Ma’ruza №7 qattiq jismlarning deformatsiyalanishi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/55
Sana05.01.2022
Hajmi1.22 Mb.
#208807
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Fizika I Sem. 6-12



 

Ma’ruza  № 7 

QATTIQ JISMLARNING DEFORMATSIYALANISHI 

 

 



Reja: 

1. 


Qattiq jismlarning elastik deformatsiyalanish turlari. 

2. 


Cho’zilish, siljjish, buralish va egilish deformatsiyalari. Guk qonuni. 

3. 


Moddalarning cho’zilish diagrammasi. 

4. 


Moddalarning elastikligi, plastikligi, qattiqligi va mo’rtligi. 

5. 


Elastik deformatsiyalangandagi energiya. 

 

 



Qattiq jismlarning elastik deformatsiyalanish turlari. 

 

Tashqi  kuch  ta’sirida  jismning  shakli  va  o’lchamlarining  o’zgarishi  deformatsiya  deb  ataladi. 



Deformatsiya  elastik  va  plastik  bo’lib  bo’linadi.  Jismning  cho’zilish,  siljjish,  buralish  va  egilish 

deformatsiyalari mavjud. 

Jismga  kuch  ta’sirida  qanday  deformatsiya  turlari  vujudga  kelishini  aniqlaylik.  Kuch  ta’sirida 

jism deformatsiyalanadi, ya’ni uning o’lchamlari va shakli o’zgaradi. Agarda deformatsiyani vujudga 

keltirgan  kuch  to’xtatilgandan  keyin  jism  avvalgi  holatini,  ya’ni  o’lchamlarin  va  shaklini  saqlasa, 

jismning  bunday  deformatsiyasi  elastik  degormatsiya  deb  ataladi.  Asosiy  elastik  deformatsiyalarni 

kuzatish bilan cheklanaylik. 

Agarda  deformatsiyani  vujudga  keltiradigan  kuch  har  bir  jism  uchun  aniqlangan 

deformatsiyalanish  chegarasidan  katta  yoki  ortiq  bo’lmasa  ushbu  holatda  elastic  deformatsiya  yuz 

beradi. Ushbu deformatsiyalanish chegarasining ortishida jismga ta’sir qilayotgan kuch to’xtatilgandan 

keyin ham jismda saqlanib qoluvchi qoldiq yoki plastik deformatsiya bo’ladi.  

Qattiq  jismning  barcha  yuz  berishi  mumkin  bo’lgan  elastik  deformatsiyalarining  turlari  ikkita 

asosiy cho’zilish (yoki siqilish) va siljish deformatsiyalariga olib kelinishi mumkin. 

 


Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling