Ma’ruza №7. Yerning ichki (endogen) geodinamik jarayonlari reja
Download 22.77 Kb.
|
7 г
MA’RUZA №7. YERNING ICHKI (ENDOGEN) GEODINAMIK JARAYONLARI Reja: 1.Tektonik harakatlar va tektonik strukturalar 2.Effuziv magmatizm-vulkanizm 3. Metamorfizm. Tayanch so’z va iboralar: Endogen geologik jarayon, magmatizm, metamorfizm, zilzila, vulqon, metamorfizm. Yerning ichki qismida bo‘ladigan geologik jarayonlar endogen jarayonlari deb ataladi, Yerning tashqi kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar esa ekzogen geologik jarayonlar deb ataladi. Endogen geologik jarayonlar magmatizm, metamorfizm va Yer po‘stining deformatsiyasi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ular ta’sirida Yerdagi materiya qayta taqsimlanadi, foydali qazilma konlari vujudga keladi, zilzilalar va vulqon harakatlari ro‘y beradi. Endogen jarayonlar natijasida tog‘lar va vodiylar yuzaga keladi, bu esa Yer po‘sti kimyoviy tarkibini va Yerning shaklining o‘zgarishiga olib keladi. Magmatizm va vulqonizm Yerning ostidan chiqayotgan qaynoq silikatli gazlarga boy eritma magma deb ataladi. Hozirgi tasavvurlarga ko‘ra Yer umuman qattiq jism. 50 km chuqurlikda harorat 15000C atrofida bo‘ladi. Yerning ustida bunday haroratda har qanday jism suyuq holatda bo‘lar edi, lekin bu chuqirlikdagi Yuqori bosim jinslarni qattiq holatda ushlab turadi. Shuning uchun Yerning ichida termodinamik muvozanat mavjud. Bu muvozanatning buzilishi magma hosil bo‘lishiga olib keladi. Litosferaning quyi chegarasi to‘g‘risida biz aniq tasavvurga ega emasligimiz Yuqorida ko‘rsatilgan edi. Yer yuzasiga oqib chiqadigan lava planetamiz ichki qismida tosh massalarining erigan holatda bo‘lishini ta’minlaydigan harorat hukm surayotganligini ko‘rsatadi. Biroq, vulqon hodisalari nomi bilan yuritiladigan bu hodisalar Yer yuzasining faqat ma’lum bir joylardagina kuzatiladi. Bu esa vulqonlar ayrim-ayrim manbalardan ta’minlanadi deb uylashga va Yer bag‘rida yaxlit erigan olovday qizigan suyuq qobiq-pirosferaning borligini rad qilishga olib keladi. Magmaning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon va hodisalar magmatizm deb ataladi. Magmaning litosfera qatlamlariga o‘tish (kirish, intruziya) hollarini Plutonizm (qadimgi yunonlarning tasavvurlariga ko‘ra Pluton Yer ostidagi dunyo xudosi), magmaning erigan massalarining Yer yuzasiga oqib chiqishi hollarini esa vulqonizm (Vulqonizm mifologiyasida o‘t xudosi) deb ataladi. Otilib chiqqan va o‘zidagi bir necha komponentlarni, asosan gazlarni yo‘qotgan magma lava deb ataladi. Vulqon hodisalari tabiat kuchlarining eng zo‘ri va dahshatli ko‘rinishlaridan biridir. Aholi yashaydigan erlarda joylashgan ko‘pgina vulqonlar atrofidagi aholiga katta ofatlar keltirgan. Shuning uchun vulqonlar qadimdan beri diqqatni jalb qilgan va hatto uzoq o‘tmishdagi vulqonlarning faoliyati to‘g‘risida ham juda ko‘p ma’- lumotlar to‘plangan. Bunga Apenin yarim orolidagi Neapol qo‘ltig‘Iqirg‘og‘ida joylashgan va vulqonlardan eng mashhuri bo‘lgan Vezuviy misol bo‘lishi mumkin. Solnomachilarning ko‘rsatishicha, bu vulqonning ancha tekis bo‘lgan kraterida harbiy komandalar mashg‘ulot o‘tkazib turgan, yon bag‘irlari esa o‘rmonlar bilan qoplangan. Eramizning 73–yilida vulqon to‘satdan harakatga kelgan, ko‘p miqdorda lava oqimlari Yer yuzasiga oqib chiqqan va havoga kul massasi otilib chiqqan. Ba’zan vulqonlarning tuzilishi juda assimetrik bo‘ladi. Ba’zan, agmatic bir necha o‘n kilometrga boradigan katta krater kaldera deb ataladi. Vezuviyni yarim halqa shaklida o‘rab turgan kal’dera qoldiqlari Sopka deb ataladi. Vulqon otilishi doimo bir xil intensivlikda yuz bermaydi. Deyarli har bir vulqon boshqalardan o‘z faoliyatining har akteri bilan farq qiladi: bundan tashqari, bu faoliyatning kuchayishi va pasayishi bosqichlarini kuzatish mumkin. Download 22.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling