Ma’ruza №7. Yerning ichki (endogen) geodinamik jarayonlari reja


Download 22.77 Kb.
bet4/5
Sana30.10.2023
Hajmi22.77 Kb.
#1734581
1   2   3   4   5
Bog'liq
7 г

Zilzilaning sabablari.
Zilzila ro‘y berish sababiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: a) Yer po‘stining o‘pirilishi natijasida bo‘ladigan zilzila; b) vulqon harakati natijasida bo‘ladigan zilzila; d) tog‘hosilqilish jarayoni natijasida bo‘ladigan tektonik zilzila va e) odatdagi tektonik zilziladan farq qiluvchi chuqurdan bo‘ladigan yoki plutonik zilzila.
O‘pirilish zilzilalari. “Yer osti suvlarining magmatic ishi” temasida Yer qatlamlari Yer osti suvi ta’siri natijasida katta-katta chuqur g‘orlar kabi bo‘shliqlar hosil qilishini ko‘rsatib o‘tgan edik. Bunday joylarni tekshirish hali tugagani yo‘q, Karst relyefi shakllari, shu jumladan, g‘orlarning ba’zilari juda katta bo‘lib, ularning tepa qismi Yer osti suvlari ta’sirida o‘pirilib tushadi. O‘pirilgan joylarda ba’zan kul yoki voronkasimon katta chuqurlik hosil bo‘ladi. O‘pirilish zarbasi natijasida Yer larzaga keladi. O‘pirilish zarbasidan aholi zarar ko’rishi mumkin. Bunday zilzilalar o‘chog‘i (bo‘shliq) odatda Yer yuzasiga juda yaqin bo‘ladi. Tog‘yon bagirlari qulashi natijasida ham xuddi shunday zilzilalar bo‘lib turadi. Masalan, Tojikistonda tog‘yon bag‘ri qulashi natijasida Pomir tog‘idagi Sarez ko‘li va boshqa ba’zi ko‘llar hosil bo‘lgan. Issiq ko‘lning janubiy qismida o‘pirilish natijasida zilzila bo‘lgan. 1914-yilda Xarkov shahri ostida tuzlarning yuvilishidan yer o‘pirilib, 7 balli zilzila yuz bergan.
Vulqonli zilzilalar. So‘nmagan vulqonlarning harakati natijasida ham zilzila bo‘lib turadi. Bunday zilzila faqat vulqonli o‘lkalarga xosdir. Vulqon harakatlanib turgan o‘lkalarda zilzila kuchi 5-6 balldan (ba’zilarini hisobga olmaganda) oshmaydi. Masalan, Tinch okean atrofidagi orol va yarim orollar: Kamchatka yarim oroli, Kuril, Xokkaydo orollari shular jumlasidandir. Bu yerlarda zilzila o‘chog‘I 600 km chuqurlikdadir. Qattiq qizib kyetgan suyuq lavalardan ajralib chiquvchi gaz va bug‘ Yer ostidan dahshatli kuch bilan otilib chiqishi natijasida kuchli zilzila yuz beradi. Vulqonik zilzilalar gipotsentri odatda juda chuqurda (600 km) bo‘ladi. Bunday zilzilalar aholi yashaydigan joydan chetda bo‘lgani uchun katta zarar, yetkazmaydi va mahalliy ahamiyatga egadir.

Download 22.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling