Ma’ruza №7. Yerning ichki (endogen) geodinamik jarayonlari reja


Download 22.77 Kb.
bet5/5
Sana30.10.2023
Hajmi22.77 Kb.
#1734581
1   2   3   4   5
Bog'liq
7 г

Tektonik zilzilalar. Yer qatlamlarini o‘zgartiradigan tog‘ hosil qiluvchi energiya (kuch) zarbidan ham zilzila hosil bo‘ladi. Tektonik jarayon natijasida tog‘ hosil bo‘ladi, Yer po‘stida qatlamlar bukiladi, siqiladi, yoriladi, uziladi va boshqa xil strukturalar paydo bo‘ladi. Tog‘li o‘lkalarda, masalan, Alp, Tyanshan, Pomir, Kavkaz, And, Kordilera va boshqa o‘lkalarda yer hozirgi vaqtda ham tez-tez tebranib turadi. Bu o‘lkalardagi zilzila to‘lqinining kuchi avvalgilaridan ancha kuchli bo‘lib, xalq xo‘jaligiga ko‘p zarar yetkazadi. Tektonik zilzila harakati Yer po‘stini tashkil etuvchi massalar tadrijiy taraqqiyotda ekanligini ko’rsatadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘lkalardagi Yer qatlamlarining yaxlit-yaxlit bo‘lib ajralishi tektonik harakat ta’sirida vujudga keladi. Bu harakat oqibatida vaqt-vaqti bilan atrofga goh kuchli, goh kuchsiz seysmik to‘lqin tarqaladi. Tektonik zilzilada Yer sharida ayrim uchastkalarda, ya’ni Yer po‘stining geosinklinal (magmati, bo‘shroq) deb ataladigan joylarida bo‘lib turadi. Tektonik zilzila keng tarqalgan va eng dahshatli hamda vayron qiluvchi zilziladir. Yer sharida bo‘ladigan dahshatli, vayron qiluvchi zilzilalarning 90 foiziga Yaqinini tektonik zilzila tashkil etadi.
Zilzila oqibatlari. Tabiatning dahshatli hodisalari ta’sirida zilzila bo‘lib turadigan o‘lkalarda faqat Yer po‘sti va Yer qatlamlari o‘zgartiribgina qolmay, balki aholiga va ularning uy-joylariga, shaharlarga katta zarar yetadi. Zilzila vaqtida uning kuchli harakatidan binolar vayron bo‘ladi, yong‘in chiqadi.


Metamorfizm

“Metamorfizm” so‘zi avval mavjud bo‘lgan tog‘ jinslarining keyinchalik fizik-kimyoviy muhitning o‘zgarishi ta’siri ostida struktura va mineral tarkibining o‘zgarishi uchun sabab bo‘ladigan hamma jarayonlarni anglatadi. Bu jarayonlarda harorat bilan bosim va shuningdek Yer qa’ridan tog‘ jinslaridagi darz-bo‘shliqlar bo‘ylab siljib chiqadigan issiq suv-eritmalar ayniqsa muhim rol’ o‘ynaydi. Haroratning ko‘tarilishiga jinslarning Yer po‘stida sodir bo‘ladigan magmatic jarayonlar natijasida katta chuqurliklarga cho‘kib ketishi, radiofaol parchalanish, ekzotermik reaksiyalar, magmatic massa sabab bo‘lishi mumkin. Shu jarayonlarning hammasini umum ta’siri geotermik gradiyent deb aytiladigan yerning ichki energiyasi ta’siridan iboratdir.


Qadimiy shit va platformalar oblastlarida magmatic gradiyentning qimmati 10-30 gradus/km to‘g‘ri keladi. Faol tektonik va magmatic jarayonlar ta’sir etuvchi yosh davr geosinklinal zonalarida bu miqdor 50- 80 gradus/km gacha ko‘tariladi. Harorat shu jarayonda sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalarning tezligini va jinslarning qayta kristallanish darajasini keskin oshiruvchi, shuningdek minerallarning ma’lum paragenetik assotsiatsiyalarini yuzaga keltiruvchi metamorfizmning eng muhim omilidir.
Haroratning ta’siri bilan bir qatorda metamorfik o‘zgarishlar uchun gidrostatik va bir tomonlama(stress) bosimlar ham katta rol o‘ynaydi. Gidrostatik bosim yuqorida yotuvchi jins qatlamlarning ostki qism qatlamlariga ko‘rsatgan ta’sir kuchi bilan aniqlanadi va u kontinentlar ostida 270 at/km gacha ko‘tarilib, 10 km. chuqurlikda 2700 atmosferaga yetadi.
Gidrostatik bosimning kuchi ma’lum chuqurlikdagi suv bug‘larining partsial bosimi PH2O qiymati va karbonat kislota partsial’ bosimi qiymatiga bilan bog‘liq. Bu komponentlar suvli birikmalarning va karbonat minerallarning kimyoviy parchalanishi natijasida ajraladi. O‘zgarmas haroratda gidrostatik bosimning orta borishi solishtirma og‘irligi katta, erish harorati yuqori bo‘lgan minerallarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi va massiv strukturali tog‘jinslarining shakllanishiga sharoit yaratiladi. Bir tomonlama bosim stress-tektonik sabablarga ko‘ra yuzaga keladi. Birmuncha aniq bilinadigan stress harakatchan zonalarning yuqori struktur qavatlarida namoyon bo‘ladi va 10 km dan ortiq bo‘lgan chuqurliklarda u gidrostatik bosimga aylanib sezilmay qoladi. Stress tog‘jinslarini sindirib-maydalab metamorfiklovchi eritmalar sirkulyatsiyasini osonlashtiradi, minerallarning eruvchanligini ortib o‘sha jinslarning qayta kristallanishiga yordam beradi. Stress ta’siridagi muhitda metamorfik jinslarning o‘ziga xos struktur-tekstur xususiyatlari shakllanadi.
Amfibollar, disten, glaukofan, sillimonit kabi minerallar yuzaga keladi. Yoki slyudalar, xloritlar kabi minerallarda ta’sir etuvchi bosim yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda ulanish tekisligi (slanessimon tekstura) namoyon bo‘ladi. Tog‘jinslarining g‘ovak-bo‘shliqlaridagi eritma va gazlar tarkibidagi faol kimyoviy moddalar qatoriga avvalo hamma suv va karbonat kislotalar kiritiladi.
Shuniningdek, vodorod, azot, xlor, ftor, oltingugurt, bor, fosfor, kaliy, natriy va boshqa elementlarning birikmalari ham birmuncha muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Mantiya moddalarining gazsimonlanish jarayoni gidrooqsilli minerallarning degidrotatsiyasi (suvsizlanishi) magmatic qotishmalar haroratini pasaytiruvchi suv manbai bo‘lib hizmat qiladi. Birlamchi cho‘kindi jinslar tarkibida saqlanib qolgan qoldiq namlik ham bu jarayonda katta rol o‘ynaydi. Karbonat kislotaning asosiy manbai karbonatlarining kimyoviy parchalanish jarayonidir. Karbonat eritmalarning magmatic manbalari ham ancha muhim ahamiyatga ega.
Boshqa kimyoviy faol moddalar litosfera jinslaridan ajralib chiqadi vaagmatic qotishmalarning gaz yoki suvli emanatsiyalari bilan birga shu jarayonda ishtirok yetadi.
Metamorfogen eritmalar yuqori bosimli oblastlardan past bosimli zonalariga siljib, o‘zi bilan birga issiqlik va kimyoviy elementlarni ham olib boradi. Shu bilan birga gaz-larning bug‘bosimlarining ortishiga va minerallar eruvchanligining pasayishiga sabab bo‘ladi. Shularning hammasi metamorfilanuvchi jinslarning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Metamorfizmning umuman hammasi shu jarayonda ishtirok yetadigan faktorlarning turiga, kuchiga va metamorfizm natijasida yuzaga keladigan tog‘jinsining umumiy tipiga qarab bir necha turlarga bo‘linishi mumkin.


Muhokama uchun savollar:



  1. Yer qobig’ining tebranma harakat elektrogenez nima?

  2. Endogen jarayonlarga qanday jarayonlar kiradi?

  3. Yer qimirlashiga sabab bo’luvchi omillar?

  4. Vulqonlar otilganda uni mahsulotlari qanday tarkibda yer yuzasiga chiqadi?

  5. Lavani yer yuzasiga chiqmay qotib qolishi nima deb ataladi?

  6. Vulkanizm deb nimaga aytiladi?

Download 22.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling