Ma’ruza №8-9 Mavzu. Polimer pardozlash materiallari xom ashyosi. Polimer pardozlash materiallarining xossalari
Download 97.62 Kb. Pdf ko'rish
|
8-9-maruza
Mayda kukun to‘ldirgichlar.
Polimer materiallarning tarkibidagi asosiy tashkil qiluvchilardan biri to‘ldirgichlardir. To‘ldirgichlar polimerlarni torayishini (10-18% ga) kamaytiradi, qattiqligini oshiradi, mustahkamligini, issiqqa chidamligini oshiradi, narxini arzonlashtiradi, polimer sarfi 1,5- 3 marta kamayadi. To‘ldirgich turi polimer mustahkamligini belgilaydi. Kukun to‘ldirgich organik va anorganik bo‘ladi. Organiklar: linter (paxta momig‘i), Yog‘och kukuni, qipiq, qirindi, sellyuloza zavodi chiqindisi-lignin, bakelit kukuni (plastmassa qoldig’i kukuni), qog‘oz, ip-gazlama, sintetik tolalar; Anorganiklari-asbest tolasi, asbest to‘qima gazmol, shisha tola, shisha gazmol, talk, slyuda, changsimon kvars, kaolin, mo‘miyo, litopon , grafit, kul va x.k. To‘ldirgichlar strukturasiga qarab 3 ga bo‘linadi: a) kukunsimon-Yog‘och uni, sellyuloza, slyuda, kvars uni, maydalangan bo‘r, kaolin talk; b) tolasimon-paxta momig‘i, asbest, shisha va sintetik tolalar; v) listsimon-qog‘oz, gazmol va b.q. Turli to‘ldirgichlar turlicha xossasini o‘zgartiradi: kukunsimon-qattiqlik va R siq oshiradi: tolasimon-egilishga mustahkamlikni oshiradi listligi-R eg. yana ham oshiradi. Plastifiqatorlar-makromalekulalarni bir-biri bilan o‘zaro siljishini yaxshilaydi, elastikligi, qayishqoqligi oshadi, polimerga ishlov berish osonlashadi. Ular asosan spirt va kislotalarni murakkab efirlari bo‘ladi, polimerga 5-40% qo‘shiladi. Stabilizatorlar-issiqlik va nur ta’sirida polimerni eskirishini oldini olishi uchun qo‘shiladi. Polimerlardan buyum olish usullari. 1. Valsovka qilish (yoyish). Asosli linoleum Shu yo‘l bilan olinadi. Smola, kukun to‘ldirgichlar, plastifiqator, dubutilftalat, pigment qo‘shimchalari qorg‘ichda aralashtiriladi va tayyor qorishma Yurib turgan to‘qimaga bir tekisda surkaladi. Termokamerada qizigan valets (o‘qlov) yordamida 140-145 0 S temperatura ostida zichlashtiriladi. 2. Kalandrlash (bosim bilan yoyish). Bir va ko‘p qavatli asossiz linoleumlar shu usulda olinadi. O‘qlovlarda 155-160 0 C va 150 atmos. bosim ostida aralashma qotadi. 3.Ekstruziya usuli. Bunda plastik xolatdagi material ma’lum shakldagi teshik orqali uzluksiz ravishda bosim bilan siqib chiqaziladi. Uzunasiga ulchanadigan buyumlar, quvurlar shu yo‘l bilan olinadi. Polietilen pardalar , linoleum va sh.k. 4. Bosim ostida qo‘yish. Polistirol, sopolimer, polietilen singari termoplastik smolalardan buyum tayyorlashda shu usul qo‘llaniladi. Termoplastik polimer granula xolatda qizdirish silindrda (170-240 0 S) eritiladi. Keyin erigan polimer bo‘tqa plunjer yordamida 35-70 atm bosim ostida press qolibga sochratib sepiladi. Buyum qolipda 20- 25 sekund saqlanadi keyin press qolip sovutilib, buyum ajratib olinadi. 5. Presslash usuli-bunda asosan termoreaktiv polimerlar isitiladigan gidravlik presslar yordamida qolipda presslab olinadi. Bu usulda qatlamli plastmassalar yog‘och-tola va yog‘och-payraxa plitalar (DVP, DSP) olinadi. 6. Kontakli qoliplash. 1 Maket yoki andazaga smola (poliefir yoki epoksid) shimdirilgan Shisha tola yotqiziladi va roliklar yordamida tekislab bostiriladi. 2. Andazaga yotqizilgan shisha plastik polimer bo‘tqa elastik pardalar yordamida vaqum kuchi bilan buyum hosil qilinadi. 7. Plastiklarni ko‘pirtirish. Ko‘pirgan smolaga qo‘shiladigan maxsus qotirgich qo‘shilmalar yordamida qotiriladi. Download 97.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling