“Elektro izolyasion materiallar va texnologik qurilmalarni sinovdan o‘tkazish” fanidan laboratoriya ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi «Elektro izolyasion materiallar va texnologik qurilmalarni sinovdan o‘tkazish»


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana19.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1611112
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Elektro izolyasion materiallar va texnologik qurilmalarni sinovdan o (2)



“Elektro izolyasion materiallar va texnologik qurilmalarni sinovdan 
o‘tkazish” fanidan laboratoriya ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi 
 
«Elektro izolyasion materiallar va texnologik qurilmalarni sinovdan 
o‘tkazish» laboratoriyalaridagi laboratoriya dastgoxlari xarakatdagi elektr 
qurilmalari bo‘lib undagi ayrim elementlar kuchlanish ostida bo‘ladi. SHuning 
uchun ma’lum bir sharoitlarda, o‘rnatilgan qoidalarni buzish natijasida, 
laboratoriya dastgoxlarida insonni elektr toki urishi mumkin bo‘lgan yoki turli 
ko‘rinishdagi jaroxatlanishi mumkin bo‘lgan manbaga aylanadi. Talabalarni
yaqinlashi, kirishi mumkin bo‘lgan asboblar, mashinalar va ishga tushirish 
apparatlari tarkibiga kirgan laboratoriya jixozlarini montaj qilganda vaziyat yana 
xam jiddiylashib laboratoriya ishlarini bajarishda yana xam xavf kuchayadi.
Inson badani elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lganligi sababli kuchlanish 
ostida bo‘lgan ikkita, elektrdan izolyatsiya qilinmagan elementga tegib ketish 
natijasida (shunday elementlardan biri elektr mashinasining yoki transformatorning 
ustki qobig‘i bo‘lishi mumkin) inson badanidan elektr toki o‘tadi. Tokning xavfli 
qiymatlarida bu narsa yoki kuchli kuyishga (elektr jaroxat), yoki inson 
organizmidagi (jismidagi) asab, yurak va nafas olish yo‘llarini lat yeyishiga olib 
keladi (elektr zarbasi). Elektr toki bilan shikastlanish oqibati yomon bo‘lib, ba’zan 
o‘lim bilan yakunlanishi xam mumkin.
Talabalarni elektr mashinalari bilan ishlashining o‘ziga xos xususiyati 
shundan iboratki, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasligi natijasida 
faqatgina elektr toki bilangina shikastlanib qolmay, balki, elektr mashinalarining 
tormozlash (to‘xtatish) qurilmalarining aylanuvchan qismlari tomonidan mexanik 
zarbalarga xam uchrashlari mumkin. SHu narsani esda tutish kerakki, kuchlanish 
ostida laboratoriya jixozlarini ko‘p elementlari tegib ketishi mumkin bo‘lgan 
masofada joylashgan: aylanuvchi qismlar esa ximoya qurilmalariga ega bo‘lishiga 
qaramay kiyim - kechakni «ilib» tortib ketishi yoki qattiq tegib ketishi mumkin. 
Shuning uchun talabalar laboratoriyada o‘ta extiyotkor bo‘lib, quyidagi texnika 
xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari darkor:
1) laboratoriyalarda bo‘lish paytlarida talabalar o‘ta extiyotkor, intizomli va 
xushyor bo‘lishlari kerak; o‘qituvchi va laborantlarning barcha ko‘rsatmalarini 
og’ishmay bajarishlari kerak; faqat tekshirilayotgan laboratoriya dastgoxi oldida 
bo‘lishlari kerak;
2) boshqa qurilmalar va jixozlarga, taqsimlovchi punktlarga, pultlarga 
yaqinlashish va ularni, O‘chirib-yoqish ishlarini o‘zboshimchalik bilan qilish qat’iy 
taqiqlanadi; kuchlanish ostida bo‘lgan sxemani uning izolyatsiya qilinmagan tok 
o‘tkazuvchi qismiga kimdir tegib turgan bo‘lsa ulash, sxema ulanishini 
almashtirish, elektr mashinalari ishlab turganda uni aylanuvchi qismlariga tegish 
yoki ustiga yaqin masofada egilish, laboratoriya qurilmasini yoki uning kuchlanish 
ostida bo‘lgan ayrim asboblarini kuzatuvchisiz qoldirish mutlaqo mumkin emas;
3) siljigichlar yoki ishga tushirish apparaturalarining dastagi jildirilganda 
albatta qo‘l izolyatsiya qilingan dastagiga tegib turganligiga ishonch xosil qilish 
kerak; 


4) talabalarning kiyimida bo‘yin va bosh ro‘mollarining, galstuklarning;
boshqa narsalarning uchlari osilib turmasligi, sochning turmaklangani va bosh 
kiyimi sochning osilib turmasligini ta’minlashi joiz;
5) agar sxemada kondensator bo‘lsa, uni o‘chirilgandan so‘ng chiqish 
simlarini qisqa tutashtirib, zaryadsizlantirib qo‘yish zarur;
6) laboratoriya qurilmasi bilan ishlaganda talabalar xar bir laboratoriya 
qurilmasi yonida bo‘lgan rezina gilamcha ustida turishi kerak;
7) qurilmaga taaluqli bo‘lgan xar bir nosozlik yoki texnika xavfsizligi 
qoidalarini buzilishi to‘g’risida xar bir talaba tezda o‘qituvchiga xabar berish 
kerak; 
8) agar baxtsiz xodisa yuz bergan bo‘lsa, laboratoriya qurilmasini tezda 
o‘chirib, jabrlanuvchiga birinchi yordamni ko‘rsatish va o‘qituvchini xabardor 
qilish kerak. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling