Ma’ruza №8-9 Mavzu. Polimer pardozlash materiallari xom ashyosi. Polimer pardozlash materiallarining xossalari
Issiqlik izolyasiya plastmassalari
Download 97.62 Kb. Pdf ko'rish
|
8-9-maruza
Issiqlik izolyasiya plastmassalari Issiqlik izolyasiya plastmassalar deb, sintetik smolalardan olinuvchi organik yuqori g‘ovak materiallarga aytiladi, ular qurilish, sanoat va boshqa texnika sohalarida issiqlik izolyasiyasi uchun ishlatiladi. Issiqlik izolyasiya plastmassalar yana gaz to‘ldirilgan yoki ko‘pirtirilgan plastmassalar, ko‘pikplast yoki g‘ovakli plastlar ham deb nomlanadi. Issiqlik izolyasiya plastmassalar klassifikatsiyasi sxemasi Turlari . Issiqlik izolyasion plastmassalarni turli polimerlardan tayyorlanadi. Issiqlik izolyasiya plastmassalarni alohida guruhlarga bo‘lishning asosiy klassifikatsion belgilari quyidagilar: a) material olish uchun qo‘llanuvchi asosiy xom ashyo turi; b) material olish usuli; v) g’ovak harakteri va hajmiy og‘irligi; g) issiqlik izolyasiya plastmassalar ahamiyati va qo‘llash sohasi. Ko‘pikli plastmassalar quyidagilarga bo‘linadi: a) boshlang‘ich polimerlar turi bo‘yicha: 1. Polimerizatsiyalashgan; 2. Polikondensatsion; b) hajmiy og‘irligiga ko‘ra: 1. Yengil; 2. Yengillashgan. Boshlang‘ich polimer hajmiy og‘irligi yarmidan kichik hajmiy og‘irlikka egalari yengil ko‘pikli plastmassalar, polimer hajmiy og‘irligi yarmidan katta hajmiy og‘irlikka egalari esa yengillashgan ko‘pikli plastmassalar deyiladi. v) olish usuliga ko‘ra: 1) presslangan; 2) preslanmagan; 3) quyilgan va sepilgan; g) qotirish usuliga ko‘ra: 1) sovuq qotirish; 2) issiq qotirish; Polimerlashgan polimerlar Polikondensasion polimerlar Termoplastik penoplastlar Termoreaktiv penoplastlar Pressli usul Pressiz usul Quyish va purkash usuli Yopiq g’ovakli Aralash g’ovakli Tovush izolyasion uchun Issiqlik izolyalyasiya uchun Sanoat va fuqaro qurilish Sanoat uskunalari va quvurlar Muzlatgichlar Transport vositalari 9-1--rasm.Sotoviy plastmassalar пластмассалар d) fizik strukturasiga ko‘ra, gaz to‘ldirilgan plastmassalar quyidagilarga bo‘linadi: 1) g‘ovak plastmassalar (ko‘pikplastlar), ular mayda yopiq g‘ovak tuzilishi bilan harakterlanadi; 2) g‘ovak (g‘ovakplastlar) – birlashgan g‘ovaklar yoki gaz bilan to‘lgan bo‘shliqli tizimga ega materiallar. Bu bo‘lishlar shartli hisoblanadi, chunki materialda bir vaqtning o‘zida ham g‘ovaklar, ham birlashgan teshiklar bo‘lishi mumkin. Bunday material aralash strukturaga ega. Muntazam takrorlanuvchi, to‘g‘ri geometrik shaklga ega va asalari inini eslatuvchi g‘ovak sotoviy plastmassalar alohida guruhni tashkil qiladi. Ular maxsus gofrirovkalangan qog‘oz, gazlama yoki alyumin folga, yopishtirilgan polimerli mahsulotlardir(10-rasm). e) to‘ldiruvchilar turiga ko‘ra: to‘ldiruvchilarsiz; mineral to‘ldiruvchili; organik to‘ldiruvchili. Tolasimon to‘ldiruvchili issiqlik izolyasiya plastmassalar plastmassa qo‘llanilgan tolasimon materiallarga o‘xshash hisoblanadi: mineral paxtali va yog‘och tolali plitalar. Farqi shundaki, bu erda tolasimon to‘ldiruvchi plastmassa qo‘shimcha hisoblanadi, u erda esa, aksincha, plastmassa tolaga qo‘shimcha bo‘lib xizmat qiladi: j) ishlatilishiga ko‘ra: 1) issiqlik izolyasiya; 2) tovush izolyasiya; z) qo‘llash sohalariga ko‘ra: 1) sanoat va fuqaro qurilishi uchun; 2) sanoat uskunalari va quvurlar izolyasiyasi uchun; 3) muzlatkichlar uchun; 4) transport vositalari: temir yo‘l, suv va havo vositalari uchun. Download 97.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling