrallasak, quyidagi ifodani keltirib chiqamiz.
va bundan
ga teng ekanligini aniqlaymiz. (12.10) – ifoda barometrik formula deb ataladi. Bu formula balandlikka bog’liq atmosfera bosimini yoki bosim aniq bo’lganda balandlik qiymatini topish imkoniyatlarini beradi. Balandlik doimo dengiz sathiga nisbatan olinishini eslasak, dengiz sathida bosimni normal atmosfera bosimi deb hisoblaymiz. U holda (12.10) - ifodani quyidagicha qayta yozish mumkin:
bo’lishni e’tiborga olsak, gazning kontsentratsiyasini balandlikka bog’liq ifodasini keltirib chiqarishimiz mumkin:
Bu yerda
molekulaning gravitatsiyaviy tortishish maydonidagi potentsial energiyasidir. Bu (12.12) ifoda tashqi potentsial maydonidagi Boltsman taqsimoti deb ataladi. Agarda zarrachalar massalari bir xil bo’lib, tartibsiz issiqlik harakatida bo’lsalar, (12.12) – Boltsman taqsimoti istalgan tashqi potentsial maydon uchun ham o’rinlidir. Bu yerda tashqi potentsial maydon faqat tortishish kuchi ta’sirini emas, balki boshqa kuchlar ta’sirini (elektr, magnit va boshqa potentsial maydonlarni) inobatga oladi.
Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling